Punktuatsiya


- r (-ar), -r (-ar) + ekan



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

-
r (-ar), -r (-ar) + ekan
:
Chaqmoqday otlarda sersavlat beklar ucharkan, uning ko‘zlarida 
havas, hasad yonib ketardi.
(O.)
-
r (-ar) + - mas
:
Kun botar -botmas, biz yo‘lga chiqdik
. (So‘zl.)
-mas + -dan
:
Vaqt tugamasdan, hozirlik ko‘ring
. (So‘zl.)
-mas +-dan + oldin // avval // burun
:
Kun botmasdan burun, mehmon ketdi
. (So‘zl.)
11. Fe’lning ravishdosh shakli orqali ergash gap bosh gapga bog‘lanadi:
 -b // -ib:
Kech kirib, havoning tafti qaytdi
. (S.Ahm.) 
-gach
:
Ular biroz jim o‘tirgach, Akbarxo‘ja gap ochdi
. (P.T.) 
-guncha:
 Er to‘ymaguncha, el to‘ymas
. (Maqol.) 
-may:
Hech qancha vaqt o‘tmay, xonaga Salim yugurib kirdi
. («Yoshlik».) 
-may + turib
:
Yo‘lchi gapini tamomlamay turib, uydan Unsin chiqib qoldi
. (O.)
111. Fe’lning harakat nomi shakli 
-sh (-ish) bilan
ko‘makchisi bilan birga kelib, ergash gapni 
bosh gapga bog‘laydi: 
Qishloqqa salqin tushishi bilan, kolxoz saroyining katta sahnidagi chiroqlar 
yondi. 
(I. R.) 
1Y. Shart mayli 
-sa
qo‘shimchasi yordamida payt ergash gap bosh gapga bog‘lanadi. 
Masalan: 
Yuzingni bir ko‘ray desam, qo‘lingni pardalar qilding.
(Z.)
Y. Qo‘shma gap qismlari 
demoq
fe’l shakli orqali bog‘lanadi:
desa
:
Qaytaman desam, hech ruxsat berishmadi
. (So‘zl.)
deguncha
:
U keldi deguncha, hammamiz yugurib chiqamiz
. (So‘zl.)
Y1. Payt ergash gap bosh gapga - 
ki 
bog‘lovchisi yordamida birikadi

Masalan: 
Shu 
dargohga kelibmanki, janjaldan boshim chiqmaydi
. (A.Qod.) 
Y11. Payt ergash gap bosh gapga 
mi 
yuklama-bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi: 
Paxta 
ochildimi, terim boshlanadi.
Payt ergash gapli qo‘shma gaplarda payt munosabatining ifodalanishida turli holatlar 
kuzatiladi. G‘. Abdurahmonov payt munosabatining ifodalanishi bilan bog‘liq holatlarni 
quyidagicha farqlaydi:
1. Bosh va ergash gapdagi voqelik bir vaqtda ruy beradi. Masalan: 
Men-Farhod, ajdar-la 
olishgan damda, Qomating xanjardir, mash’aldir ko‘zing. 
(G‘.G‘.) 
2. Bosh gapdagi harakat, xususiyat ergash gapdagi harakat, xususiyatdan so‘ng yuzaga 
keladi. Masalan: 
Mashq tugagach, gur o‘tirdi hamma birdan
. (G‘.G‘.)
54
О‘zbek tilida ergash gapdagi voqeaning bosh gapdagi voqeadan oldin sodir bo‘lishi ham 
keng tarqalgan. Masalan: 
Men gapdan to‘xtashim bilanoq, u yarim soatdan keyin kelishini aytdi. 
Ushbu gapda ergash gapdagi voqea tugashi bilan bosh gapdagi voqeaning boshlanishi 
ifodalangan. 
Oq
yuklamasining ta’sirida gap mazmunida sub’yektiv murakkablashuv yuzaga 
kelgan. Bunday gaplarda ta’kid 
ham
yuklamasi vositasida ham ifodalanishi mumkin. Masalan: 
Endi gap boshlagan ham ediki, eshik taqillab qoldi.
(So‘zl.)
Ergash gapli qo‘shma gaplarda hamisha ikki denotativ voqea ifodalanadi. Shunga ko‘ra 
gapda mazmuniy- sintaktik muvofiqlik saqlanadi. Bosh gap asosiy denotativ voqeani ifodalasa, 
ergash bosh gapning payt bildiruvchi uzvi sifatida qo‘llanadi. Bunga ko‘ra gapda mazmuniy-
funksional muvofiqlik buzilmaydi. Ammo ayrim hollarda ergash gaplardagi voqea o‘zining 
denotativligini yo‘qotadi va kirish qurilmalarga aylanadi yoki ularga yaqinlashadi. Masalan
, «О‘z 
tili bilan aytganda, adirga «uzoqdan rahbarlik» qilardi»
(S.Ahm.) gapi tarkibiy qismi 
«О‘z tili 
bilan aytganda
» kirish tizimga aylanib, ergash gaplik xususiyatini yo‘qotishi natijasida qo‘shma 
gap sodda gapga aylanadi. 
Payt ergash gapli qo‘shma gaplarning asosiy qismi havola bo‘laksiz bo‘ladi Ergash gap payt 
holi sifatida to‘g‘ridan -to‘g‘ri bosh gap tarkibiga kiradi, natijada havola bo‘lakka zaruriyat 
bo‘lmaydi. N.Mahmudovning qayd etishicha, keng tarqalmagan bo‘lsa-da, nutqda ikki havola 
bo‘lakli payt ergash gapli qo‘shma gaplar ham uchraydi. Bunday gaplarda 
qachon-
54
Abdurahmonov G‘.О‘zbek tili grammatikasi. –Toshkent: О‘qituvchi, 1996. –B. 197 – 199. 


58 
shunda//o‘shanda//o‘sha paytda
tarzida qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi. 
Masalan: 
Sen qachon o‘ninchi sinfni bitirsang, o‘shanda soat olib beraman.
55
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish