MAVZU: Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning turlari
REJA:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tadqiqi masalasi.
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilishi.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning mazmuniy tasnifi.
4. Xulosa.
О‘zbek tilshunosligida bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni farqlash, bu turdagi gaplarning
semantik-sintaktik tuzilishi, qismlarini bog‘lovchi vositalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning
turlari kabi masalalarni hal etishda turli munosabat ko‘zga tashlanadi.
G‘.Abdurahmonovning qo‘shma gap sintaksisiga bag‘ishlangan qator ishlarida bog‘lovchisiz
qo‘shma gaplar o‘z mavqeiga ega bo‘lgan alohida gap turi sifatida ko‘rsatiladi.
64
M.Asqarovaning
«Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960) nomli kitobida
65
hamda A.G‘ulomov bilan
hamkorlikda yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (1965) darsligida ham bog‘lovchisiz qo‘shma
gaplar alohida tur sifatida farqlanadi,
66
ammo olimaning 1987- yilda nashrdan chiqqan shu
nomdagi darsligida bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar alohida tur sifatida ajratilmaydi.
67
Ushbu qayta
ishlangan va to‘ldirilgan darslikda qo‘shma gaplar qismlarining bog‘lanish munosabatiga ko‘ra
ikki turga: bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Bu holat an’anaviy sintaktik
ta’limotda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni gap turi sifatida farqlash maqomida turlicha yondashuv
mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
О‘zbek tilshunosligida 90-yillarning boshiga kelib o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan mazmuniy
sintaksisda ham bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar xususida fikr yuritilmaydi.
68
О‘zbek tilida qo‘shma gaplarni farqlashdagi bunday har xillikka formal-vazifaviy tadqiq
yo‘nalishi barham berdi. Bu yo‘nalish asosida yuzaga kelgan R.Sayfullayevaning «Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida qo‘shma gaplarning shakl-vazifaviy (formal-funksional) talqini»
69
nomli tadqiqot
ishida qo‘shma gaplar qismlari orasidagi bog‘lovchi vositalar asosida emas, balki: a)
/WPm/larning egasi /S/ bor yoki yo‘qligiga, bo‘lishi mumkin yoki mumkin emasligiga, bir xil yoki
boshqa xil ekanligiga; b) /WPm/lar tarkibida /W/ ning bir xil yoki boshqa-boshqa bo‘lishi, bir xil
so‘z turkumi bilan yoki boshqa-boshqa so‘z turkumlari bilan, bir so‘z yoki bir nechta so‘z bilan
ifodalanganligiga ko‘ra; v) /WPm/lar tarkibida /Pm/larning bir xil yoki qisman bir xil yoki har xil
64
G‘.Abdurahmonov. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. - Toshkent: О‘zFA, 1958. -B. 235- 311; Shu muallif.
О‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi. 1996. - B. 132-163.
65
Qarang. M.Asqarova. Hozirgi zamon o‘zbek tilida Qo‘shma gaplar. - Toshkent: О‘zFA. 1960. - B. 101- 112.
66
A.G‘ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: О‘qituvchi. 1965.
67
A.G‘ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: О‘qituvchi. 1987. - B. 161.
68
Qarang. A.Nurmonov va boshqalar. О‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi. - Toshkent: Fan, 1992.
69
Sayfullayeva R. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘shma gaplarning shakl - vazifaviy (formal – funksional)
talqini // Dokt.. dis..avtoref. - Toshkent. 1993. - B. 48.
63
ekanligiga ko‘ra tasniflandi.
70
Anglashiladiki, qo‘shma gaplarning bunday tasnifida asosiy e’tibor
kesimga qaratilgan bo‘lib, kesimlarning bog‘lanish usuli, bog‘lovchi vositalari gap turlarini
farqlash uchun asos qilib olingan emas.
Quyida o‘quv dasturiga amal qilgan holda an’anaviy sintaktik nazariyalarda berilgan
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar haqidagi mavjud ilmiy xulosalarni umumlashtiramiz.
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar turlicha ta’riflandi.
G‘.Abdurahmonov bu turdagi qo‘shma gaplarga quyidagicha ta’rif beradi: «Sodda gaplarning
bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vositalar yordamisiz, mazmunan birikishidan tashkil tuzilgan qo‘shma
gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deb ataladi».
71
Ta’rifdan anglashiladiki, bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari hech qanday grammatik
vositasiz bog‘lanadi. Biroq olim fikrini davom ettirib, bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining
ohang yordamida bog‘lanishini qayd etadi.
72
G‘.Abdurahmonovning 1996- yilda nashrda chiqqan «О‘zbek tili grammatikasi» deb
nomlangan darsligida ham bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplarning o‘zaro
tobe yoki teng bog‘lovchisiz birikishi ko‘rsatilsa-da, bunday qo‘shma gaplarning tuzilishidagi
asosiy vositalardan biri ohang deb ko‘rsatiladi.
73
M.Asqarova ham «qo‘shma gap komponentlari bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi
grammatik vositalar va nisbiy so‘zlarsiz ritmik- intonatsiya orqali bir-biriga birikib, sintaktik
butunlikni – bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etishi»ni bayon qiladi.
74
Anglashiladiki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining ohang yordamida
birikuvidan tashkil topgan alohida tur hisoblanadi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sintaktik tuzilishi, qismlari orasida shakllangan mazmuniy
munosabat va aloqa turiga ko‘ra bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplardan farqlanadi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining sintaktik tuzilishi jihatdan ham ajralib turadi.
Uning tarkibiy qismlari ko‘pincha darak gap shaklida, ba’zan biri yoki har ikki qismi so‘roq gap
shaklida tuziladi. Masalan:
Yoz keldi-balo keldi.
(Maqol
.) Chekinsinmi-yo‘q, g‘ururi yo‘l
qo‘ymadi.
(O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari nafaqat ikki tarkibli sodda gaplardan, balki qismlaridan
biri yoki har ikkisi bir tarkibli sodda gaplardan, to‘liqsiz gaplardan tashkil topishi mumkin.
Masalan:
1.
Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi- yiqitadi kishini.
(A.Q.) Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma
gapning birinchi qismi shaxssiz gapdan tashkil topgan.
2.
Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga bir qamchi.
(Maqol.
)
Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma
gap qismlari to‘liqsiz gaplardan tashkil topgan.
Mavjud ilmiy manbalarda bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro
mazmun munosabati ham tahlil etiladi. G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, bu turdagi qo‘shma
gaplarda quyidagi mazmuniy munosabatlar aks etadi:
1. Ma’lum harakat, holat yoki xususiyat bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradi. Masalan:
Orzigul darvozadan ichkari kirdi, darvoza o‘z-o‘zidan bekildi. (I.)
2. Ma’lum harakat, holat yoki xususiyat bir-biriga zid qo‘yiladi yoki qiyoslanadi. Masalan:
It
huradi- karvon o‘tadi.
(Maqol.)
3. Qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning biri ikkinchisini izohlaydi. Masalan:
Qo‘shning
tinch-sen tinch.
(Maqol.)
75
G‘.Abdurahmonov bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar
asosida ham o‘rganadi. Olim bu jihatdan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni uch turga ajratadi. Bular
quyidagilar: 1. Payt munosabatini ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. 2. Qiyoslash
70
Ko‘rsatilgan asar. 25 – b.
71
G‘. Abdurahmonov va boshqalar. О‘zbek tili darsligi. - Toshkent: О‘qituvchi. 1993. - B. 102.
72
Shu joyda. 102 – b.
73
G‘.Abdurahmonov. О‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi. 1996. - B. 132- 133.
74
Qarang. M.Asqarova. Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar. - Toshkent: О‘zFA. 1960. - B. 102.
75
Ko‘rsatilgan darslik. 102 – bet.
64
munosabatini ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. 3. Izohlash munosabatini ifodalagan
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |