Punktuatsiya


Payt munosabatini ifodalaydigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

Payt munosabatini ifodalaydigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
ma’lum bir paytda ro‘y 
beradigan voqelikni aks ettiruvchi qo‘shma gaplardan tashkil topadi. Bunday gaplarda voqelik, 
belgi-xususiyatning bir paytda, birgalikda yoki ketma-ket ro‘y berishi ifodalanadi. Masalan: 
Sabriya xola uxlab yotgan olmosni ko‘tarib oldi, Gulnoz Niyozni etaklab yo‘lga tushdi. 
(M.Ibr.) 
Anglashiladiki, payt munosabatini ifodalaydigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tarkibiy 
qismlari biri ikkinchisiga tobe bo‘lmaydi, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Payt munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning muhim belgilaridan biri ohangdir. Bu xil 
gaplarda tarkibiy qismlar sanash ohangi bilan talaffuz etiladi. 
 
Qiyoslash munosabatini ifodalaydigan qo‘shma gaplarda
 
qismlardan anglashilgan 
mazmun bir-biriga qiyoslanadi. Masalan: 
Yaxshidan ot qoladi, yomondan –dod. 
(Maqol.)
Qo‘shma gap qismlari orqali ifodalangan voqea, hodisalarni qiyoslashdan maqsad ularning 
farqini ko‘rsatish, o‘xshash belgilarini aniqlashdir. Qiyos munosabatini aks ettiruvchi 
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda zidlik munosabati, chog‘ishtirish, qiyoslash mazmuniy 
munosabatlari aks etadi. Qiyoslang: 1. Qiyos munosabati: 
Toma-toma ko‘l bo‘lur, hech tommasa, 
cho‘l bo‘lur. 
(Maqol.)
 
2. Zidlik munosabati:
 Bir odam ariq ochadi, ko‘p odam suv ichadi. (
Maqol.)

 
Izohlash munosabatini ifodalaydigan qo‘shma gaplar
tarkibiy qismlari orasida izohlash 
munosabati shakllanadi, ya’ni bir tarkibiy qism ikkinchi qismni yoki uning biror bo‘lagini izohlab, 
to‘ldirib keladi. Masalan: 
Biz etib keldik –kutubxona ochildi. 
G‘.Abdurahmonovning qayd etishicha, izohlash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz 
qo‘shma gaplar 3 xil ko‘rinishga ega bo‘ladi:
77
1. Qo‘shma gapning birinchi qismi ikkinchi qismdan anglashilgan voqea-hodisaning 
bajarilish sharti, payti, sababi, natijasi, holati kabilarni anglatadi. Bunday bog‘lovchisiz qo‘shma 
gaplarda quyidagi mazmuniy munosabat yuzaga chiqadi:
a) shart-payt munosabati: 
Davlat tinch-xalq tinch
. (Maqol.) 
b) sabab-natija munosabati:
Seni ko‘rdim, o‘ynadi yurak, Bulbul kabi sayradi tilim. 
(U.) 
v) o‘xshatish munosabati: 
Qo‘shni keldi- ko‘mak keldi. 
(Maqol.)
 
2. Qismlarning biri ikkinchisini izohlovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bunda ikkinchi 
qism birinchi qism tarkibidagi ayrim gap bo‘laklarining ma’nosini izohlaydi. Masalan: 
Shuni 
yaxshi biling: o‘chmas nomingiz, o‘chmas bu bog‘larda bosgan izingiz. 
(T.T.)
3. Ikkinchi qismi umumiy izoh bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Bunday tuzilishdagi 
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi qism birinchi qismning umumiy mazmuniga izoh beradi 
yoki birinchi qismda ifodalangan mazmunga muallifning munosabatini aks ettiradi. Masalan: 
Itlar, 
-dedi otliq o‘z-o‘ziga, -xuddi amirning odamlariday, tegmasang ham senga yopishib, joningdan 
bezor qiladi. 
(S.A.)

Misollar tahlilidan anglashiladiki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar nafaqat sintaktik tuzilishi, 
balki tarkibiy qismlari orasidagi mazmuniy munosabat asosida ham gapning boshqa turlaridan 
farqlanadi.
M.Asqarova bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning mazmuniy tasnifiga o‘zgacha yondashadi. 
Olima «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960y.) nomli asarida bog‘lovchisiz 
qo‘shma gaplarni tarkibiy qismlarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra ikkiga ajratadi: 1. Bir xil tipdagi 
komponentlarning birikuvidan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. 2. Ikki xil tipdagi 
komponentlarning birikuvidan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
78
Bir xil tipdagi komponentlarning birikuvidan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda 
bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga chiqadigan voqelik aks etadi. Bunday tuzilishdagi gaplarda 
chog‘ishtirish, taqqoslash, zidlik munosabati ifodalanadi. Masalan: 
Hamma chuqur xo‘rsindi, 
Anorxon piq-piq yig‘ladi. 
(O.)
To‘g‘ri til toshni yoradi, egri til boshni yoradi. 
(Maqol.)
Qilich 
yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi. 
(Maqol.)
 Biz osh emadik, osh bizni edi
. (O.)

76
G‘.Abdurahmonov. О‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: О‘qituvchi. 1996. –B. 133. 
77
G‘.Abdurahmonov. Ko‘rsatilgan darslik. - B. 143-150. 
78
M.Asqarova. Ko’rsatilgan asar. - B. 103. 


65 
Ikki xil tipdagi komponentlarning birikuvidan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda 
shart, sabab yoki natija munosabati, oldingi qismning izohi kabilar ifodalanadi. Qiyoslang: 
1. Shart mazmunini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar: 
To‘g‘ri bo‘ling- bexavotir 
bo‘lasiz. 
(Maqol.)
 
2. To‘siqsizlik mazmunini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar: 
It huradi –karvon 
o‘tadi. 
(Maqol.)
 
3. Sabab yoki natija mazmunini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar: 
Har erni qilma 
orzu, har yerda bor toshu tarozi. 
(Maqol.)
 
4. Oldingi qismning izohini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar: 
Umidim shu: kelsin u 
tezroq. 
(Islom shoir.)
 
Shuni qayd etish lozimki, M.Asqarova A.G‘ulomov bilan hamkorlikda yozgan «Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili» (1965 y.) darsligida bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni qismlarining o‘zaro 
mazmun munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘ladi: 1. Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim 
bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. 2. Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz 
qo‘shma gaplar.
Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlari 
tenglik asosida bog‘lanadi va bu jihatdan bog‘langan qo‘shma gaplarga sinonim bo‘la oladi. 
Qiyoslang: 
Oyda dog‘ bo‘lsa bo‘lar, siz bilan bizda bo‘lmasin. 
(U.)//
Oyda dog‘ bo‘lsa bo‘lar, 
ammo siz bilan bizda bo‘lmasin. 
Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tarkibiy qismlar 
tobelanish asosida bog‘lanadi. Qiyoslang: 
Qo‘rqitmay o‘stirdim- botir bo‘ldingiz. 
(Maqol.)
// 
Qo‘rqitmay o‘stirdim, shu sababli botir bo‘ldingiz.
Misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning bog‘langan va 
ergashgan qo‘shma gaplar bilan sinonimik munosabatga kirishuvida qismlari orasidagi aloqa turi 
hamda bog‘lovchi vositalarning mavjud yoki mavjud emasligi asos qilib olinadi.
Xullas, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining ohang yordamida birikuvidan 
tuzilgan butunlik bo‘lib, semantik-sintaktik tuzilishi, qismlari orasida shakllangan mazmuniy 
munosabat hamda ohangi jihatidan qo‘shma gapning boshqa ko‘rinishlaridan farqlanadi. Nutqda 
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ham bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar kabi keng qo‘llanadi. 
Bu esa bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning bu gap turlari bilan teng mavqeda ekanini ko‘rsatadi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish