3. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar
.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi
ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini yoki qo‘llanmagan to‘ldiruvchining mazmunini
aniqlab, izohlab, to‘ldirib keladi. To‘ldiruvchi ergash gaplar nutqda harakat obyektining ma’nosini
kengaytirish yoki uning mazmunini to‘liqroq ochib berish uchun ishlatiladi.
Bosh gapning ergash gap aniqlab, izohlab kelgan to‘ldiruvchisi tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt,
chiqish kelishigidagi ko‘rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi. Ba’zan bunday olmoshlar gapdan
tushirib qoldiriladi. Masalan:
Nimani eksang, shuni o‘rasan.
(Maqol.)
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapda qo‘llangan to‘ldiruvchi vaziyatidagi
havola bo‘lak ko‘makchili qurilma bilan ham ifodalanishi mumkin: Bu yigit boshqalardan
shu
bilan
farqlanadiki, u juda xushmuomala va kamtarin.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga
-ki, -sa, deb, -mi, -ku
kabi til vositalari yordamida
bog‘lanadi. Masalan:
-ki:
Shuni unutmaginki, mehnat qilgan murodiga etadi
.
-mi:
Ishonasizmi, men usiz bir kun ham yasholmayman.
-ku:
Bilasan-ku, mardning so‘zi bir bo‘lur.
-chi:
Borib bil-chi, ular kimlar ekan?
-sa:
Sen nimani so‘ragan bo‘lsang, hammasini olib kelishdi
.
Misollardan anglashiladiki, ergash gap
-ki, -ku, -mi, -chi
yordamchilari orqali bosh gapga
biriksa, bosh gap birinchi o‘rinda, ergash gap ikkinchi,
-sa
shart mayli qo‘shimchasi bilan biriksa,
ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi.
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli qo‘shma
gaplarga ajratiladi.
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak bosh gap
tarkibida keladi. Bu havola bo‘lak ko‘pincha
shu
olmoshi orqali ifodalanadi. Masalan:
Ahmadjon
faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar
. (A.Q.) gapida havola
bo‘lak vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelib, mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ
voqeaga ishora qiladi. N.Mahmudovning fikricha, bu qo‘shma gapda faqat bitta denotativ voqea
ifodalangan, ikkinchi «voqea» esa bu voqeani tasvirlovchi modusdir. Modusning alohida ta’kidni
ifodalash zarurati mazkur voqea ifodasi uchun sodda gap emas, balki qo‘shma gap shaklining
tanlanishiga olib kelgan. Mazkur qo‘shma gapning mazmuni esa denotativ voqea bilan modus
voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Agar modusni ta’kidli ifodalashga zaruriyat bo‘lmasa,
denotativ voqea ifodasi modus voqea ifodasining ichiga shaklan kiritiladi va sodda gapga
aylanadi
43
. Demak, tahlil etilgan gap aslida «Ahmadjon faqat nemislarning bu tepalikni haddan
tashqari qattiq o‘qqa tutganligini biladi» tarzida bo‘lib, tildagi ortiqchalik tamoyili asosida
tuzilgan. Natijada N. Mahmudov ta’kidlaganidek, mazkur qo‘shma gapda ham mazmuniy-
funksional, ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelgan.
44
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda
nimani-shuni
,
kimni -
o‘shani//uni
tarzidagi havola bo‘laklar qo‘llanadi. Masalan, «
Ota nimani talab qilsa, shuni bajarib
yurdi»
gapida ikki denotativ voqea ifodalangan. Qo‘shma gapning mazmuni ana shu ikki denotativ
voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda bosh gapda havola bo‘lak
ifodalanmasligi mumkin:
Nimadan og‘iz ochilsa, to bilmaguncha qo‘ymaydi.
(So‘zl.)
43
N.Mahmudov. Ergashgan qo‘shma gaplar // Nurmonov A., va boshqalar. О‘zbek tilining mazmuniy
sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992. - B. 257.
44
Shu joyda. - B. 257.
52
Ba’zan to‘ldiruvchi ergash gapdagi havola bo‘lak ega, bosh gapdagi havola bo‘lak esa
to‘ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Masalan:
Kimki bo‘lsa dilozor, undan elu yurt bezor.
(Maqol.)
Xullas, bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap ergash
gapdan ajratib olinsa, mazmunga ega bo‘lmaydi, ergash gapda esa denotativ voqea ifodalanadi.
Ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda esa har ikki qism ham biri
ikkinchisisiz mazmunga ega bo‘lolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |