Punktuatsiya


Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

4. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar

Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan 
aniqlovchi vaziyatidagi bo‘lakni izohlab, to‘ldirib keluvchi ergash gaplar aniqlovchi ergash gap 
deyiladi. Masalan, 
«О‘zbekiston shunday diyorki, fasllari gulga o‘ralar»
(U.) gapida 
«Fasllari 
gulga o‘ralar
» ergash gapi bosh gapda 
shunday
olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchining 
ma’nosiga oydinlik kiritgan, uni izohlab kelgan.
Ilmiy manbalarda aniqlovchi ergash gaplarning bosh gapga quyidagi biriktiruvchi vositalar 
yordamida bog‘lanishi ko‘rsatiladi: 
-ki
:
Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi
. (O.) 
-sa
:
Kimning diyonati kuchli bo‘lsa, uning xalq oldida e’tibori yuqori bo‘ladi.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning aniqlovchisi sifatida 
shunday,
ba’zi, bir xil, ayrim, bir, ba’zi bir, hech bir, shunday bir, qaysi bir
kabi nisbiy olmoshlari 
qo‘llanadi va ular ergash gap tomonidan aniqlanadi, izohlanadi:
1. 
Hech bir qiz yo‘qki, u sevgi haqida o‘ylamagan bo‘lsa
. («Yoshlik».)
2. 
Ba’zi bir
o‘smirlar borki, ular kattalarga taqlid qilishni xush ko‘rishadi.
(«Yoshlik».) 
Ba’zan bosh gap tarkibida 
uning, unday 
havola bo‘laklari, ergash gap tarkibida esa ularga 
qarshilantirilgan 
kim, kimki, kimning
havola bo‘laklari qo‘llanadi. Masalan: Kimning so‘zi to‘g‘ri 
bo‘lsa, uning ishi ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Ergash gap ba’zan bosh gapdagi 
shu, u, o‘sha, uning, o‘shaning 
so‘zlari bilan ifodalangan 
aniqlovchining ma’nosini aniqlab, izohlab keladi. Bunda ergash gap tarkibida 
qaysi, qanday, qay 
kabi olmoshlar qatnashadi. Masalan: 
Qaysi odam to‘g‘ri va xalol bo‘lsa, biz o‘sha kishini 
e’zozlaymiz. 
(«Saodat».)
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda, asosan, ikki denotativ voqea o‘rtasidagi 
munosabat ifodalanadi. Havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra aniqlovchi ergash gapli qo‘shma 
gaplar ham bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli gaplarga bo‘linadi. Masalan, 
«Shunday 
so‘zlar borki, ular kapalakka o‘xshab jumladan jumlaga engil ko‘chib yuraveradi»
(A.Q.) gapi bir 
havola bo‘lakli qo‘shma gap, bosh gapda ham, ergash gapda ham alohida -alohida denotativ 
voqea ifodalangan. 
N.Mahmudovning qayd etishicha, ba’zan havola bo‘lakli aniqlovchi bosh gapning ot 
kesimini aniqlab kelishi ham mumkin. Bunda bosh gapda ifodalangan denotativ voqeaning 
predikati bilan ergash gapdagi denotativ voqeaning sub’yekti bir narsadan iborat bo‘lishi mumkin. 
Masalan: 
«Sevgi shunday navbahorki, u tikandan gul qilur»
(E.V.) gapida bosh gapning kesimi 
(navbahor) shunday havola bo‘lagi bilan aniqlangan, 
navbahor
so‘zining ham, 
 u 
olmoshning ham 
ayni matndagi denotati bitta narsa, ammo bu bitta narsa ikki denotativ voqea tarkibiga ikki xil uzv 
sifatida - predikat va sub’yekt sifatida kirgan. Bu umumiylik mazkur qo‘shma gapdagi mazmuniy 
munosabatni ta’minlagan. Bosh gap predikatining ergash gapdagi sub’yekt bilan denotativ bir 
xillikka ega bo‘lishi doimiy holat emas.
45
Bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarda mazmuniy-sintaktik 
nomuvofiqlik mavjud bo‘ladi, ulardagi mazmun ikki yoki undan ortiq denotativ voqea o‘rtasidagi 
munosabatdan iborat. Bosh gapda havola bo‘lak qaysi bo‘lakni aniqlasa, shu bo‘lakning denotati 
ergash gapda ham muayyan bo‘lakning denotati sifatida mavjud bo‘ladi.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turida 
kimning -uning, kim-
u, qanday-shunday, qaysi-o‘sha//shu 
tarzidagi o‘zaro zid havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi. 
Masalan: X
alq qaysi yo‘ldan yursa, sen ham shu yo‘ldan yur
. (O.) 
45
N.Mahmudov. Ergashgan qo‘shma gaplar // Nurmonov A., va boshqalar. О‘zbek tilining mazmuniy 
sintaksisi. - Toshkent: Fan, 1992. –B. 265.


53 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish