Punktuatsiya


Ergash gapli qo‘shma gaplarda shakl va mazmun



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

Ergash gapli qo‘shma gaplarda shakl va mazmun
.
Har qanday til birligi kabi gap ham, 
xususan, qo‘shma gap ham ifoda va mazmun tomoniga ega. Uzoq vaqtlar mobaynida qo‘shma 
gaplarning, asosan, sintaktik tuzilishi va qisman mazmuniy tuzilishi o‘rganildi. Keyingi yillarda 
tilshunoslikda gapning mazmun tomoniga e’tibor kuchaydi, natijada «mazmuniy sintaksis» degan 
yunalish yuzaga keldi. A.Berdialiyevning tadqiqotlari ana shu yo‘nalishdagi dastlabki 
ishlardandir. Uning doktorlik dissertatsiyasida ergash gapli qo‘shma gaplardagi paradigmatik va 
sintagmatik xususiyatlar chuqur tadqiq etildi.
29
Ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy sintaksisi o‘rganilar ekan, har ikki tamoyil- 
«
mazmundan shaklga
» va 
«shakldan mazmunga
» tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq. 
27
Asqarova M. Ergash gap bilan bosh gapni biriktiruvchi vositalar // G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: О‘qituvchi. 1987. - B. 185. 
28
Qarang. Berdialiyev A., Bo‘ronov N., Rizayev S. О‘zbek tili ergash gapli qo‘shma gaplarning nazariy 
metodikasi bo‘yicha tavsiyanoma. - Toshkent. 1988. –B. 17. 
29
Бердиалиев А. Семантико-сигнификативная парадигматика и синтагматические отношения в 
контрукциях сложноподчинённого предложения узбекского литературного языка // Автореф. дисс.. док.
филол. наук. – Ташкент, 1989. 


47 
Sir emaski, ergashgan qo‘shma gaplar izohlanishi lozim bo‘lgan nisbiy bo‘laklarga (
havola 
bo‘laklarga
) boy. Bu unsurlar semantik qiymatga ega bo‘lmay, ergash gaplar tomonidan 
izohlanadi. Masalan, 
«Shuni bilginki, seni Vatan kutadi»
gapidagi nisbiy so‘zning (shuni) 
ma’nosiga aniqlik kiritish vazifasi ergash gapga yuklatiladi. Bu qo‘shma gapning ko‘chimi-
transpozitsiyasida yaqqol seziladi. Qiyoslang: 
Seni Vatan kutishini bil. 
Anglashiladiki, sintaktik 
jihatdan qo‘shma gap ko‘rinishidagi ayni gap semantik jihatdan bir axborotni tashiydi. Bu holat 
qo‘shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi.
30
Ba’zan ergashgan qo‘shma gapning bosh gapida nisbiy so‘z vazifasidagi bo‘lak tushirilib 
qoldiriladi. Masalan, 
«Kimki ilm sha’midan nur olsa, to abad o‘lim ko‘rmaydi
» gapida bosh 
gapdan 
u
olmoshi bilan ifodalagan nisbiy so‘z tushirib qoldirilgan. Bunday hollarda ham moddiy 
shaklda ifodalanmagan nisbiy so‘zning semantik qiymati ergash gaplar orqali aniqlanadi. Qanday 
tarzda mavjudligidan qat’iy nazar bunday gapda ham shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik yuzaga 
keladi.
31
Ergashgan qo‘shma gaplarda bosh va ergash gaplarda qo‘llangan har ikki nisbiy so‘z ham 
moddiy jihatdan shakllanmasligi mumkin emas. Aks holda qo‘shma gap sodda gapga aylanadi. 
Qiyoslang: 
Kimki mehnat qilsa, u rohat ko‘radi
– ergashgan qo‘shma gap. 
Mehnat qilsa, rohat 
ko‘radi
- sodda gap. 
Anglashiladiki, ergashgan qo‘shma gaplarda semantik-sintaktik nomuvofiqlik, asosan, nisbiy 
so‘zlar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.
Xullas, ergashgan qo‘shma gaplar o‘ziga xos semantik-sintaktik tuzilishga ega. Ergashgan 
qo‘shma gaplar hokim-tobe munosabatidagi bosh va ergash gapning o‘zaro birikuvidan tashkil 
topadi. Ergash va bosh gap o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi nisbiy 
so‘zlar hamda fe’l morfologik ko‘rsatkichlari yordamida bog‘lanadi. Ergashgan qo‘shma gaplar 
shakl va mazmun birligidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu birlik qo‘shma gapda semantik 
jihatdan qiymatga ega bo‘lmagan nisbiy suo‘zlarning qo‘llanishi natijasida buziladi.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish