“Pul va banklar” fani fundamental fanlardan biri bo’lib, iqtisodiyot (makroiqtisodiyot) yo’nalishini boshqa fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. “Pul va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fanning o’qitishdan maqsad talabalarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rni, nazariy asoslarini, jamiyat hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va boshqalardan iborat. Shuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va uning jamiyat taraqqiyotidaga o’rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, maqsadi va vazifalarini o’rgatishdan iborat. Mazkur fan pulning xarid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini barqarorligiga ta’siri, inflatsiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni chuqurroq o’rganishdan iborat. Shuning uchun “Pul va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |