Talab inflatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: a) harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodiyotning militarlashuvi. Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi; b) davlat qarzlarining o’sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi. Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish yo’li bilan qoplanadi. Bu, o’z navbatida, qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |