Aksariyat korxonalarda joriy faoliyat ko‘pincha investitsion va moliyaviy faoliyat hisobidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa ularning beqaror iqtisodiy muhitda ham yashab qolishini ta’minlaydi. Pul oqimlarini samarali boshqarish uchun quyidagilarni bilish zarur:
qanday faoliyat turlari pul mablag‘lari oqimining asosiy qismini vujudga keltirmoqda.
2. Pul mablag‘lari kirimi tahlili
Majburiyatlar qaytarilishini ta’minlovchi pul mablag‘lari kirimi korxona moliyaviy farovonligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Pul mablag‘larining bunday minimal zaruriy zaxirasi mavjud emasligi korxonada jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar borligidan darak beradi. Pul mablag‘larining haddan ziyod miqdori esa, birinchidan, inflyatsiya va pulning qadrsizlanishi bilan, ikkinchidan, ularni foydali joylashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini boy berish bilan bog‘liq ravishda korxona zarar ko‘rayotganligini anglatadi. Shunga monand tarzda korxonalarda pul mablag‘larini boshqarish oqilonaligini baholash zarurati yuzaga keladi.
Bunday tahlilning turli usullari mavjud. Xususan, joriy majburiyatlar hajmi o‘sgan holda korxonaning joriy aktivlari tarkibida pul mablag‘lari ulushining qisqarish tendensiyasi moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo‘lishining o‘ziga xos barometri hisoblanadi. Shuning uchun pul mablag‘lari va shoshilinch muddatli majburiyatlar (muddati joriy oyda tugaydigan) nisbatini har oyda tahlil qilish korxonalarda pul mablag‘lari ortiqchaligi (etishmasligi) haqida yetarlicha to‘liq tasavvur berishi mumkin. Pul mablag‘lari yetarliligini
baholashdagi boshqa usul aylanma davri davomiyligini aniqlashdan iborat
. Buning uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
Bu yerda, Qd n –
n oy boshi uchun qoldiq; n- davrdagi oylar miqdori.
Tahlil jarayonida butun davr uchun to‘liq hajmda pul mablag‘lari kirimini baholash zarur. Shuning uchun korxona tushumi pul mablag‘lari schyotlarining debet aylanmasi bo‘yicha manbalaridan qat’iy nazar ko‘rib chiqiladi. Pul mablag‘lari schyotlarining debet bo‘yicha aylanmalari jami miqdori pul mablag‘lari kirimining umumiy miqdori hisoblanadi. Ushbu jami miqdordan ichki aylanma miqdorini, ya’ni xuddi shu schyotlarning kreditidan debetiga kirim qilingan mablag‘lar miqdorini (masalan, limitdan ortiqcha pul mablag‘lari qoldig‘ini kassadan hisob raqamga o‘tkazish yoki hisob raqamdan kassaga naqd pul olish) chiqarib tashlash zarur. Agar debet aylanmalarga ichki aylanmalar miqdori bo‘yicha
tuzatish kiritilmasa, bu ikki marta hisoblashga va yakuniy ko‘rsatkich buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. Hisbot davri mobaynida pul mablag‘lari aylanmasi tebranishini, hisob raqamiga pul tushgan vaqtdan to ularning chiqib ketish vaqtigacha muddatni ko‘rsatuvchi quyidagi jadval tuziladi.