Pul mablag‘lari chiqimi
Yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish
|
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash
|
Byudjetga ajratmalar va byudjetdan tashqari fondlarga badallar
|
Hisobdor miqdorlar to‘lovi
|
Foizlar to‘lovi bilan birga qisqa muddatli kredit va qarzlarni qaytarish
|
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
|
Boshqa to‘lovlar
|
11.1-chizma. Joriy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
Investitsion faoliyat uzoq muddatli aktivlar tushumi va sotilishi, investitsiyalardan daromadlar va xarajatlar (kapital qo‘yilmalar) bilan bog‘liq pul mablag‘lari tushumi va ulardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Amortizatsiya ajratmalari va sof foyda shaklidagi joriy faoliyatdan tushumlar, investitsion faoliyatning o‘zidan olingan daromadlar, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari hisobiga tushumlar (aksiyalar va korporativ obligatsiyalar emissiyasi, uzoq muddatli kreditlar va qarzlar) kabilar korxonaning investitsion faoliyati uchun pul mablag‘lari manbalari bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari kirimi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotish
|
Byudjetdan ajratmalar va boshqa uzoq muddatli xarakterdagi maqsadli moliyalashtirish
|
Olingan uzoq muddatli kredit va qarzlar
|
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarning qaytarilishi
|
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar bo‘yicha dividendlar va foizlar
|
Pul mablag‘lari chiqimi
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish
|
Kapital qo‘yilmalar
|
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
|
Pudratchilarga avanslar berish
|
Obyektlar qurilishida ulushli ishtirok uchun to‘lovlar
|
Boshqa to‘lovlar
|
Boshqa tushumlar
11.2-chizma. Investitsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
Korxona uchun qulay iqtisodiy vaziyatda u ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga intiladi. Shuning uchun investitsion faoliyat umuman olganda pul mablag‘larining vaqtincha chiqib ketishiga olib keladi.
Tashkilotlarning moliyaviy faoliyati uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit va qarzlar, byudjetdan ajratmalar olish oqibatida mablag‘lar tushumi hamda oldinroq olingan kredit va qarzlar bo‘yicha qarzdorlikni tugatish, dividendlar, foizlar to‘lovi ko‘rinishida mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq. Barqaror ishlayotgan korxonalarda joriy faoliyatdan vujudga kelgan pul oqimlari investitsion va moliyaviy faoliyatga, masalan, kapital aktivlar sotib olish, qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit va qarzlarni qaytarishga, dividendlar to‘lashga va boshqalarga yo‘naltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |