Pul mablag‘lari va ularni tahlili reja


Pul mablag‘lari tahlilining mazmuni va vazifalari



Download 321,82 Kb.
bet2/10
Sana19.03.2022
Hajmi321,82 Kb.
#501307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
42 (2)

Pul mablag‘lari tahlilining mazmuni va vazifalari


Ixtiyoriy biznes ishlab chiqarish uchun resurslar (yoki qayta sotish uchun tovarlar)ga aylantiriladigan muayyan miqdordagi pul mablag‘i- dan boshlanadi. Keyin aylanma kapital ishlab chiqarish shaklidan tovar shaklga, sotish bosqichida esa pul shakliga o‘tadi. Aylanma kapital doiraviy aylanmasi asosiy xo‘jalik operatsiyalari bilan bevosita bog‘liq:

  • xaridlar xomashyo, materiallar, tovarlar va kreditorlik qarzi ortishiga olib keladi;

  • ishlab chiqarish debitorlik qarzi o‘sishi, kassa hamda hisob raqamidagi pul mablag‘lari ortishiga olib keladi.

Ushbu operatsiyalar ko‘p marta takrorlanadi, pul tushumlari va pul to‘lovlari bilan birga kuzatiladi. Shunday qilib, pul mablag‘lari harakati xomashyo, materiallar uchun pul to‘lash va tayyor mahsulotni sotishdan pul tushumi o‘rtasidagi davrni o‘zida qamrab oladi. Quyida- gilar uning davomiyligiga ta’sir qiladi: korxonaning yetkazib beruv- chilar tomonidan kreditlanish davri, korxonaning xaridorlar tomonidan kreditlanish davri, zaxira uchun xomashyo va materiallar topish davri, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni omborlarda saqlash davri.
Korxonalar faoliyat natijalarini baholash uchun quyidagi uch ko‘rsatkich muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. Mahsulotlar sotishdan tushum.

  2. Foyda.

  3. Pul mablag‘lari oqimi.

Ushbu ko‘rsatkichlarning mutlaq miqdori va ularning yil davomida o‘zgarish dinamikasi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflaydi. Biroq bozor sharoitida korxona uchun faoliyatning boshqa turlaridan topilayotgan pul mablag‘lari oqimi ham muhim o‘rin tutadi. Pul mablag‘lari tushumi to‘lovlardan ortib ketgan holatda korxona joriy va istiqbolda rivojlanishi uchun zaruriy raqobat ustunligiga ega bo‘ladi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ikki holatni majburiy ravishda e’tiborga olishi lozim:

  1. Bir tomondan, joriy to‘lov qobiliyatini saqlab turish uchun yetarlicha hajmda pul mablag‘lari mavjud bo‘lishi zarur.

  2. Boshqa tomondan, ushbu mablag‘larni joylashtirishdan qo‘shimcha foyda olish imkoniyati doimo mavjud.

Iqtisodiyotda pul mablag‘lari ancha cheklangan resurs hisoblanadi, shuning uchun korxonai muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning pul mablag‘larini samarali boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.



Aylanmadan tashqari aktivlar


Pul mablag‘lari
O‘z kapital


Moddiy- ishlab chiqarish
zaxiralari
Kredit va qarzlar

Debitorlik qarzi
Kreditorlik qarzi


11.1-chizma. Korxonada naqd pul harakati

Pul oqimlarini boshqarish quyidagi zaruratlar nuqtayi nazaridan korxona uchun ayniqsa muhim sanaladi:

  • balans likvidligini tartibga solish;

  • aylanma aktivlarni optimallashtirish (pul mablag‘lariga qisqa muddatli ehtiyojlarni baholash, material-ishlab chiqarish zaxiralari va debitorlik qarzini boshqarish);

  • kapital sarf-xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalarini vaqt bo‘yicha parametrlarini rejalashtirish;

  • joriy xarajatlarni boshqarish, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot (ish, xizmat) larni sotish jarayonida ularni optimallashtirish;

  • iqtisodiy o‘sish prognozi.

Download 321,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish