Tayanch so‘z va birikmalar
Muvofiqlashtirish; maqom; shakl; tartibga solish; barqarorlash-
tirish; ustav kapitali; qonunchilik hujjatlari; davlat mablag‘lari;
yuridik shaxs; daromad; xarajat; hissadorlik; ob'ektiv omil, sub’
ektiv omil
53
IV BOB. PUL MUOMALASINI TARTIBGA SOLISH
USULLARI VA UNING XUSUSIYATLARI
4.1. Pul-kredit siyosatining usullari va ularni
muvofiqlashtirish. Markaziy bank pul-kredit siyosatining
tradision (an’anaviy) instrumentlari va ularni
amalga oshirish tartibi.
Iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish vosital-
ari nihoyatda turli-tumandir. Shu narsa m a’lumki, hozirgacha pul-
kredit vositalarining turkumlanishi borasida yagona bir yo'nalish
mavjud emas. Lekin, shu bilan birga ko ‘pchilik olimlar quyida kel-
tirilgan vositalami asosiy pul-kredit siyosati vositalari sifatida qayd
etadilar. Biz ham, faqat umumiy va aniq tavsifdagi vositalar xususi-
da filer yuritishni o ‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O ’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga os-
hirishda quyidagi vositalardan foydalaniladi:
1. Qayta moliyalash siyosati;
2. Majburiy zahiralar siyosati;
3. Ochiq bozor siyosati;
4. Valyuta siyosati;
5. Depozit siyosati
Mazkur usullar jahon banklari amaliyotida tan olingan asosiy
usullar hisoblanib, ularning qo‘llanishi har bir davlatda turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan, AQSh da ko‘proq ochiq bozordagi
usullar qo‘llanilsa, Germaniyada ko‘proq majburiy zahiralar qo‘l-
laniladi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Markaziy bankining muoma
ladagi pul massasini tartibga solishda asosan majburiy zahiralar
vositasidan foydalanilmoqda.
Pul-kredit vositalari va usullarini isloh qilish taktik va strategik
54
vazifalarni ajratishga asoslanadi. Strategik vazifa shakllangan bozor
iqtisodi amal qilayotgan mamlakatlar uchun xos boigan, pul-kredit
nazoratining umumiy qabul qilingan vositalaridan foydalana bosh-
lashdir. Ushbu maqsadga erishish uzviy ravishda bir qator bosq-
ichlar orqali amalga oshiriladi. Monetar tartibga solish vositalarini
takomillashtirishni bosqichlarga b o iish o‘tish davrining muayyan
tarixiy bosqichlarini hisobga olish zarurati bilan belgilanadi.
Bank tizimining taraqqiyoti aniq belgilangan maqsad, vazifalar
va tamoyillarga asoslanadi. Ushbu maqsad, vazifalar va tamoyil-
lar respublika iqtisodiyotini isloh qilish jarayonida umumiqtisodiy
masalalarni hal etish bilan bog'liqdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi bank tizimini keng ko'lamli isloh qil
ish jarayonida muhim institusional va tuzilmaviy o‘zgarishlarga
erishildi. Ikki bosqichli bank tizimi tashkil etilgan, mulkchilikning
turli shakllari asosida tijorat banklari tizimi tashkil etilgan va rivo-
jlanmoqda, respublika banklarining yetakchi xorijiy banklar bilan
hamkorligi yildan-yilga kengaymoqda, banklar faoliyati tobora har
tomonlama ahamiyat kasb etmoqda.
Tijorat banklari faoliyatida hamon inflyatsiya sur’atlari ta’sir qil-
adigan, korxonalar tarmog ‘ idagi to 1 lovlar amalga о shirib bo ‘ lmagani,
korxonalar tomonidan investitsiyalarga boTgan talabning susayishi,
likvidlik ustidan qat'iy nazorat kabilar xos boTgan makroiqtisodiy
muhitning yetarli darajada rivojlanmaganligi asosiy muammo bo'lib
qolmoqda. Demak, bank tizimining keyingi taraqqiyoti iqtisodiyot-
ning real tarmog'idagi ijobiy o ‘zgarishlar, korxonalar moliyaviy ho-
latining, makroiqtisodiy muhitning yaxshilanishi bilan bogTiqdir.
Bunday ijobiy muhitni bank tizimining, ayniqsa, Markaziy bank
faoliyatiga davlat tashkilotlarining aralashuvini cheklash va ular
mustaqilligini ta’minlash orqali vujudga keltirish mumkin.
Monetar siyosatning strategik maqsadlari:
55
1. Milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash.
2. Inflyatsiyaga qarshi kurashish.
О
‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosati,
hozirgi kunda Respublika Oliy Majlisi va Hukumati tomonidan
aniqlangan monetar siyosatning asosiy yo ‘nalishlariga muvofiq
amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |