3.5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida Markaziy
bank monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Amaldagi qonun va qoi ;alarga muvofiq O'zbekiston Res
publikasi Markaziy banki moliyaviy > il boshlanishidan 30 kun
oldin kelgusi yil uchun o'ziniiig pul-kredit va monetar siyosatin
ing asosiy vunahshlarini ishlab chiqadi va bu haqda Oliy Majlisga
axborot beradi.
Bundan tashqari, monetar siyosat matbuotda z ’Ion.qilinadi.
Markaziy bankning pul-kredit va monetar siyosatining asosiy
yunalishlari iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol ko'rsat-
kichlari, muomaladagi pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslan-
gan chegaralari, valyuta va foiz siyosatining asosiy yunalishlari
hamda hukumat tomonidan keyingi yil uchun belgilangan makro-
iqtisodiy ko ‘rsatkichlarning prognoz parametrlaridan kelib chiqqan
holda tayyorlanadi.
49
Monetar siyosatning asosiy yo'nalishlari samarali bo‘lishini
ta ’minlash uchun, avvalambor, albatta o ‘tgan yillardagi mamlakat-
dagi iqtisodiy kon’yunktura har tomonlama chuqur tahlil qiiinmog‘i
zarur. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot-
ning tarkibi, o'sish yoki kamayish dinamikasi, ularning sabablari
o ‘rganiladi. Yalpi ichki mahsulotning qishlok xo'jaligidagi, sanoat,
aholiga pullik xizmat ko‘rsatish, investitsiya va qurilish sohalarida-
gi o'zgarishlari va ularning sabablari tahlil qilinadi. Shu bilan birga,
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan inflyatsiya
va narxlarning o ‘sish darajalari, tendensiyasi va sabablari to'lik
o ‘rganiladi.
Bizga m a’lumki, hozirgi zamon iqtisodiy globallashuv sharoitida
alohida olingan mamlakat iqtisodiyotini tashqi mamlakatlar bilan
iqtisodiy aloqalarisiz tasavvur etish qiyin. Shunday ekan, monetar
siyosatning asosiy yunalishlarini aniqlashda mamlakatning boshqa
davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarining ko‘lami. dinamikasi, tashqi
savdo aylanmalari, to‘lov va hisob-kitob balanslarining holati
tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kelgusi yilda samarali pul-kredit
siyosatini amalga oshirishni belgilab olish uchun, o‘tgan yildagi
Markaziy bankning monetar siyosati, uning qaysi instrumentlaridan
samaraliroq foydalanilganligi, yo'l qo‘yilgan xato va kamchiliklar
to‘liq talqin qilinmog’i va ulardan ijobiy foydalanmog‘i tavsiya etiladi.
Bunda pul-kredit siyosatining bevosita vositalari bilan bir qator-
da uning bilvosita vositalaridan foydalanish imkoniyatlari, o ‘tgan
davrdagi monetarlashtirish darajasi tahmini va eng asosiy si pul bo-
zorining holati, y a’ni foiz stavkasining dinamikasi va valyuta siyo
sati tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, pul-kredit, monetar siyosatning samarasi pirovard
natijasida mamlakat pul birligining barqarorlik darajasi bilan bel
gilanadi.
50
Yuqoridagilar bilan bir qatorda samarali monetar siyosat yo'na-
lishlarini aniqlashda mamlakat bank tizimi barqarorligi tahlili ham
muhim o'rin tutadi.
Yuqorida qayd etilgan masalalar aniq va to'liq chuqur tahlil
qilinib, sabab va oqibatlar har tomonlama o’rganilgandan keyin
Markaziy bank hukumat tomonidan keyingi yil uchun prognoz qilin
gan yalpi ichki mahsulot hajmi va uning real o ‘sishi, YIM deflyato-
rining miqdoriy ko'rsatkichlari va inflyatsiya darajasi hamda tashqi
savdo aylanmasi qoldig’ining ijobiy bo'lishi va davlat bvudjeti
ko'rsatkichlari kabi makroiqtisodiy parametrlardan kelib chiqqan
holda o'zining pul-kredit, monetar siyosatini ishlab chiqadi.
Bizning nazarimizda, eng muhim masala shundan iboratki, pul-
kredit, monetar siyosatni belgilashda Markaziy bank hukumat to
monidan mo'ljallangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'sish
dinamikasi bilan muomaladagi pul massasi o'zgarishi o'rtasidagi
mutanosiblik darajasini aniqlash va doimiy ravishda unga erishish-
dan iborat bo'lm og'i lozim, Chunki xalk xo'jaligining har bir tai -
mog'ida m a’lum darajada o'^ishm ta ’minlash, albatta, qo'shimcha
pui mabiagMarini talab qiladi. Demak, doimo yalpi ichki mahsulot
o'sish; bilan pul massasi o'sishi o'rtasma mutanosiblik bo'lishini
talab qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotining pul mablag'lari bilan ta'minlanganlik
darajasini oshirish, inflyatsiyaning barqaror darajasi n; saqlash, tijo
rat banklari kreditlarining baholari barqarorligini ta ’mmlash mon
etar siyosatning moderaizasiya bosqichidagi ustivor vazifalaridir.
Shunday qilib, monetar siyosatning asosiy yo'nalishlari mam
lakat iqtisodiyotiga pul-kredit vositalari orqali ta ’sir qilishi nati-
jasida mamlakat pul birligining barqarorligini ta’minlovchi muhim
hujjatdir.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |