Psixosotsial salomatlik


Muntaxab ut-tavorixi Mu'iniy”



Download 76,5 Kb.
bet4/7
Sana28.01.2023
Hajmi76,5 Kb.
#904161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMIR TEMUR 234

Muntaxab ut-tavorixi Mu'iniy”
“Muntaxab ut-tavorixi Mu'iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Mu'iniddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug‘ilgan. Ch. A.Storining ma'lumotiga qaraganda asli Seistonlik bo‘lgan. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o‘g‘li, 1415 yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o‘ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh Samarqandiyning so‘zlariga qaraganda: “Mu'iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida Iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidan bo‘lib..., ilmda o‘z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo Iskandarning maqomi va holati hamda tarixini yozgan.
Mu'niddin Natanziy qalamiga mansub bo‘lgan va bizning zamonamizgacha yetib kelgan bu asarning aniq nomi ma'lum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida “Anonim Iskandera” nomi bilan mashhur. Asar 1413 yili yozib tamomlangan. Uning ikkinchi tahriri ham bo‘lib, “Muntaxab ut-tavorixi Mu'iniy” (“Mu'iniyning saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzoga bag‘ishlanadi.
“Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo‘lib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan voqyealar hakida bahs yuritadi. Asar muqaddima va uch bobdan iborat.
Muqaddima diniy mazmunda bo‘lib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato va uning farzandlari, Nuh payg‘ambar va uning avlodi hakida umumiy gap boradi.
Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshohlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab hamda Efiopiya podshohlarining qiskacha tarixi bayon etilgan.
Ikkinchi bobda Muhammad payg‘ambar va uning avlodi, xalifayi roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston hamda Misrda podshohlik qilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi talqin etilgan.
Asarning noyob va qimmatli qismi uning uchinchi bobi hisoblanadi. U turk-mo‘g‘ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan mo‘g‘ul xonlari, Chig‘atoy ulusi hukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Muzaffariylar, Oq O‘rda xonlari, 1346-1370 yillar orasida Movarounnahrda hukmronlik qilgan amirlar tarixini o‘z ichiga oladi.
Asarning uchinchi qismini yozishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashididdin hamda o‘zbek tilida yozilgan “Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan.
“Muntaxab ut-tavorixi Mu'iniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben tarafidan chop etilgan. Uning qo‘lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, Fransiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar to‘g‘risida va undagi ayrim lavhalarni R.Karimov “Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida" (T., 1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari” (T., 1997) nomli to‘plamlarda chop etgan. U Amir Temur to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tarjima qilib “Jahon adabiyoti” jurnalida 2006 yili e'lon qilgan.

Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish