Psixosotsial salomatlik



Download 76,5 Kb.
bet7/7
Sana28.01.2023
Hajmi76,5 Kb.
#904161
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMIR TEMUR 234

Zafarnomayi Temuriy”
“Zafarnomayi Temuriy”, “Fathnomayi sohibqironiy”, ‘Tarixi jahonkushoyi Temuriy” yoki “Zafarnoma” nomi bilan mashhur bo‘lgan asarning muallifi o‘z davrining yirik tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiydir. U, asli Eronning Yazd viloyagidagi Taft qishlog‘idan bo‘lib, turli fan sohalarini egallagan edi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy uni “Sharafiddin davlat va din”, ya'ni din va davlat sharafi deb ta'riflagan.
Sharafiddin Ali Yazdiy Fors viloyatining hokimi Temuriy Ibroxim Sulton (1415-1435) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan homiysi bo‘lmish mazkur shahzodanigina emas, balki Shohruxning ham zo‘r hurmat-e'tiborini qozongan edi.
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shohruxning nabirasi va Sultoniya, Qazvin, Ray hamda Qum hokimi Sulton Muhammad (1442-1446)ning taklifi bilan qumga keldi va shahzodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muhammad 1446 yili Shohruxning og‘ir kasalligidan foydalanib, isyon ko‘tardi. Hamadon hamda Isfaxonni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. Shohrux unga qarshi qo‘shin tortdi. Sulton Muhammad Shohrux bilan ochiq jang qilishdan qo‘rqib toqqa qochdi. Shoxrux Sulton Muhammad bilan yaqin bo‘lgan kishilarni, shuningdek, mahalliy sayyidlardan bir-munchasini isyonda ishtirok etishda ayblab hibsga oldi va ko‘plarini o‘limga mahkum qildi. O‘shanda hibsga olinganlar orasida Sharafiddin Ali Yazdiy ham bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li) aralashuvi bilan Sharafiddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. Shahzoda uni Samarqandga, otasi huzuriga jo‘natib yubordi. Sharafiddin Ali Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug‘bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bo‘lishi kerak. Shohrux vafotidan (1447) keyin 1449 yilda Sharafiddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton Muhammadning ruxsati bilan yana o‘z vatani Taftga kaytib bordi va umrining oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafiddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi.
“Zafarnoma” asosan Nizomiddin Shomiyning shunday nomli asari asosida zo‘r badiiy mahorat bilan yozilgan. Lekin, Sharafiuddin Ali Yazdiy Nizomiddin Shomiy asarida bayon etilgan voqyealarning ba'zilariga yangi tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya'ni bir tomondan qattiqqqo‘l ekanligi, ikkinchi tomondan esa Movarounnahrdagi tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha to‘g‘ri va haqqoniy yoritilgan.
Sharafiddin Ali Yazdiy asarining zo‘r qimmati shundaki, unda Mo‘g‘ul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O‘rda, Elxoniylar davlati, Chig‘atoy ulusi, shuningdek Movarounnaxrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bo‘lishigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qssa tarzda yoritib berilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jahongir”, yoki “Muqaddimayi Zafarnoma” nomi bilan ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan.
“Zafarnoma" asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki rejasiga kura, uch sism - matsoladan iborat bulmori, birinchi sismda Amir Temur tarixi, ikkinchi qismda Shoxrux Mirzo va ni^oyat, uchinchi sismda ushbu asar yozishning tashabbuskori Ibro^im Sultonning davrida utgan votsealar bayon etilishi muljallangan edi. Lekin, biz xozir asarning birinchi sismigagina egamiz, xolos. Uning ikkinchi va uchinchi kismlari satslanmagan “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 yilda yozib tamomlangan.
Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan Toshkentda O‘zR F A Sharqshunoslik institutida uning yigirma to‘rt nusxasi bo‘lib, ularning ikkitasiga XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888), Eron (1957) va 1972 yili A.U.Urinboev tomonidan Tosh-kentda chop silingan. Asar ikki marta o‘zbek tiliga, ingliz, fransuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim parchalar ingliz hamda rus tillarida bosilgan. Muhammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy tomonidan o‘zbekchaga qilingan tarjima 1997 yili Ashraf Ahmad va H. N. Bobobekov tabdili, o‘zboshi va izoxlari bilan nashr etilgan.
“Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnaxr votsealari bayoni O.Bo‘riev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili nashr qilindi. Kitobning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati juda katta.
Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish