Psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Elektron ta’lim resurslari



Download 0,78 Mb.
bet24/39
Sana10.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#488411
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Psiixologiya tarixi seminar ishlanma

Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz


15-Seminar mavzusi: Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi, Empirik ong psixologiyasi shakllanishi. (2soat)
Reja:
1. Empiriklar» psixologiyaning rivojlanishi
2. J. Lokk Empirik psixologiyaning «otasi» sifatida
«Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fan deb emas, «ruhiy hodisalar», yoki «ong hodisalari», yoki bo‘lmasa faqatgina ong haqidagi fandir, deb ta’rifladilar. Bu «ruhsiz» psixologiyadir (N. N. Lange). «Hech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A. I. Vedenskiy). Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iborat-ki, uning vakillari ilmiy jihatdan o‘rganish predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealistik qarashlardan holi bo‘lish yo‘lidagi katta qadam deb hisoblash mumkin.
Yuqorida aytilganday, empirik psixologiyaning asosiy metodi kuzatish, tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko‘chirilgai
bu metod ichki tajriba sifatida, o‘z-o‘zini kuzatish (introspektsiya) sifatida boshqacha tus oladi.
Empirik psixologiya ob’ektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment metodidan ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan maxsus laboratoriyalarda o‘rganildi; materiallami
tekshirish va yakunlashda matematik statistika (korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi. Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinchi
katta xizmati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperimentlar
o‘tkazishning metod va texnikasini ishlab chiqishdan iborat. Psixologlar tomonidan eksperimentning tatbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida boy materiallar to‘plangan. Bu materiallaming ko‘pchilik qismi hozirgacha ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan (masalan, Vilgelm Vundt va Ebbingauzning eksperimental ishlari). Empirik psixologiya aniq lagan ma’lumotlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar amaliyotda ham, masalan, meditsina va pedagogika sohalarida foydali bo‘lib chiqdi. Empirik psixologiyadagi idealizm. 0‘z-o‘zini kuzatish metodiempirik psixologiyaning asosiy metodi edi. Ob’ektiv kuzatish va eksperiment metodlari esa ikkinchi darajali o‘rin egallardi: ular faqat
psixologiyadagi asosiy metod — o‘z-o‘zini kuzatish natijalarini aniqlashga yordam beruvchi metodlar deb hisoblanardi. Shuning uchun ham
«ong hodisasi», «ichki tajriba» (insonning sub’ektiv kechirik) larini o‘z
ob’ekti deb bilgan empirik psixologiya ko‘pincha o‘z-o‘zini kuzatish
metodidan foydalangan, shu sababli yana «sub’ektiv psixologiya» deb
nom olgan. Shu jihatdan empirik psixologiyaning uning sub’ektivizmi
bilan bog‘langan eng muhim kamchiliklaridan biri idealizm va dualizm
edi. Empirik psixologiyaning vakillari bu oqim paydo bo‘lgandan boshlaboq, ruhning o‘zini ilmiy o‘rganish predmeti sifatida olishni rad qildilar va ruhning asl mohiyati haqida fikr yuritishdan, bu masalani hal
qilishdan bosh tortdilar. Lekin, «ruhiy hodisalami», «ong hodisalarini»
o‘rganishni asosiy vazifa qilib olgan psixologlar o‘z ishlari jarayonida
taqozo qilingan: bu ruhiy hodisalaming o‘zi nima, ulaming fizik hodisalardan farqi nimada va ular inson organizmidagi fiziologik jarayonlar bilan qanday munosabatda bo‘ladilar, degan savollar bilan to‘qnash keldilar va bu savollarga javob berishga majbur bo‘lib qoldilar. Empiriklar sub’ektiv metod (o‘z-o‘zini kuzatish)dan olingan natijalarga asoslanib, psixik hodisalami tasvirlab va analiz qilib, bu hodisalami fizik hamda fiziologik hodisalar bilan taqqoslaydilar. Bu
taqqoslashlar natijasida ular odatda, taxminan quyidagicha xulosalar
chiqaradilar. Psixik hodisalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra fizik hamda fiziologik hodisalardan farq qiladi, masalan, psixik hodisalar fazoviy jismlar emas (ya’ni ulaming uchburchak, kvadrat kabi geometrik shakllari
bo‘lmaydi); ular og‘irlik, rang singari boshqa fizik xususiyatlarga ham
ega emas, shunga asoslanib, empirik psixologiyaning vakillari psixik
hodisalar fizik va fiziologik jarayonlardan tubdan farq qiladi, deb hisobladilar.
Psixik hodisalar moddiy emas, balki ruhiydir. Modomiki, psixik hodisalar o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy emas ekan, u holda ulaming negizida
qandaydir moddiy bo‘lmagan alohida substansiya bo‘lsa kerak, dedilar,
ya’ni alohida moddiy bo‘lmagan substansiyadan iborat bo‘lgan ruhning
mavjudligiga ishonadilar. Masalan, Djems empirik psixologiya vakillari
haqida gapirar ekan (uning o‘zi ham shularga mansub edi), ular ongni
o‘rgatayotganlarida, mhning o‘zini emas, balki sochiigan substansiya
ruhdan tarqalgan aks-sadoni go‘yo uning zohirini uzoqdan ovlayaptilar
deb e’tirof etadi. Vundt materiya tabiatshunoslikning yordamchi tushunchasi bo‘lgan materiya singari, rah ham psixologiyaning yordamchi tushunchasidir, deb hisobladi, Vundt faqat ruhning substansionalligini
dolzarblik bilan almashtiradi, xolos. Shunday qilib, empirik psixologiya
dastlab ruhni o‘rganish ob’ekti sifatida olishni rad qilgan bo‘lsa ham,
lekin keyinchalik uning eng yirik vakillari o‘z nazariy mulohazalariga
asosan ruhni tan olishgacha bordilar. Empirik psixologiyaning vakillari
ongni uning moddiy asosidan, inson faoliyatidan ajratib qo‘ydilar.
Bu psixologiya vakillarining psixik hodisalami qanday bolmasin
materialistik talqin qilishdan chetlashishga intilganliklari, materializmga
har qanday yaqinlik shubhasidan tashqarida bo‘lishga intilganliklari
(masalan, Djems) empirik psixologiyaning tamomila idealistik maqsadlarni ko‘zlaganidan dalolat beradi. Ular psixologiyaning vazifasi
materializm bilan kurashdan iborat deb bilganlar.
Empirik psixologiyaning «otasi» J. Lokk bo‘ldi. Uning «Inson aqli
haqidagi tajriba» asari psixologiyaning keyingi taraqqiyotiga kuch-
li ta’sir etdi. Lokkning maqsadi inson bilishining paydo bo‘lishi va
rivojlanishining tajribaviy o‘rganishdan iborat edi. Bunda u «tug‘ma
g‘oyalar» g‘oyasini inkor etib, bilimlaming manbai - individning
hayotiy tajribasi, deb biladi. Tajribaning o‘zida esa, Lokkning fikricha,
ikkita manba bor: sezgi va refleksiya. Sezgi obyektdagi, tabiatdagi
barcha moddiy narsalar bo‘lib, ulaming mahsuloti fikrlardir. Ya'n;
«biz sariq, oq, yashil, issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shirin, achchiq v*.
boshqalar haqidagi fikrlami shu manba orqali olamiz» deb hisoblayd:
J. Lokk. Refleksiyaning obyekti aqlimiz faoliyati bilan egallangan
va biz tashqaridan ololmaydigan fikrdir. Ongning obyekti shu fikrdir, chunki ong, J. Lokkning bergan ta’rifiga ko‘ra, aqlimizda ro‘y
berayotgan narsalami idrok etishdir. J. Lokk tajriba manbalarini o‘zaro
farqlasa-da, ularni bir-biridan ajratmaydi. Uning fikricha, sezgi bilim -
ning boshi, refleksiya sezgi asosida paydo bo‘ladi. Buni u shunday
ta’riflaydi: «Aqlda birorta narsa ham yo‘qki, u sezgida ham mavjud
bo‘lmasa». J. Lokka ko'ra, fikrlar 2 xil: oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy fikr faqat bitta bo‘lad i. Oddiy fikr faqat bitta tushunchani o‘zida
saqlaydi. Boshqa fikrlar parchalanmaydi. Murakkab fikrlar oddiy
fikrlarni qo‘shish, taqqoslash, umumlashtirish va abstraktlashtirish
natijasida paydo bo‘ladi. Oddiy fikrlar yig‘indisi ongni tashkil
etadi. Murakkab fikrlarning hosil bo‘lish manbalaridan biri sifatida
J. Lokk, - assotsiatsiyani keltiradi. U birinchi bo‘lib «fikr assotsiatsiyasi» degan atamani kiritadi. Bilimlarimiz - deydi, J. Lokk barcha mushkulotlarni qamrab
olish va hamma savollarga javob topish qudratidan mahrumdir.
Ilm olmoqlik yaxshi ruhiy sifat egalarida ezgu fazilatlaming
yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Yaxshi ruhiy sifatlardan
mahrum odam lar esa qancha ko‘p ilm olsalar, shuncha ahmoqroq
va bema’niroq bo’ lib boradilar.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish