Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
20-Seminar mavzusi: XIX asrda Rossiyada psixologik g‘oyalarning rivojlanishi va A.A.Potebnya maktabi.
Reja:
1. XIX asrda Rossiyada psixologik g‘oyalarning rivojlanishi
2. Rus materialist va idealism oqim nomoyondalarining ong haqidagi qarashlari.
Rus revolutsiya demokratiyasining vakillari Belinskiy, Gersen, Chernishevskiy va Dobrolyubovlar idealizmni, xususan idealistik psixologiyani
tanqid qilishda boshqa yo‘ldan bordilar. Bu mutafakkirlar o'zlarining tekshirish va mulohazalarida mexanistik materialistlarning falsafiy tamoyillariga emas, balki Lomonosov va Radishchevlarning prinsiplariga tayandilar.
Revolutsion-demokratlar materialist edilar, ular idealizm va vulgar
mexanik materializmga qarshi kurashdilar. Ular moddiy-fiziologik va psixik
hodisalarning o‘zaro munosabati haqidagi ta’limotda psixofizik birlik
tamoyillarida turdilar.
V. G. Belinskiy (1811—1848) borliqning, dunyoning negizi materiyadir, ong materiyaning mahsuli, shu jumladan miyaning xususiyatidir, deb
hisobladi. «Eng mavhum aqliy tasavvurlar, — deydi, V.G. Belinskiy, —
miya organlarining natijasidan boshqa hech narsa emasdir».
Hamma aqliy funksiyalar miyadagi fiziologik jarayonlar asosida ro‘y
beradi. Psixik hodisalarni miyadan tashqari deb qarash mumkin emas.
Shuning uchun ham, Belinskiyning aytishicha, «anatomiyadan bexabar
fiziologiya qanchalik asossiz bo‘lsa, fiziologiyaga tayanmagan psixologiya
ham shunchalik asossizdir». Belinskiy ong materiyaning mahsulidir, deb gapirar ekan, ong mazmunining rivojlanishi biologik asosga, miyaga emas, balki ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi. U shunday deb yozgan: «Insonni
tabiat yaratadi, lekin jamiyat uni o‘stiradi va ta’lim beradi».
A. V. Gersen (1812—1870) mexanistik materializmga qarshi chiqib,
ong real mavjuddir, deb ta’kidladi, ongni materiyadan, inson organizmidan
ajratib qo‘ygan idealistlarni qattiq tanqid qildi. Psixika — bu materiyaning
mahsuli — u miyaning xossasidir, binobarin, uni miyadan ajratib bo'lmaydi.
Ongni tabiatdan, tanadan tashqaridagi mustaqil substansiya deb tasawur
qilish mumkin emas. «Ong, — deb yozgan edi A.I. Gersen, — tabiat uchun butunlay yot narsa emas, balki tabiat taraqqiyotining yuksak darajasidir». «Ongni lining moddiy asosi bo'lgan miyadan ajratib bo'lmaydi. Yuksak qobiliyatlar organi bo‘lgan miyani o‘z faoliyatini bajarish borasida olib qaralganda,
to’g‘ridan to'g'ri ma’naviy tomonning fizik tomonga munosabatini
o'rganishda demakki, psixologiyaga — olib keladi»,— deb yozadi u.
Shu bilan biiga Gersen, mexanistik materialistlaiga qarama-qarshi o‘laroq,
ongni miyaning passiv xossasi emas, voqelikning ko‘zgudagi singari oddiy
aksi emas, balki u ongni o‘z tabiatiga ko‘ra faoldir, deb tushunadi.
Ong va uning barcha qobiliyatlari shaxsni har tomonlama va garmonik o'stirish vazifasidan iborat bo'lgan ta’lim va tarbiyaning ta’siri
bilan rivojlanadi. Gersen dialektik materializmga chinakam yondoshdi.
N.G.Chernishevskiy (1828—1889)ning aytishicha, dunyo va hayotning
negizida bitta manba — materiya yotadi. Psixika, inson ongi rivojlanayotgan materiyaning mahsulidir. Chernishevskiy inson tabiatini dualistik tushunishga va shunga asosan inson ongining uning miyasiga bog'liq emasligi
haqidagi da’voga keskin qarshi chiqdi. Psixikaning moddadan tashqari kelib chiqishini inkor qilib, Chemishevskiy inson ruhiy hayoti hodisalarining tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lishi va rivojlani-shini isbotlashga harakat qilardi. Lekin u, ayni vaqtda, nemis vulgar materialistlari Byuxner, Fogt, Moleshottlarning yo‘l qo'ygan xatolaridan, ya’ni moddiy miya jarayonlarini psixik jarayonlar bilan, moddiy substrakt bo'lgan miyani ongning o‘zi bilan aynan tenglashtirib qo'yishdan uzoqda
edi. «Inson tabiati yagona bo'lishi bilan birga,— deb yozadi u,— biz unda
ikki xil hodisa — moddiy deb ataladigan hodisalarni (inson ovqat yeydi,
yuradi) hamda ma’naviy deb atalgan hodisalarni inson o'ylaydi, his qiladi, xohlaydi va shu kabilarni ko‘ramiz». U «fikrning jismiy shakli yo'qligiga qattiq ishondi».
Dobrolyubov (1836—1867) Chernishevskiyning safdoshi bo'lib, o4z zamonasidagi tabiat fanlari yutuqlari asosida tabiat va insonning genetik
birligi tamoyilini himoya qildi. Uning fikricha, dunyoda moddiy va ruhiy deb atalgan ikki manba yo’q. Butun mavjudod harakatdagi va o'sishdagi yagona materiyaning har xil holatidir.
Materiya abadiydir, u yo‘qdan bor boMmaydi, bordan yo‘q
bo‘lmaydi, faqat o‘z shaklini o‘zgartiradi, xolos.
«Aslida hech narsa yo‘q bo‘lib ketmaydi, — deydi Dobrolyubov, —
faqat shakllar, shaxslar o‘zgaradi, xolos». «Inson, — deydi Dobrolyubov, — tabiatning bir qismidir, mavjudodlarning eng mukammalidir, taraqqiyotning koinot tomonidan erishilgan eng yuksak bosqichidir.
Dobrolyubov dunyoning moddiyligini isbotlar ekan, u zamonasining reaksion idealistik olimlariga qarshi kurash olib bordi. U insondagi psixik ham da fiziologik jarayonlarning birligi haqidagi ta’limotni himoya qildi. Dobrolyubov psixik va fiziologik hodisalami aynan tenglashtirib qo‘ygan vulgar materialistlar — mexanistlarga qarshi chiqib, shunday deb yozgan
edi: «Inson ruhi qandaydir juda nozik materiyadan iboratdir, deb isbotlashga urinib, inson ruhiy tomonining yuksak ahamiyatini yo‘qqa chiqaradigan qo‘pol materializmning johilona e’tirozlari bizga kulgili va ayanchli
bo‘lib tuyuladi». Dobrolyubov idealistlarni tanqid qilish bilan birga olimlar uydirma nazariya va tajribaga bog‘lanmagan aprior sxemalarga yopishib olmasdan,
o‘z hukmlarida faktlarga tayansagina, ularning dunyo haqidagi g‘oya va
tushunchalari turmush amaliyotida sinalgan taqdirdagina, insonni o‘rab
turgan hodisalarning haqiqiy mohiyatini bilish mumkin ekanligini isbotlashga harakat qildi. Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining «otasi» I.M. Sechenovning (1829—1905) dunyoqarashi revolutsion demokratlar vakillarining,
ayniqsa, Chernishevskiyning ta’sirida tarkib topdi. 1863-yil uning «Bosh miya reflekslari» degan mashhur asari bosilib chiqdi. Bu asarda Sechenov o‘sha zamon fiziologiyasining ilg'or yutuqlariga va shaxsiy tekshirishlariga asoslanib turib, odamning psixik faoliyati qandaydir moddiy bo‘lmagan ruhning namoyon bo‘lishi emas, balki faqat miyaning faoliyati xolos, deb dadillik bilan aytdi. Sechenov fiziolog sifatida Chernishevskiy va undan oldin maydonga chiqqan rus materialistlari tomonidan rivoj toptirilgan materialistik monizmni tabiiy-ilmiy
jihatdan asoslab berdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar,— degan
edi Sechenov,— bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin, real dunyoga
xos bo‘lgan hodisalardir». Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya
reflekslaridir, degan ta’limotni ilgari surdi. «Ongli va ongsiz psixikaning
barcha harakatlari, — deb yozadi u, — o‘zining kelib chiqishi jihatidan
reflekslardir». Shuni isbotlashni u o‘zining vazifasi deb bildi.
Sechenov ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi bosh miyaning funksiyalari bolgan psixik jarayonlarning kelib chiqishini o‘rganishdan iborat deb
hisoblaydi. «Ilmiy psixologiya, — deb yozadi u, — o‘zining butun mazmuni
e’tibori bilan psixik faoliyatning kelib chiqishi haqidagi bir qator ta’limotlardan
o‘zga narsa bo‘lmog‘i mumkin emas». Sechenov inson psixikasining inson ongi taraqqiyotining birlamchi omili bo‘lgan tashqi dunyo bilan belgilanganligini ta’kidladi. «Moddiy olam har bir insonga nisbatan, lining fikridan oldin mavjud bo’lgan va mavjud bo4ladi». «Ma’lumki, insonning psixik jarayonlari,— deb yozadi Sechenov,— tashqi belgilarda ifodalanadi va odatda barcha kishilar, oddiy kishilar ham, olimlar ham, tabiatshunoslar ham, psixologlar ham psixik jarayonlar haqida shularga, ya’ni tashqi belgilarga qarab fikr yuritadilar». «Biroq psixik hodisalarni ilmiy jihatdan haqiqiy analiz qilib berishning kaliti fiziologiyaning qo4lidadir». Sechenovning psixik jarayonlarning mohiyatini tushuntirib beradigan
asosiy qonun-qoidalari mana shulardan iborat. I.M. Sechenov ta’limotining
davomchisi I.P. Pavlov edi. U materialistik psixologiyaning tabiiy-ilmiy
asosi bo’lgan yangi fan, oliy nerv faoliyati fiziologiyasini kashf etdi.
Psixikani, psixik va fiziologik hodisalarning o‘zaro munosabatini tushunishda idealizm bilan materializm o‘rtasidagi kurash XX asrning boshlarida ham davom etdi va kuchaydi. Bu davrda asosan, dialektik materializm pozitsiyasida turib mexanistik materializm va idealizmning eng yangi shakllariga qarshi kurash avj oldi. Mexanistik materializmning uchiga chiqqan shakli obyektiv psixologiya deb atalgan oqim — «bixeviorizm», ideyalizmining uchiga chiqqan shakli esa «Vyursburg» maktabi psixologiyasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |