Seminar mashg’uloti uchun savollar:
1. Abu Ali ibn Sinoning qaysi asarlarida psixologik qarashlar aks etgan?
2. «Sharq Aristoteli»nomiga Musharraf bo’lgan Sharq mutafakkiri?
3. Abu Nasr Farobiyning psixologik qarashlari?
Klaster
Abu Ali ibn Sinoning fiziologiya va psixologiya fani rivojiga asos bo’lgan fikrlarini ketma-ketlikda ifodalang?
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
1. N. S. Jo‘rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova “Psixologiya tarixi” Toshkent “Noshir” -2019y;
2. Davletshin M.G. “Psixologiya tarixi” dastur. T. -1996-y.
3. David G. Mayers “Psychology ninth addition in moduls” 2010-y
4. Nishonova Z. T. “Psixologiya tarixi” T -2002-y.
8. Xayrullayev M.M. “ 0‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar”. Toshkent -1995-y.
9. E. G‘oziev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkent. 0 ‘qituvchi - 1990-y.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
12-Seminar mavzusi: Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari va Ar-Roziyning tibbiyot psixologiyasiga qo’shgan hissasi. (2soat)
Reja:
1. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino asarida mijoz haqida
2. Roziy Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyning psixologik qarashlari
Forobiydan keyin jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan
bin buxorolik Abu Ali ibn Sinodir. U tibbiyot, falsafa, psixologiya, matematika kabi fanlarning rivojlanishiga e’tibor berdi. U mavjudodni, ya’ni barcha mavjud narsalarning kelib chiqishi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama o‘rganadi. Ibn Sinoning fikricha, olam
yaxlit murakkab bog‘liqdir. Bu bog‘liqni har tomonlama tekshirish uchun
u zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat tamoyillarini asos qilib oldi.
Uningcha, materiyaning eng sodda bo'laklariga bo‘linmaydigan shakli
to‘rtta, ya’ni havo, o‘t, suv, tuproqdan iborat. Ularning o‘zaro turli xil
birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi, deb yozadi.
Bu moddiy narsalarning moddiy asosi bo‘lgan havo, o‘t, suv, tuproq
o‘zgarmaydi ham, yo‘qolmaydi ham. Materiya — harakat, vaqt, fazo bilan uzviy bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi. Ibn Sino Aristotelning jon haqidagi
ta’limotini tabiatshunoslikdagi va tibbiyotdagi o‘sha davrning yutuqlariga
asoslanib yangi asosda qayta qurdi. Ibn Sinoning ishlarida «jon» tushunchasi organizmni sezish, eshitish, ko‘rish qobiliyati deb tahlil qilingan. U
jon haqida ajoyib ta’limot yaratdi. Bu haqdagi fikrlar uning «Tib qonunlari» kitobida o‘z aksini topgan. Bu o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha materialistik ta’limotdir. Ulug‘ olim bu kitobida asab tizimining tashqi bog‘liq va
tananing harakati, tana sezgisini ta’minlab turuvchi bog'liq funksiyasini
juda yaxshi tushungan holda psixologik hodisalarni fiziologik jarayonlar
bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikrlami birinchilardan bo‘lib oldinga surdi.
Asab tizimi, bosh miya bu psixikaning yuz berishi asosi deb ko‘rsatdi.
Tana va muhit, a’zo va uning funksiyasi har doim o‘zaro bog‘liqlikda bir
butunlikdadir, jon miyaning funksiyasi deb ta’kidladi. Ibn Sino bu fikrlarini rivojlantirib ruhiy kasalliklar miya ishining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir
deb ko‘rsatadi. Olim psixik jarayonlarning markazlari miyada degan fikrni ilgari suradi. U sezgi markazi miyaning old qismida, xotira markazi
miyaning orqa qismida, xayolning markazi miyaning o‘rtasidagi jo‘yagining
oldingi qismida o‘ylash, fikrlash bilan bog‘liq markaz o‘rta jo‘yakda, ixtiyoriy harakatlanish qobiliyati miyaning orqa jo‘yagiga joylashgan», — deb
yozadi Ibn Sinoning ruhiy jarayonlar va dunyoni bilish haqidagi fikrlari ham
muhim ahamiyatga ega. U dunyoni bilish nazariyasini materiahstik asosda
tushuntiradi. U bilish sezgilar yordamida hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlash orqali bilishdan tashkil topadi, deb yozadi. Sezish bu shunday quwatki, u tashqi narsalaming o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda
vujudga keladi. Sezgida narsa va hodisalaming ayrim tashqi belgilari, aniq
tomonlari bihnsa, aql ularning mohiyatlarini, ichki tomonlarini mavhumlashtirish yordamida bila oladi, deb ko‘rsatadi. Ibn Sino ham bilishning
ikki bosqichi, ya’ni sezgilar va tafakkur jarayoniga alohida e’tibor beradi.
Abu Ali ibn Sino Sharq tabobatida keng qo‘llaniladigan «mijoz»
tushunchasiga alohida e’tibor berdi. Uningcha, «mijoz» insonning xususiyati
uning sifati, tana va ruhga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini idrok qilishdir.
U: «Unsurlarning nihoyat darajada mayda bo'laklaridagi qarama-qarshi
kayfiyatlaming bir-biriga ta’siri ma’lum bir chegaraga yetganda paydo
bo‘lgan kayfiyatni mijoz deyiladi», — deb ko’rsatadi (Tib qonunlari.
A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993-y., 15-bet).
«Mijoz» organizmning ruhiy va jismoniy barqarorligini ko‘rsatgan jismoniy
va psixik idrok hamda ruh ta’sirlariga javob bo‘lib, bu so‘z qadimgi grek tabibi
Gippokrat tomonidan ishlatilgan. Keyinchalik, u organizmda bo‘ladigan 4
suyuqlik qon, safro, balg'am, qora o‘t haqida ta’limotni ishlab chiqdi.
Ibn Sino tibbiyot muammolarini hal qilishda Gippokrat ta’limotiga
suyanadi. «Tib qonunlari» asarida bir necha bor tibbiyot fanining otasi
Gippokrat fikrlaridan foydalanadi. Ibn Sino oiganizm tashqi ta’sirlami
idrok qilish va uni oxganizmni javob reaksiyasini berishda mijozning turlicha,
ya’ni: issiq, sovuq, quruq, nam, kuchli va kuchsiz paydo bo‘lishini aniqladi. Ular odamda mijoz shaklida tabiiy ravishda bo’lishini va bular orqali
odam ovqatlarni, havo haroratini, yoqimli va yoqimsiz narsalarni birbiridan farq qiladi, deb ta’kidladi. «Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasi
farq qiladi va issiq mijozli, sovuq mijozli kishilar farqlanadi, deb ko'rsatadi.
Yuksak kaloriyali mahsulotlar, ya’ni: yog‘li ovqat, qo‘y go‘shti, tuxum,
qant, yong‘oq, qora choy qon aylanishini, kuchni, haroratni oshiradigan;
sut, mastava, ko‘k choy, baliq, o’simlik va boshqalar sovuqlikni oshiradi,
deb ularning organizmga, mijozga ta’sirini ko‘rsatib beradi. «Issiq odam»
tabiatan issiq, bu issiq ovqatlarni, «sovuq odam» tabiatan sovuq bo‘lib, u
sovuq ovqatlarni iste’mol qiladi, deydi.
«Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasini Ibn Sino inson tanasiga xos
deydi. Ular ikki bir-biriga qarama-qarshi funksiyalami (faollik va sezish,
jabr qilish), tabiatdagi o'zgarishlar, shunga o‘xshash qarama-qarshi hodisalarni (yil fasllarining o‘zgarishi, issiq, sovuq, muzlash va erish, uyqu va
uyg’oqlik, yoshlik va qarilik, hayot va o‘lim) aniqladi.
Ikki bir-biriga qarama-qarshi tushuncha: quruq va namlik tana hamda
a’zolaming funksional holatini, sog‘lig‘i va kasalligini aks ettiradi, deydi.
«Quruq» — odam oiganizmdagi suyaklar bo‘lsa, «namlik» — bu qon,
yog‘ deb ta’kidlaydi. Ibn Sino hatto «turli xalqlarning, turli chehralar»ning,
«har bir a’zo»ning mijozini aniqlashga harakat qildi.
Qadimgi grek ta’limotiga binoan mijozning fizik (fiziologik) asosi haqidagi 4 modda, ya’ni olov, havo («yengil» elementlar), suv, yer («og‘ir»
elementlar) va uning xususiyatlarini tahlil qilib, olov — issiq va yengil,
havo — issiq va nam, suv — sovuq va nam, yer — quruq va sovuqligini va
bular asosida mijozning issiq, o‘rtacha va sovuq bo’lishini aniqladi.
Ibn Sino «mijoz» haqidagi ta’limotni ishlab chiqish jarayonida tibbiyotda buyuk grek olimi Gippokrat tomonidan ko‘p ishlatiladigan temperament so‘ziga e’tibor qaratdi va u o‘z faoliyatida temperamentning shakllanishida o‘rab olgan muhit va organizmning individual xususiyatlarini hisobga olish kerakligiga e’tibor berdi. Gippokrat kasalni, ya’ni kasal joyni emas, kasallanuvchi kishining organizmini, individual xususiyatlarini va unga ta’sir etuvchi atrof-muhitni o‘rganishga qaratish lozimligi haqidagi fikriga asoslanib ish ko‘rdi. U tashqi muhit ta’siri natijasida shakllanadigan moddiy va ruhiy hodisalarni aniqlash muhimligini ta’kidladi va u
kishilami 4 asosiy tipga ajratdi. Bunda Gippokrat organizmdagi qon, safro, balg‘am va qora o'tnmg rolini alohida qayd qildi va ularga asoslanib
odamlarni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik temperament tipiga
ajratadi, ya’ni: organizmida qon ko‘p bo'lganlar sangvinik, xoleriklarda
safro, flegmatiklarda balg‘am, melanxoliklarda qora o‘t ahamiyat kasb
etishini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan «mijoz» bu temperament yoki
fe’l, xulq emas, deb ta’kidlaydi. Gippokrat temperament — inson psixikasining kompleks dinamik xarakteristikasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari integratsiyasidir, deydi. U o‘zida emotsionallik va faollik kabi 2 asosiy komponentlarni birlashtiradi. Emotsionallik va inson hissiyotining kuchi, barqarorligi va kayfiyatini (xursandlik, g‘azab, qo'rquv, tushkunlik), faollik esa tashqi muhitga, odamlarga munosabatlaridagi tempi, ritmi, tezligi bilan belgilanadi, deb to‘g‘ri ta’rif beigan bo‘lsa, Ibn Sino mijoz odam organizmi
xususiyatining ifodalanishi, u tashqi muhit faktorlarining sifati, jismoniy va
ruhiy idrok qilinishidir degan fikrni ilgari surdi. Mijoz organizm mohiyatini o‘zida chuqurroq va toiaroq aks ettirishidagi jismoniy va ruhiy tabiatning o‘zaro munosabatlari shartidir. U turli-tuman ta’mlami farqlash
malakasi va sifati bilan xarakterlanadi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Ibn Sino mijozga dalolat beradigan belgilarni ko‘rsatib berishga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |