Abu Ali ibn Sino
|
Ar-Roziy
|
1
|
|
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
6
|
|
|
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
1. N. S. Jo‘rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova “Psixologiya tarixi” Toshkent “Noshir” -2019y;
2. Davletshin M.G. “Psixologiya tarixi” dastur. T. -1996-y.
3. David G. Mayers “Psychology ninth addition in moduls” 2010-y
4. Nishonova Z. T. “Psixologiya tarixi” T -2002-y.
8. Xayrullayev M.M. “ 0‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar”. Toshkent -1995-y.
9. E. G‘oziev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkent. 0 ‘qituvchi - 1990-y.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
13-Seminar mavzusi: D.Yum g‘oyalari, Fransuz maorifchilarining psixologik qarashlari.
Reja:
1. Assotsiativ psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi.
2. D.Yum psixologik qarashlari.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari David Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar, g‘oya-tasawurlarning yaxlit bo‘lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta’limotni iigari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta’limot bir vaqtda ham idealistik, ham materialistik yo‘nalishda paydo bo‘ldi. Idealistik yo‘nalishning vakili va umuman, assotsiativ oqimning asoschisi David Yum (1711—1776 y.) edi. Uning ta’limotiga ko‘ra, ongning barcha murakkab hodisa va mahsullari va o‘zining «men» ekanligini (o‘z-o‘zini) anglash, o‘zaro tashqi bog‘lanishlar — assotsiatsiyalar bilan bog‘langan «tasaw ur birikmalari»dir, holos. Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757-y) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804-y.) edilar. Ular assotsiativ tasawurlami miyada fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Gartli psixologiya ruhning fizikasi, deb qaradi. David Yum hayoti: (1711—1776) Ingliz faylasufi, psixolog olim va muarrix David Yum Shotlandiya poytaxti Edinburg shahrida, uncha boy bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi huquqshunos bo‘lgan. David Yum Edinburg Universiteti va Lya-Flesh nomli Farang kollejida tahsil oldi. U kollejda ilk marta Rene Dekartning ilmiy qarashlari bilan tanishdi. David Yum birinchi bo‘lib, «sabab» ning mohiyatini hodisa va tushuncha sifatida jiddiy o ‘rganishga kirishdi. Uning bu boradagi mulohaza va xulosalari falsafa fanining asosiy yutuqlaridan biriga aylandi. Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Inson tabiatiga doir mulohazalar» (1739), «Ta’b me’yori haqida» (1739-1740), «Axloqiy va siyosiy ocherklar» (1741-1742), «Ruhning barhayotligi to‘g‘risida», «Tabiiy din haqida so‘zlashuv (dialog)» (1751). Materialistik oqimning vakillari Gartli (1705—1757-y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733— 1804-y.) edilar. Ular assotsiativ tasawurlami miyadagi fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar. Gartli psixologiyaga ruhning fizikasi deb qaradi. D. Pristli barcha psixik jarayonlar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o‘rtasidagi prinsipial farqni inkor qildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir qismi deb qaradi. Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta’limot XIX asrda juda keng tarqaldi. Empirik psixologiyaning ichida «assotsiativ psixologiya» deb atalgan alohida oqim paydo bo‘ldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida hukmron mavqeni egallab oldi. XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil’ (1773-1836-y.), Djon Styuart Mil (1806-1837-y.), Aleksandr Ben (1818-1903-y.), Gerbert Spenser (1820-1903-y.) edilar. Bular qatoriga Fransiyada T. Ribo (1829-1916-y.), Germaniyada Teodor Sigen (1862-1950-y.) larni va qisman Ebbingauzni (1850— 1909-y.) ham kiritish mumkin. Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik jarayonlar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo‘lgan sezgilardan va ulaming nusxasi bo‘lgan tasavvurlardan hosil bo‘ladi deb da’vo qildilar. Ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalaming qonunlariga binoan, o‘zaro mexanik bog‘lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira jarayonlari assotsiatsiyalarga tenglashtirib qo‘yiladi, ya’ni esda qoldirish yangi assotsiatsiyalar hosil qilishdir, esga tushirish esa avval mustahkamlangan assotsiatsiyalaming jonlanishidir. Assotsianistlaming fikricha, tafakkur mhning alohida bir qobiliyati yoki maxsus psixik qobiliyati emas, tafakkur ham faqat tasawurlaming assotsiatsiyalar qonuniga binoan harakatlanishidir. Masalan, muhokama faqat ikkita tasavvuming assotsiatsiyaga bog‘lanishidir. Bunda ongning boshqa lahzalari yo‘q. Xulosa chiqarish ikki yoki birqancha hukmlaming assotsiatsiyasi (bog‘lanishi)dir, bulardan ham assotsiatsiya bo‘yicha yangi hukm hosil qilinadi, ya’ni xulosa chiqariladi. Tushunchalar ham bir qanchaso‘zlaming o‘zaro o‘xshash tasavvurlar bilan bo‘lgan assotsiatsiyasi (bog‘lanishi)dir deb ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |