Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. Uz
10-Seminar mavzusi:Djon Lokk: Tajribaning ikki turi. Maorif davri psixologik g‘oyalari, David Gartli va Jorj Berkli psixologik qarashlari. (2soat)
Reja:
1. Djon Lokk psixologik g‘oyalari.
2. David Gartli va Jorj Berkli psixologik qarashlari.
Empirik psixologiyaning «otasi» J. Lokk bo‘ldi. Uning «Inson aqli
haqidagi tajriba» asari psixologiyaning keyingi taraqqiyotiga kuch-
li ta’sir etdi. Lokkning maqsadi inson bilishining paydo bo‘lishi va
rivojlanishining tajribaviy o‘rganishdan iborat edi. Bunda u «tug‘ma
g‘oyalar» g‘oyasini inkor etib, bilimlaming manbai - individning
hayotiy tajribasi, deb biladi. Tajribaning o‘zida esa, Lokkning fikricha,
ikkita manba bor: sezgi va refleksiya. Sezgi obyektdagi, tabiatdagi
barcha moddiy narsalar bo‘lib, ulaming mahsuloti fikrlardir. Ya'n;
«biz sariq, oq, yashil, issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shirin, achchiq v*.
boshqalar haqidagi fikrlami shu manba orqali olamiz» deb hisoblayd:
J. Lokk. Refleksiyaning obyekti aqlimiz faoliyati bilan egallangan
va biz tashqaridan ololmaydigan fikrdir. Ongning obyekti shu fikrdir, chunki ong, J. Lokkning bergan ta’rifiga ko‘ra, aqlimizda ro‘y
berayotgan narsalami idrok etishdir. J. Lokk tajriba manbalarini o‘zaro
farqlasa-da, ularni bir-biridan ajratmaydi. Uning fikricha, sezgi bilim -
ning boshi, refleksiya sezgi asosida paydo bo‘ladi. Buni u shunday
ta’riflaydi: «Aqlda birorta narsa ham yo‘qki, u sezgida ham mavjud
bo‘lmasa». J. Lokka ko'ra, fikrlar 2 xil: oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy fikr faqat bitta bo‘lad i. Oddiy fikr faqat bitta tushunchani o‘zida
saqlaydi. Boshqa fikrlar parchalanmaydi. Murakkab fikrlar oddiy
fikrlarni qo‘shish, taqqoslash, umumlashtirish va abstraktlashtirish
natijasida paydo bo‘ladi. Oddiy fikrlar yig‘indisi ongni tashkil
etadi. Murakkab fikrlarning hosil bo‘lish manbalaridan biri sifatida
J. Lokk, - assotsiatsiyani keltiradi. U birinchi bo‘lib «fikr assotsiatsiyasi» degan atamani kiritadi. Bilimlarimiz - deydi, J. Lokk barcha mushkulotlarni qamrab
olish va hamma savollarga javob topish qudratidan mahrumdir.
Ilm olmoqlik yaxshi ruhiy sifat egalarida ezgu fazilatlaming
yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Yaxshi ruhiy sifatlardan
mahrum odam lar esa qancha ko‘p ilm olsalar, shuncha ahmoqroq
va bema’niroq bo4 lib boradilar.
Ehtimollik bilimdagi kemtiklami to‘ldiradi.
Jon Lokk hayoti: Ingliz faylasufi J.Lokk (1632—1704)
Angliyaning janubiy-g‘arbidagi Somerset grafligiga qarashli
Rington shaharchasida, puritanlar oilasida tug‘ildi. Uning
otasi advokat bo‘lib, Kromvel armiyasining otliq eskadroniga
qo‘mondonlik qilgan. J. Lokk Oksford dorilfununi qoshidagi diniy kollejda ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot ilmini o‘rgandi. 1656-yilda u Oksford dorilfununining bakalavrlik, 1658-yilda esa magistrlik ilmiy darajasiga
sazovor bo‘ldi. U kimyogar Robert Boyl bilan do‘stlashadi. Bu
do‘stlik unda faylasuflar Dekart va Gassendi ta’limotiga qiziqish
uyg‘otadi.
J. Lokk oliy hukumat idoralarida xizmat qilib, mansab
pog‘onalaridan tez yuqorilab boradi va Angliya hukumatining lord
kansleri lavozimiga erishadi. J. Lokk 39 yoshidan boshlab falsafa ilmini ishtiyoq bilan o‘rganishga kirishadi. 1682-yilda olim hukumatda
yuz bergan siyosiy tanglik tufayli Angliyani tashlab Niderlandiyada
yashaydi. 1689-yilda u vataniga qaytadi va birin-ketin xorijda yozgan
asarlarini chop etadi. J. Lokkda sxolastik falsafaga tanqidiy munosabat va tabiiy
fanlarga, ayniqsa, tibbiyot va kimyoga qiziqish juda erta paydo
bo‘ldi. J. Lokk o‘z oldiga intellektual «tozalash»ni amalga oshirish,
ya’ni bilishni tanqidiy tekshirishni maqsad qilib qo‘ydi. U, aynan diniy va axloqiy muammolarga doir tuganmas bahslar uni qo‘llanuvchi
tushunchalaming ko‘pchiligi umidsiz darajada noaniq va noto‘g‘ri
emasmi, degan savolni berishga majbur qilganini tan oladi. J. Lokk
faylasuflar ham tabiat hodisalarini tadqiq qiluvchi olimlar singari,
tajriba yordamida qadam-baqadam olg‘a yurishlari kerak, deb
xisoblaydi. Buyuk muammolami ko‘rib chiqishga o'tishdan oldin
o‘z vositalarimiz, ya’ni o‘z tushunchalarimizni o ‘rganib chiqishimiz
kerak. Shuning uchun J. Lokk bilishni tanqid qilish va tilni tahlildan
o‘tkazishdan boshlaydi. Ammo «vositalar»ga bo‘lgan qiziqish uning
konkret muammolar bilan shug‘ullanishiga ham xalaqit bermaydi.
J. Lokk pedagogika va siyosiy nazariyaning klassiklaridan biri
hisoblanadi.
Boshqaruv haqida ikkita traktat asarini liberalizmning Bibliyasi
deb ataydilar. Uning birinchi qismi abslyutizm ideologi ser Robert
Filmer (1588-1653)ni tanqid qilishga bag‘ishlangan. Ikkinchi qismida
J. Lokkning davlat va tabiiy huquq haqidagi o‘z g‘oyalari ko‘rib
chiqilgan. Bu asami Vilgelm Oranskiy (1650-1702) konstitutsion
monarxiyasining asoslanishi sifatida baholagan, ammo unig g ‘oyalari
Fransiyada ham, Amerikada ham inqilobiy rol o‘ynagan. J. Lokk,
shuningdek, «Diniy bag‘rikenglik», «Tarbiya haqida o‘ylar»,
«Xristianlikning aqlga muvofiqligi» asarlari hamda «Insonning bilishi
haqida tajriba» nomli epistemologik asar muallifidir. Uning quyidagi
asarlari ma’lum: «Tabiat qonunlariga doir tajribalar» (1662—1664),
«Din erkinligini e’tirof etishga doir tajriba» (1667), «Tibbiyot san’ati
haqida» (1669-y), «Inson taffakuriga doir tajribalar» (1689-yil, olim
bu asar ustida 20-yildan ziyod mehnat qilgan), «Tarbiyaga oid ba’zi
fikrlar» (1693-y.) va hokazo.
Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757-y) va
uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804-y.) edilar. Ular assotsiativ
tasawurlami miyada fiziologik bog‘lanishlarga tenglashtirib qo‘ydilar.
Gartli psixologiya ruhning fizikasi, deb qaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |