2. “Rotasiya” metodi mavzuni kichik guruhlarda o’rganish, asosiy g’oyalarni yozma bayon qilish hamda guruhlar tomonidan taqdim qilingan ishlarni jamoa ishtirokida tahlil qilish imkonini beradi. Mashg’ulot jarayonida metodni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko’riladi: 1) o’rganilayotgan mavzuga doir topshiriqlar yozma ravishda bayon qilinib, yozuv taxtasiga osib qo’yiladi; 2) talabalar topshiriqlar soniga ko’ra guruhlarga biriktiriladilar; 3) guruhlar ixtiyoriy ravishda topshiriqlar paketini tanlaydilar va topshiriqni bajarishga kirishadilar; 4) topshiriqning yechimi yozma bayon qilinadi va guruh ishining ajratib olish oson bo’lishi uchun paket ustiga maxsus belgilar qo’yiladi; 5) topshiriqning yechimi bayon qilingan paketlar guruhlar o’rtasida o’zaro almashtiriladi; 6) barcha topshiriqlarning mazmuni guruhlar tomonidan o’rganilib bo’lgach, topshiriqlar paketlari yig’ib olinadi va yechimlar umumlashtiriladi; 7) yechimlar jamoada muhokama qilinib, eng to’g’ri javob tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |