68- savol. Tafakkurda bilvosita va bevosita aks ettirish
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Moddiy olamda haqiqatdan bogʻliq boʻlmagan narsa hukmda bogʻliq qilib koʻrsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomgʻir yogʻyapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Xulosa chiqarish. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bogʻlanishi natijasida hosil boʻlgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm boʻlib, ikkinchi hukm yakka hukm boʻladi.
Keltirilgan misollardan koʻrinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon boʻlgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib koʻrishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr oʻrtasidagi shunday bogʻlanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi. Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga oʻtiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni oʻrganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini oʻtkazadi, poʻlat elektr tokini oʻtkazadi, mis elektr tokini oʻtkazadi, ruh elektr tokini oʻtkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz. Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juzʼiy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini oʻtkazadi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning baʼzi bir belgilari oʻxshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining oʻxshashligi toʻgʻrisida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga oʻxshash boʻlgan baʼzi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolgʻon boʻlishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli koʻpincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juzʼiy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juzʼiy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bogʻcha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovgʻa olib kelgan boʻlsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib koʻrsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi boʻlamiz. Oʻtgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovgʻa olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi. Shunday qilib, analogik yoʻl bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar toʻgʻrisidagi bilimlar oʻzlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.
Tushunchalar. Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga toʻgʻri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan boʻlsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi oʻqish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |