Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


- savol. Diqqatning dominantlik xususiyati mohiyati



Download 131,69 Kb.
bet57/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

77- savol. Diqqatning dominantlik xususiyati mohiyati

Diqqatning ana shunday boʻlinuvchanlik xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Chunki bir qancha mehnat turlari diqqatning boʻlinuvchanlik xususiyatiga ega boʻlishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda zarur boʻlgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashgʻulot yoki suhbat oʻtkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, yaʼni gapirayotgan gapiga, bolalarni quloq solib oʻtirishlariga va bundan soʻng nimalar haqida gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashgʻulot paytida guruhni boshqara oladi.


Diqqatning boʻlinishi har kimda har xil boʻladi. Buning sababi shundaki diqqatning yengillik bilan boʻlinishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bogʻliqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning ayrimlari bizga yaxshi tanish boʻlsa yaʼni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat jarayonida bir necha ishlarni birdaniga yaʼni birga qoʻshib bajara olamiz. Masalan, yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish boʻlgani uchun darsda ham eshitib, ham yozib oʻtira olamiz. Shunday qilib, diqqatning boʻlinuvchanligi juda koʻp faoliyatlarimiz uchun zarur boʻlgan xususiyatdir.
Diqqatning koʻchuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga koʻchib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning koʻchuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning koʻchuvchanligi diqqatning boʻlunuvchanligi bilan bogʻliq xususiyatdir. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, yaʼni diqqatning boʻlinishi oʻz mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez koʻchishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda diqqatning koʻchuvchanlik xususiyati juda koʻp faoliyat va uning turlari uchun zarur boʻlgan xususiyatdir. Masalan, hikoya oʻqib berish mashgʻulotida bolalar oʻz diqqatlarini hikoya eshitishdan surat koʻrishga, undan soʻng yana eshitishga bemalol koʻchira olishlari kerak. Agar maktab oʻquvchilariga nisbatan oladigan boʻlsak, oʻquvchilar oʻz diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol koʻchira olishlari kerak. Aks holda oʻquvchilar oʻtgan dars taʼsirida oʻtirib, yangi darsning mazmunini sifatli oʻzlashtira olmaydilar.
Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan koʻcha bermaydi. Baʼzan qiyinchiliklarga toʻgʻri kelib qoladi. Albatta buning oʻz sabablari bordir. Masalan, bunday sabablardan biri – diqqatimiz koʻchirilishi lozim boʻlgan narsalar yoki harakatlar oʻrtasida bogʻlanish bor yoki yoʻqligiga bogʻliq. Agarda diqqatimiz koʻchirilishi lozim boʻlgan narsalar oʻrtasida maʼlum jihatdan mazmuniy bogʻliqlik boʻlsa, diqqatimiz osonlik bilan koʻchadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan koʻchadi.
Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida koʻrib oʻtgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman oʻzgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tugʻma ravishda, yaʼni irsiy yoʻl bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chogʻidan boshlab turli faoliyatlar oʻyin, oʻqish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez boʻlinib turishida namoyon boʻlishi mumkin. Parishonxotirlikning bu koʻrinishi koʻpincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.


Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish