62-Savol. Xayol va uning turlari
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq boʻlmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik koʻrsatadigan obyektlarga subyekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan maʼlum munosabatda boʻladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, yaʼni kayfiyatimizni koʻtarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Baʼzi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo koʻrgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda boʻladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, koʻrayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, oʻylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq boʻlmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari gʻazab, nafratimizni uygʻotadi. Biz xavf ostida qolganimizda qoʻrquvni his qilamiz, dushman ustidan gʻalaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uygʻotadi. Emotsiya – shaxsning voqelikka oʻz munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bogʻliq boʻlgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan taʼriflardan koʻrinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha boʻlib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hayollar oʻzining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bogʻliq boʻlgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuygʻusini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab boʻladi.
Hayol odamda sodir boʻlayotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli boʻlganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi aʼzolariga taʼsir qiluvchi cheksiz miqdordagi qoʻzgʻovchilardan aniq boʻlib ajraladi, baʼzilari bir-birlari bilan qoʻshilib ketadi va paydo boʻlgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uygʻotib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: maʼlum qoʻzgʻatuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon boʻladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Impressiv soʻzi lotincha taassurot degan maʼnoni anglatadi.
63- savol. Xayol jarayoning yuzaga kelishida boshqa psixik jarayonlarni roli
Juda koʻp hayol bilan bog’liq holatlar bosh miyaning yaqin poʻstloq osti qismlarining oraligʻi bilan ham bogʻliqdir. Masalan, koʻrish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak maʼnaviy hayolotlar ham oʻzining nerv-fiziologik asosiga ega boʻlishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi taʼlimoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Menimcha, koʻpincha odatdagi turmush tartibining oʻzgargan paytlarida odat boʻlib, qolgan birorta mashgʻulot yaqin kishidan judo boʻlganda, aqliy iztirob chogʻida kechiriladigan ogʻir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning oʻzgarishi, uning yoʻqolishi va yangi dinamik streotipning qatʼiylik bilan hosil boʻlishidan iborat boʻlsa kerak”.
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol koʻrinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan boʻlsak, biron yoqimli koʻydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan boʻlsak, quyidagilarni koʻrishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday oʻrin yoʻq. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib boʻlmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tugʻdiradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tugʻdiradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hayolot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki aʼzo faoliyati bilan bogʻliq boʻlsa ham bari bir bosh miya poʻsti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun aʼzoyi badanida boʻladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya poʻsti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya poʻsti bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |