3.
Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.
Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-
yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining
asoschisi deb
haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi
doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha,
barcha ongli va ongsiz
jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun
ham
tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu
harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida
sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali
shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A.
Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham
reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini
tushuntirishga kuchirish
bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga
qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar.
Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va
biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va
boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini
nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator
olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab,
jamoa va shaxs nazariyasini
yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning
ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan
sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy
psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada
va boshqa Sobiq ittifokdosh
jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik
(hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan
ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi
zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa,
Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab
yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va
dadil
tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan
darajaga ko`tardilar. Lekin,
yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy
psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta’siri
ancha
sezilarlidir.
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid,
barkarorlik shartlari va taraqqiet kafolatlari. Toshkent: O`zbekiston 1997 yil.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Toshkent, 1997 yil.
3. Agaronyan A. S. Kultura povsednevnoy jizni: Sotsialno-prakticheskie
aspekti. Tashkent: O`zbekistan, 1982
4. Andreeva G. M. Aktualnie problemi sotsialnoy psixologii. M:
Izd-vo
MGU 1998
5.
www.kasu.uz