16-MAVZU: DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI NAZORATINI TASHKIL
ETISH VA BOSHQARISH
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
16.1.
Davlat pensiya ta’minotini nazorat qilishning mazmuni, vazifalari
va zarurligi
16.2.
Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va
ahamiyati
16.3.
Pensiya ta’minotida ichki nazorat, obyekti, subyektlari, turlari va
usullari
16.4.
Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar
faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari
Tayanch so’z va iboralar:
Pensiya ta’minoti, moliyaviy nazorat, ichki
nazorat, tashqi nazorat, nazorat obyekti va subyekti, taftish, tekshiruv, monitoring,
Davlat Soliq Qo’mitasi, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, G’aznachilik,
muvofiqlashtirish.
16.1
Davlat pensiya ta’minotini nazorat qilishning mazmuni, vazifalari va
zarurligi
Moliyaviy tizimni boshqarishning muhim vostalaridan biri - bu moliyaviy
nazoratdir. Moliyaviy
nazoratning zarurligi, uning mohiyati va ahamiyati
O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi tomonidan aniqlanadi. O’zbеkistonda
moliyaviy nazorat Konstitutsiyamizning 14-moddasidagi “Davlat o’z faoliyatini
inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat
va qonuniylik printsiplari
asosida amalga oshiradi” dеgan qoidani hayotda amalga oshirish maqsadida tashkil
etilgan.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir
tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo’lgan
ikki sohaga
bo’linadi
1
:
#
davlat moliyaviy nazorati;
#
nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va
maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning
Konstitutsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uning huquqiy rеglamеnti
davlatning tipiga, uning ijtimoiy-siyosiy yo’naltirilganligiga,
iqtisodiy taraqqiyot
darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq.
Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib O’zbеkiston Rеspublikasi
byudjеti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tеkshirish orqali
1
Finansbi. nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-е, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D. Matskulyaka. - M.: Izd-vo
RAGS, 2007. s.23
uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa,
aniqlash va
kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazoratini quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
—
Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va
tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo’linadi;
—
Byudjеtning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi
darajasiga ko’ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
—
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi;
—
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va
uning hududiy bo’linmalari;
—
Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy
organlarining ichki nazorat
xizmati.
Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati
bo’lgan Davlat hokimiyati organlari, ya’ni qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv
organlari hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu organlar tarkibiga O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi
Prezident Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi
va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari
kiradi.
Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy resurslarning taqsimlanishi va
qayta taqsimlanish jarayoni har doim ma’lum maqsadlarga
erishishga qaratilgan
bo’lib u o’ziga xos tarzda tartibga solish va rag’batlantirish tamoyillari asosida
boshqarib boriladi.
Pensiya ta’minotini nazorat qilishda davlat moliyaviy nazoratining o’rni
kattadir. CHunki mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining asosiy bo’g’ini bo’lib pensiya
va nafaqa oluvchilar hisoblanadi. Davlat pensiya ta’minotini umumiy boshqarishni
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi
va Prezident devoni amalga oshiradi.