Yunon-Baqtriya podsholigi Qadimiy quldorlik davlati (mil av. 256- 248 ylar orasi mil av. 140-135 ylar). Asoschisi salavkiylarttt Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil av



Download 30,71 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi30,71 Kb.
#345569
  1   2
Bog'liq
YUNON baqtrya


Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256— 248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar). Asoschisi salavkiylarttt Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shim.

Gʻarbiy Hindiston hamda Sugʻdiyona ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shim. Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga boʻlinib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon anʼanalari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. YunonBaqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shim. Afgʻonistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy eʼtiqodlar keng tarqalganligini koʻrsatib turibdi.

YU.Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiysavdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200185), Yevkradit (mil. av. 185171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot 1P, Yevkradit 1 —II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan.

YU.Yunon-Baqtriya podsholigi mil. av. 140—135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan.

Yunon manbalariga koʻra, Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan.[1]

Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir.

Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi. Iskandar vafotidan so`ng u tuzgan saltanat bir necha katta-kichik davlatlarga bo`linib ketgan. Ularning biri Salavkiylar davlati edi. Bu davlatning hukmdori Salavka I Nikator bo`lgan. O`rtayer dengizining sharqiy sohilidan O`rta Osiyo va Hindiston chega-ralarigacha bo`lgan yerlar Salavka davlati tarkibida edi.

salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot ham foydalanadi. U mahalliy zodagonlarning xayrixohligiga tayanib Salavka vafot etgach, uning vorislari davrida sharqiy viloyatlarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Bundan miloddan avvalgi 250-yilda o`zini Baqtriya podshosi deb e`lon qiladi.8

Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu davlatning asosi dastlabki Baqtriya bo`lgan, uning poytaxti Zariasp edi. Keyinchalik bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.

Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Evtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi.

Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavka podshosi Antiox III bilan Evtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Evtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Evtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.

3. Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir.

Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo`shin tortib uni bosib oladi. Lekin ko`p o`tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.

Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi.

4. Yunon-Baqtriya podsholigining ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati. Yunon-Baqtriya o`sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o`g`ilga meros bo`lib o`tgan. Podsholikmulklari viloyatlargabo`linib, uni viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to`g`ridan-to`g`ri podshohlarga itoat etganlar.9

Podsholikning Yunon-Baqtriya qismida urug`i Hindistondan keltirilgan paxtaham ekilgan. Ehtimol ipak qurti ham boqilgandir.

Podsholikda qo`y, echki, qoramol, ot, tuya, qo`tos, o`rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari va tuyalari juda mashhur bo`lgan.

Boshqa joylarga qaraganda Yunon-Baqtriyada shaharlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar Pompey va Apolloderlar Yunon-Baqtriyani «ming shaharlar mamlakati», deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo`lgan. Bu shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan.

Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-Baqtriya slpmoldan janubga, sharqdan g`arbga o`tadigan karvon yo`lining qoq o`rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon bergan. Yunbn-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo`yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda qo`llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buni biz miloddan avvalgi X–V mingyilliklarga mansub Zarautsoy suratlari misolida ko`ramiz.

Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi.

Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.

Mamlakatning keyingi taraqqiyoti Kushon podshlogi bilan bog’liq bo’lgan. Tadqiqotchilaming fikricha, Yunon-Baqtriya davlatining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. MiLavv. III asming oxirlari 0 ‘rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumot beradi. Uning yozishicha, Salavqiylar tomonidan Baqtriyada qamal qilingan Yevtidem ulaming hukmdori Antiox III ga “chegarada ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” bildiradi. Bu ko‘chmanchilar mil.avv. III asming oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi edi. Shuningdek, g‘arbiy Hisor tog‘lari ham shimoliy chegaralar boigan boiishi mumkin. Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil.aw. III asming ikkinchi yarmi va II asming birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardagi o‘sha davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokim saroylari, ibodatxonalar, turar-joy, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullaming topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

Yunon Baqtrya Osiyodagi eng yirik davlatlaridan biri bo`lgan. U ravnaq topgan vaqtda Turonning sharqiy, janubi-sharqiy viloyatlari, g`arbiy Xitoy, Baqtriya va Hindistonning katta qismini egallagan edi. Podsholik yerlarining katta-katta maydonlari tog`lardan iborat. Hind, Oks, Gang, Braxmaputra va Jamna daryolarining bo`ylari tekisliklardan iborat bo`lgan. Bu o`lka hayvonot, o`simliklar, yer osti va usti qazilma ashyolariga juda boy edi.

O`lkaning boy tabiiy sharoiti bu yerda qadimdan odamlarning yashashlari uchun imkon bergan. Bu o`lkada ilk tosh asridan beri aholi yashab keladi. Podsholik katta maydonni egallagani uchun unda – hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.

Shak qavmlariga mansub yuechji qabilalari Markaziy Osiyoning g`arbiy qismida yashar edilar. Yuechjilardan sharqdagi bepoyon dashtlarda esa xunn qabilalari yashar edilar. Uzoq yillar mobaynida yuechjilar o`tloq talashib xunnlar bilan kurash olib borganlar. Bu janglarda goh xunnlar, goh yuechjilar g`olib chiqar edilar. Keyinchalik xunnlar kuchayib, yuechjilarni Markaziy Osiyodan g`arbga chekinishga majbur qilganlar. Ular dastlab Oloy va Dovonga (Farg`ona vodiysi) ko`chib, so`ng So`g`diyona, Shimoliy Baqtriyaga, undan esa Janubiy Baqtriya bo`ylab tarqalganlar. Yuechjilar xyumi, shuanji, guyshan, xise va dumi kabi bir-biriga qarindosh qabilalardan iborat edilar. Aynan ushbu qabilalar Yunon baqtrya davlatiga bostirib kirib barham bergan.10

Bir tomondan yuechji, ikkinchi tomondan ko`chmanchi saklarning shiddatli hujumlari natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Guyshan qabilasining sardori Kudzula Kadfiz qolgan 4 qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan va o`zini «Shohlar shohi» deb e`lon qilgan.Shu tariqa

Kushon podhlogi tashkil topgach u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati tarkibiga kiradi. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlaf saltanatining poytaxti Baqtradan Peshavarga ko`chirilgan.Aynan Kushon podsholigiga ham Baqtrya asosan tasir o’tkazgan.Unda Baqtryada bo’lgan siyosiy tizim joriy qilingan..

Xo’jalik rivojlangan davrida xo`jalikning hamma tartnoqlari rivoj topdi. Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo`ylaridagi unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon Baqtrya davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga katta e`tibor berilgan. Ziroatkorlar bug`doy, arpa, sholi, g`o`za, tariq, kunjut, mosh, no`xat kabi ekinlar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar. Dehqonlar podsholikning O`rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, tarvuz ekib polizchilik bilan shug`ullanganlar. Podsholikning ko`p joylarida, ayniqsa tog` va tog` oldi yerlarida, bog`bonlar olma, nok, o`rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish qilganlar. Kushonlar pod-sholigi davrida chorvachilik ham ancha rivoj topadi.

Baqtrya davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Podsholikda temirchilik, to `qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, me`morchilik, zargarlik, kemasozlik ancha rivoj topgan edi. Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va yirik qishloqlar bo`lgan.

Baqtrya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari «Buyuk Xitoy yo`li» va boshqa savdo yo`llarining tarmoqlari orqali Xitoy, O`rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar.

Yunon Baqtrya podsholigida juda ko`p xalqlar va elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang bo`lgan. Bu narsa tasviriy san`atda, diniy e`tiqodda ham o`z aksini topgan. Yunon Baqtrya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e`tiqod qilganlar.

Yunon Baqtrya davrida ilmiy-amaliy bilimlar – falsafa, tarix, geografiya, tabobat, matematika kabi fanlar rivoj topgan edi. Kushon madaniyati Qadimgi Hindiston va O`rta Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan yaratilgan.

Eramizdan avvalgi 256-yilda ParfiyaBaqtriya va Soʻgʻdiyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot oʻzini shoh deb eʼlon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Soʻgʻdiyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga oʻtdi. Eramizdan avvalgi 230-yilda Soʻgʻdiyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan agʻdardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya oʻrtasida savdo yoʻllarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar boʻlib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208-yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207-yilda u Parfiyani magʻlubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qoʻshinlari Yevtidem ustidan gʻalaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Oʻz navbatida u Antioxga oʻzining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning oʻgʻli Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari boʻlgan janubiy knyazliklarni oʻziga boʻysundirish imkoniyatiga ega boʻladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yoʻl oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda oʻz qoʻshinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qoʻlga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yoʻl olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq boʻlgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri boʻldi. Taxminlarga koʻra, yuechshilar Baqtriyani qoʻlga kiritgandan soʻng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. Oʻrta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi boʻldi. Bu davr O`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. Soʻgʻd va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. HirotMarv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari boʻyicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining oʻzaro sintezi sodir boʻldi.

Miloddan avvalgi III asrning O’rtalariga kelganda (miloddan avvalgi 250 yil) salavkiylar saltanatinig O’rta Osiyodagi mavqei butunlay tushib ketdi. Saltanatning Sharqiy satrapliklari markaziy Hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, ularning Har biri mustaqil siyosat yurgizishga intildi. Ayniqsa, bu vaziyat Parfiya va Baqtriya satrapiklarida ko’zga yaqqol tashlanar edi. Bu vaqtda Baqtriya satrapi Diodot edi. Strabonning fikriga qaraganda Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishi, baqtriyaliklarning markaziy Hokimiyatga nisbatan isyoni edi. Baqtriyaning salavkiylardan ajralib chiqishiga Diodotdan tashqari, Evtidem ham aralashgan. Evtidem xuddi O’sha vaqtda SO’diyona Hokimi bo’lib, u Diodotga tobe edi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yunon-Baqtriyadavlatining salavkiylardan ajralib chiqishi Yunon zodagonlarining qo’zg’oloni xususiyatiga ega bo’lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo’lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil. avv. 256, 250, 248 va 246-245 yy.). Bu davlatning asosi Baqtriya bo’lib, ba`zi hokimlar davrida (Evtidem, Demetriy, Evkratid) Hindistonning Shimoli-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi.

Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralari doimiy mustahkam bo’lmasdan harbiy-siyosiy sharoitdan kelib chiqib o’zgarib turgan. Mil. avv. III asrning oxirlari O’rta Osiyoning janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma`lumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Evtidem (Yunon-Baqtriya hukmdori) ularning hukmdori Antiox III ga “chegarada ko’chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o’tadigan bo’lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og’ir bo’lishi mumkinligini” bildiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Polibiy ma`lumot bergan ko’chmanchilar mil. avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun So’g’dni egallagan bo’lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya mulklarining vaqtinchalik Shimoliy chegarasi bo’lib qoladi. Shuningdek, /arbiy Hisor tog’ tizmalari ham Shimoliy chegaralar bo’lgan bo’lishi mumkin.

Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorobog’tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda Ko’plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo’lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo’lingan bo’lib bu viloyat hokimlari podshoga bo’ysunar edilar. Ba`zi tadqiqotchilar So’g’d va Farg’ona ham Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o’tmagan deydilar. So’nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda Ko’plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o’ng va so’l qirg’og’i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o’zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu erlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140/130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo’lib, bu davrda Diodot, Evtidem, Evkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko’chmanchilar zarbalari ostida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.

YAqin va O’rta Sharqning turli davlatlari, jumladan O’rta Osiyo hududlarida katta xronologik davr Yunon-makedon sulolalari siyosiy hukmronligi davri sifatida izohlanib fanda bu davr-ellinizm davri deb ataladi. Ellinizm-(Bolqon yarim orolidagi Ellada shahri nomi bilan bog’liq)bu aniq tarixiy mavjudlik bo’lib, iqtisodiy hayotda, ijtimoiy va siyosiy tuzumda, mafkura va madaniyatda ellin (Yunon) va Sharq unsurlarining o’zaro uyg’unlashuvi ifodasidir.

Qadimgi (antik) davrda ellin dunyosi Yunonistondan Hind daryosi vodiysiga bo’lgan ulkan hududni qamrab olgan edi. Tadqiqotchilar, ellinlashuv darajasiga qarab bu hududni uchta mintaqaga bo’ladilar: 1. Ellada; 2 Kichik Osiyo, Suriya va Misr; 3.Efrat daryosining Sharqidagi viloyatlar. Bu hududlar tarixiy adabiyotlarda “Ellinlashgan Sharq“ tushunchasida aks etgan bo’lib, uning tarkibiga Mesopotamiya, Eron, O’rta Osiyoning janubiy viloyatlari, Afg’oniston, Pokiston va Hindistonning Makedoniyalik Iskandar bosib olgan hududlari kirgan.

Makedoniyalik Iskandar yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm madaniyatining kirib kelishi Baqtriya, Parfiya va So’g’diyona shaharlari, hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san`atiga katta ta`sir ko’rsatdi. YOzma manbalar Iskandar nomi bilan bog’liq uchta shahar: Aleksandiya Oksiana (Oks bo’yidagi Iskandariya), Aleksandriya Marg’iyona (Marg’iyona Iskandariyasi), Aleksandriya Esxata (CHekkadagi Iskandariya) haqidagi ma`lumotlar beradi. Ulardan tashqari, katoykiyalar deb nomlangan Yunon harbiylari manzilgohlari ham mavjud edi.

Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida O’rta Osiyoning janubiy hududlaridan ellinizm madaniyati bilan bog’liq bo’lgan turar-joylar, moddiy-ma`naviy madaniyat buyumlari, tanga pullarning topilishi bu hududlardagi mahalliy madaniyatga ellin an`analari (shaharsozlik, haykaltoroshlik, badiiy-amaliy san`at, alifbo va boshqalar.) kuchli ta`sir etganidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda bu topilmalar mahalliy madaniyatdagi rivojlanish qadimgi davr (antik) Sharq va /arb madaniyatining o’zaro uyg’unlashuvi natijasida o’ziga xos madaniyat darajasiga ko’tarilishining ham guvohidir.

Shunday qilib, miloddan avvalgi III asr O’rtalarida davlatchiligimiz yana o’z taraqqiyotining ikkinchi mustaqillik pallasiga kirdi.

Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylandi. Miloddan avvalgi 212 yilda Evtidem Yunon-Baqtriya davlatining podshosi edi.

Miloddan avvalgi 206 yildan boshlab Yunon-Baqtriya davlati uchun salavkiylar tomonidan endi Hech qanday xavf yo’q edi.

Evtidemning O’g’li Demetriy davrida (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Baqtriyaning hududi kengayib Har jihatdan yuksaldi. Uning nomi bilan Ko’plab joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida isloHot O’tkazildi. Bunga ko’ra davlatni mayda Hokimliklarga bo’lib boshqarish joriy etildi. Demetriy mahal liy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.

Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga Shimoldan kelgan kO’chmanchi yue-chjilar barham berdilar.

Vatanimix tarixida muhim rol o’ynagan Sharqning bu davlati 120 yildan ortiq vaqt yashadi. Tarixchilar bu davrda oldin Baqtriyaga qaram bo’lgan, keyin, miloddan avval II asrda, mustaqil bo’lgan SO’diyona haqida ham ko’p gapiradilar.

Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil.avv. V-IV asrlarda Xorazm va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarni urbanizatsiya jarayonlari qamrab olgan edi. Natijada bu hududlarda tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan birga aylanib bordi.

Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.



Download 30,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish