hisoblansa-da, yaxshi maqsadlarga xizmat qilishi nuqtai nazaridan va keng
tarqalgan sotsiologik shakl sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu o`rinda,
birovlarning sir-asrorini bilish,
xufiya ish tutish, umuman, birovlarning xatti-
xarakatlarini yomon niyatlarda kuzatish singari tasavvurlarni ilmiy kuzatish
shakllaridan keskin ajratish lozim. Albatta, yashirin kuzatish ochiq kuzatish ochiq
kuzatish shakli bilan uyg`un holatda qo`llanilganda, olinadigan samara yanada
yaqqolroq bo`ladi. Kuzatish usullarining yana bir shakli-
uzluksiz kuzatishdir.
Uzluksiz kuzatish muayyan ijtimoiy-pedagogik jarayonni boshdan oxirigacha
nazorat qilib turish zarurati tug`ilganda keng qo`llaniladi.
Bunday hollarda
kuzatishning vaqt jihatidan chegaralanganligi kechayotgan voqeaning qancha
davom etishi bilan bog`liq, masalan, muayyan dars sifatini tekshirishga
bag`ishlangan uzluksiz kuzatish 45 minut, navro`z bayramini kuzatish 3 kun,
ramazon bayramlari 4 kun davom etishi mumkin. Uzoq vaqtga mo`ljaallangan
kuzatishga 5-6 kishidan iborat guruh tuzilib, har bir kishiga muayyan vazifalar
yuklab qo`yiladi. Tugallangan yoki nihoyasi aniq bo`lmagan jarayonlarni uzluksiz
kuzatish kutilgan natijalarga hamisha ham olib kelavermaydi. Bunday hollarda,
diskert
(ahyon-ahyon, alohida) kuzatish
shakliga murojaat qilish maqsadga
muvofiqdir.
Muayyan ob`ektni quyidagi talablardan kelib chiqib, kuzatish lozim: 1.Bir
ob`yektni o`rniga turli xil kishilar tomonidan kuzatish kerak. Kuzatish jarayoni
tugagach, mazkur ob`yekt haqidagi fikrlar taqqoslanadi. Bu talabga rioya
qilinganda mazkur ob`yekt xususida sub`ektiv fikr emas,
balki umumiy fikr,
ob`yektiv pozitsiya yuzaga keladi. 2.Kuzatish jarayoni yashirin bo`lishi muhim,
zero manzara sezilarli kuzatish ta`sirida buzilishi mumkin. Bu esa kuzatish
natijalari tabiiy va ishonarli chiqmasligiga olib keladi. Kuzatuvchi ba`zan devor
ortidan turib, maxfiy kuzatuvchi, ba`zan esa bahs-munozaralarning faol
ishtirokchisi sifatida, o`z
vazifasini sir tutgan holda, muayyan kuzatish ishlarini
ham olib bora oladi. 3.Kuzatish davomida tegishli omil, holat, belgilarni mufassal
qayd etib borish lozim. Mazkur jarayon ishini texnik vositalarni qo`llab
engillashtirish maqsadida kinoga olish yoki magnit tasmalarga yozib borishning
ahamiyati kattadir. 4.Kuzatish natijalari tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarining o`z-
o`zini kuzatish va o`z-o`zini baholash natijalari bilan qiyoslanishi maqsadga
muvofiqdir. 5.Kuzatish usulining muhim kamchiligi reprezentativlik talabiga rioya
qila olmasligidir. Shu boisdan ham, kuzatish usulini sotsiologik tadqiqotlarning
boshqa usullari bilan uyg`un holda amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: