partsial xurujlarda hushsiz yotgan bemorda yutinish, chaynash, biror
joyini silash, chapak chalish kabi avtom atik harak atlar kuzatiladi.
Murakkab partsial xurujlarning davomiyligi ham 30 sekunddan atrofida
bo'ladi va bemor o'ziga kelgandan so'ng biroz karaxt bo'lib turadi.
Epilepsiyaning tonik va klonik xurujlar bilan kechishi biroz og'ir turi
bo'lib, bemorning yaqinlarini k o 'p roq vahimaga soladi. Chunki bu
xurujlar kechayotganda bemor hushsiz bo'lib, bunda ruhiy buzilishlar
ham ko'p kuzatiladi. Tonik va klonik xurujlarda epilepsiya auralar bilan
boshlanishi mumkin.
Auralami epilepsiyaning xabarchilai i deb ham atashadi. Xurujlar
boshlanishiga bir necha soat qolganda. ba'zan esa bir-ikki kun oldin
285
bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor boMib qoladi,
yuzi yoki tanasining ba’zi joylari uyushadi hamda lab burchaklari titray
boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari
boshlanadi. Tutqanoq xurujlaridan oldin auralarning kelishi yaxshi.
Chunki bunday paytlarda bemor o ‘zini xavfsiz joyga oladi, ota-onasi
yoki o‘zi uydan chiqib ketmaydi, xavfli joylarda yurgan bo’lsa, xavfsiz
joylarga o'tadi va h.k. Aurasiz uchraydigan katta tutqanoq xurujlari hayot
uchun xavflidir va bunda bosh miya va tana jarohatlari ko‘p kuzatiladi.
Chunki xurujlar bo'lish paytini bemor bilmaydi va o‘zini xavfsiz joyga
ola olmaydi.
13-jadval
Epilepsiya sabablari (Ichki kasalliklar bo'yicha Xarrison
ma’lumotnomasi). 2005-yil
Y osh
E pilepsiya s a b a b la ri
2
yoshgacha
T u ish paytida m iyaning jarohatlanishlari
Perinatal gipoksiya va ishem iya
OHkir infeksiya
M etabolik buzilishlar (gipoglikem iya, gipokalsiyem iya,
gipom agniyem iya, piridoksin yetishm ovchiligi)
R ivojlanish illatlari
G enetik buzilishlar
2- 12
yoshgacha
Idiopatik
O 'tk ir infeksiya
Jarohatlar
Febril tutqanoqlar
12-18
yoshgacha
Idiopatik
jaro h atiar
Dori, alkogol abstinensiyasi
A rteriovenoz anevrizm alar (rivojlanish illatlari)
18-35
yoshgacha
Jarohatlar
A lkogolizm
M iya o ‘sm alari
35 yoshchn
so 'n g
M iya o ‘sm alari
B osh m iya qon tom ir kasalliklari
M etabolik buzilishlar (urem iya, jig a r yetishm ovchiligi.
elektrolitlar alm ashinuvining buzilishi, gipoglikem iya)
A lkogolizm
Agar xurujlar aura kuzatilgandan so‘ng boshlansa, bunday xurujlarni
ikkilamchi tarqalgan xurujlar
deb atashadi. Agar xurujlar aurasiz kuzatilsa,
ularni
birlamchi tarqalgan xurujlar
deb ataladi. Xuruj boshlanganda,
dastlab mushaklarda tonik qisqarishlar ro ‘y beradi, bu paytda bemor
286
qichqirib yuborishi va tilini tishlab olishi mumkin. Qisqa vaqt nafas ham
to'xtab qoladi, rangi ko‘karib ketadi. Bu davr xurujlarning
tonik bosqichi
deb ataladi va u, odatda, 30-60 sek. davom etgach,
klonik bosqichi
b oshlanadi. Bunda bosh va oyoq-qo‘llar titray boshlaydi. Bosh orqa va
yon tomonga buraladi, ko'z olmasi yuqori va yon tomonga qarab og'adi.
Shu holatda titrashlar davom etib turadi. Xurujning klonik bosqichi ko‘p
holatlarda qovug‘i bo'shab ketish bilan tugaydi. Bu bosqich 2-3 daqiqa
davom etadi. T onik-klonik xurujlarning umumiy davom iyligi 3-5
daqiqaga teng. Xurujlar tugagach, bemor qattiq uyquga ketadi, odatda,
2 soat, bunday paytda uni uyg'otmaslik kerak. Uyqudan turgandan so'ng
esa bosh og'rig'i kuzatiladi.
Epilepsiyaning tutqanoq xurujlarisiz kuzatiladigan turiga absanslar
(petit mal) deb ataladi. U lar, asosan, bolalik va o'sm irlik davrida
kuzatiladi. Xuruj paytida bola bir nuqtaga qarab qotib qoladi, ko'zi
ochiq bo'ladi, biroq qoshini pirpiratib turishi va boshi sal orqaga qayrilishi
mumkin. Savollarga javob bermaydi, hushsiz qotib tursa-da, yiqilib
tushmaydi. Xuruj 10-20 sek. davom etadi va b a ’zan atrofdagilarga
bilinmay o'tib ketadi. Bunday xurujlar bir kunda 20-30 marta kuzatilishi
mumkin. Bu xurujni vrachning o'zi kuzatmoqchi bo'lsa, bemordan 5-6
marta tez-tez chuqur-chuqur nafas olishni talab qilishning o'zi kifoya.
Tungi xurujlar. T unda bo 'lad ig an xurujlar turli-tum an b o'lad i.
Ularning ba’zilari quyidagicha kechishi mumkin: bemor birdan uyg'onib
ketadi, qattiq boshi og'riyotgan bo'ladi, qayt qilishi mumkin va asta-
sekin ko'zi va boshi yon tomonga qayrilgan holda tutqanoq xurujlari
boshlanib ketadi. Yuz qiyshayib, so'lak oqadi va dudUqlanib qoladi.
Ba’zan yotgan joyidan to'satdan turib, o'tirib oladi, oyoqlari bilan
velosiped haydayotgandek harakatlar qiladi yoki g'ujanak bo'lib yotib
oladi, turib yurib ketadi va birozdan so'ng to'xtaydi, ba’zan uydan chiqib
ketadi. Bu xurujlar 30 sek. dan 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Keyin bemor o'ziga keladi, nimalar qilganini eslay olmaydi, b a’zi bemorlar
esa b a ’zi qiliqlarini chala bo'lsa-da aytib beradi. Tunda bo'ladigan
xurujlarda bemor tilini tishlab oladi, og'zidan qon aralash ko'pik chiqadi,
qovug'i bo'shab ketadi. Epilepsiya bilan og'rigan bemorlar uchun kech
uyquga ketish va majburan erta uyg'onish xavflidir, uyquning davomiyligi
6-8 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Ertalab uyg'ongandan so'ng majburan
ko'p uxlayverish ham mumkin emas. Bunday bemorlarda ba’zan kunduz
kuni to 'satd a n uxlab qolish holatlari ham kuzatiladi va bu holat
narkolepsiya deb ataladi.
287
E pilepsiyad a ruhiy buzilishlar
Epilepsiyada bemor xulq-atvorining turli darajada o'zgarishi bilan
kechuvchi ruhiy buzilishlar kuzatiladi. Boshqa ruhiy buzilishlardan farqli
o‘laroq, epilepsiyada bemor shaxsining o'zgarishi o ‘ziga xosligi bilan
ajralib turadiki, buning natijasida, tibbiy amaliyotida «epileptik xulq-
atvor» degan ibora paydo bo'ldi. Bunday bemorlar juda ezma, qaysar,
besabr, tez xafa bo'ladigan, kayfiyati tez o'zgarib turadigan, arzimagan
mayda ishlarga o'ralashib yuradigan, tez janjal ko'taradigan, mayda gap
va jahldor bo'lishadi. A lbatta, bemorda bu belgilar turli ko'rinishda
bo'lishi m um kin va ularning qanchalik yaqqol nam oyon bo'lishi
tutqanoq xurujlarining naqadar k o 'p kuzatilishi, epilepsiya turi va
bemorning davolanish tarziga bog'liq. Yaxshi kayfiyatda yurgan bemor
birdan o'zgarib qolishi va qo'pol so'zlar bilan yaqinlarini haqorat qila
boshlashi mumkin. Bunday holat u biror narsasini topa olmasa, uning
qilayotgan ishiga chetdan kimdir aralashib xatosini ko'rsatsa, uning
fikriga zid fikr bildirsa va h.k. ro'y beradi. Shunda bemor tezda janjal
ko'tarib urishib ketadi, b a ’zan arzimagan janjal affekt darajasigacha
ko'tarilishi va bemor o'ziga yoki atrofdagilarga tan jarohati yetkazib
qo'yishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlarni davolayotgan
vrachlar ularni psixiatr nazoratiga yuborishi kerak. Demak, xulq-
atvorning keskin o'zgarishi bilan kechadigan epilepsiya kuzatilgan bemor
psixiatr nazorati ostida davolanib turishi lozim.
Epilepsiyada bem orlarning xulq-atvoridagi o'zgarishlar, b a ’zan
«ijobiy» tus olishi ham mumkin. Masalan, ular birovlarga keragidan
ortiqcha mehribon, yaqin yordamchi, kulib turadigan, muloyim, har
qanday ishga bel bog'lab kirishib ketadigan shaxslardir. Bu mehribonlik
b a’zi hollarda oila a ’zolariga emas, begonalarga ko'rsatiladi. Shunday
bo'lsa-da, ularning jahlini chiqarish oson, qilayotgan ishlariga mos
e’tiborni sezmasa yoki tanbeh olsa, ular yana o'zgarib, qaysar va o'jar
bo'lib qoladi. Bemor birorta odamdan qattiq ranjisa, u bilan boshqa
muloqotda bo'lmasligi mumkin.
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning tafakkur doirasida ham
patologik o'zgarishlar paydo bo'ladi, ya’ni fikrlar inertligi kuzatiladi,
fikrlar teranligi susayadi, diqqatni bir joyga qo'ya olishmaydi, diqqat-
e ’tibor talab qiluvchi aqliy m ashqlam i bajarishda qiynalishadi yoki
uddasidan chiqa olishmaydi. Bir ishga kirishib ketib, oxiriga yetkaza
olmay tashlab qo'yishadi. Ishlarning eng asosiysi va ikkinchi darajalisini
ajrata olishmaydi, mayda, keraksiz ishlarga o'ralashib qolib ketishadi.
Fikrlar inertligi bemorning nutqida ham aks etadi. Berilgan savollarga
lo 'n d a q ilib ja v o b bera o lm ay d i, bir ay tg an gap in i so 'n g yana
288
bir necha bor takrorlashi mumkin yoki suhbat boshida tushunarli bo‘lib
qolgan voqeani yana takrorlayveradi. Ular hissiyotga berilib so‘zlashadi,
b a’zan kamgap, ba’zan sergap bo'lishadi, bu - bemorning kayfiyatiga
bog'liq.
Epilepsiya bilan kasallangan b a’zi bemorlar yolg'onchi, boshqa birlari
haqiqatparvar bo'lishadi, adolatsizlikka chiday olishmaydi. Uning uchun
begona bo'lgan odam nohaqlikdan aziyat cheksa, uzoq vaqt u haqida
gapirib yuradi, qo'lidan kelsa, yordamga shoshadi. Ba’zi bemorlar uyi
va ishxonasini juda saranjom va sarishta tutadi, ozoda yuradi, chiroyli
kiyinadi, ya’ni ular tartibga qattiq rioya qilishadi.
Y oshi k a tta b e m o rla r, a y n iq sa, a y o lla rd a p u y erilizm , y a ’ni
b o la la r g a xos x u lq -a tv o r k u z a tila d i. U la rn in g n a f a q a t x a tti-
h a ra k a tla ri, balki fik rlash d o irasi ham yoshidan o rq a d a q o lishi
m umkin. Ba’zan esa 5-7 yashar bolalar o'z yoshiga mos kelmaydigan
aq l-z ak o v atn i k o 'rs a tis h i m um kin. U lar xuddi k a tta la rd e k fik r
yuritishadi, foydali m aslahatlar berib qo'yishadi. Ba’zi o ta -o n a lar
b o la d a g i b u n d ay q o b iliy a td a n q o 'r q ib k etib , p s ix ia trg a ham
k o 'rs a tis h a d i yoki b o 'lm a s a , fa x rla n ib y u rish ad i va bu n o y o b
qobiliyatni epilepsiya bilan bog'lashm aydi. D em ak, boshqa ruhiy
kasalliklardan farqli o 'laro q , epilepsiya bir-biriga zid bo'lgan ruhiy
o'zgarishlar bilan kechuvchi kasallikdir.
Aytib o'tilganidek, epilepsiyada kuzatiladigan shaxs buzilishlari
darajasi kasallikning qaysi yoshda boshlanganligi, xurujlar soni va turi,
o'tkazilayotgan davolash muolajalarining qanday olib borilayotganiga
uzviy bog'liq. Kasallik qanchalik erta yoshda boshlangan bo'lsa, xurujlar
hadeb takrorlanaversa (ayniqsa, hushning yo'qolishi bilan kechuvchi
xurujlar), bemor shaxsidagi p atologik o 'zg arish lar shunchalik tez
rivojlanadi va og'ir kechadi. Ayniqsa, bosh miyaning chakka bo'lagi
zararlanishi sababli yuzaga kelgan epilepsiyalarda shaxs buzilishlari kuchli
ifodalangan bo'ladi.
Epilepsiyada kuzatiladigan tafak k u r buzilishlari chuqurlashgan
hollarda aqli zaiflik rivojlanadi. Turli darajadagi aqli zaiflik kasallik
bolalik davrida boshlangan holatlarda ko'p kuzatiladi va u deyarli har
ikkinchi bemorda namoyon bo'ladi. Buning sababi bolalarda oliy ruhiy
funksiyalarning to 'la shakllanm aganligidandir. Shuning uchun ham
bolalik davrida kuzatiladigan bosh miyaning har qanday og'ir kasalligi
ruhiyat va tafakkurning u yoki bu darajada buzilishlari bilan kechadi.
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda keyinchalik bosh miyaning turli
kasalliklari kuzatilsa (masalan, bosh miya jarohati, meningit, qon tomir
kasalliklari, alkogolizm va h.k.), tutqanoq xurujlari va ruhiy buzilishlar
kuchayishi mumkin.
289
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda ruhiyat buzilishlari yaqqol
ko'zga tashlanadigan sindromlar bilan kechishi mumkin. Bular disforiya,
deliriy, oneyroid sindrom, gallyutsinatsiyalar, epileptik stupor, amneziya,
alahsirovchi psixozlar, patologik uyqu va h.k. Bularning ichida eng ko‘p
uchraydigani disforiya bo'lib, u bemorda hech qanday sababsiz paydo
bo'laverishi mumkin. Disforiyada nafaqat kayfiyatning buzilishi, balki
sababsiz xavotir bo'lish, siqilish, qo'rquv, gumonsirash, miyaga turli
fikrlaming yog'ilib kelishi, suitsidal fikrlar, birovni o'ldirish, o'g'rilikka
intilish hissi kabi belgilar ham kuzatiladi.
Juda kam holatlarda kayfiyatning ko'tarilib yurishi kuzatiladi. Ular
begona odam bilan ham (keldi-kelmadi) hazillashaveradi, biror-bir kulgili
voqea o'ylab topib, gaplashib ketaverishadi, masxarabozlik qilishadi,
b ep ard a la tifa la r o 'y la b to p ish ad i, gap o rasid a hadeb kechirim
so'rayverishadi. Tanish odamlarni uchratibqolishsa, yig'lab ham olishadi.
Ba’zi bemorlarda jinsiy faollikning oshib ketishi ham kuzatiladi.
E pilepsiyada stu p o r turli k o 'rin ish d a b o 'lish i mum kin: oddiy
kamharakatlikdan tortib, qotib qolishgacha. Qotib qolgan bemorlarda
mutizm kuzatiladi, biroq ular birovning so'zi va harakatini takrorlashi
ham mumkin. Odatda, stupor xurujlardan so'ng kuzatiladi va bir necha
daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Stupor to'satdan to'xtab,
faol harakatlar paydo bo'lishi va bemor atrofdagi narsalarni otib yuborib,
yonidagilar bilan urishib ketishi ham mumkin, bunda to'la va qisman
amneziya ham kuzatiladi.
Epilepsiyada to'satdan paydo bo'luvchi depersonalizatsiya, dereali
zatsiy a,
k atap lek siy a , ano zo gn oziya ku zatilishi m um kin. Bu
simptomlarning klinik ko'rinishi aw algi boblarda keltirilgan.
Epilepsiyada. alahsirasu bilan kechuvchi psixo/iai, ouai.ua, u'ikii va
surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. O 'tkir psixozlarda birov uni
ta ’qib qilayotgandek, zaharlamoqchidek, og'ir tan jarohati yetkazmoqchi
bo'layotgandek tuyuladi. Bu holat epileptik paranoyya deb ham ataladi
va u bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Odatda,
disforiya bilan paydo bo'lgan o'tkir psixozlar qisqa vaqt davom etadi.
Psixozlar to'satdan paydo bo'lishi, yo'qolib ketishi, pasayishi va bir necha
kundan so'ng yana paydo bo'lishi mumkin.
Surunkali psixozlar ham paranoid va parafrenik belgilar bilan namoyon
bo'ladi va odatda, epileptik oneyroid, deliriy yoki boshqa psixopatologik
h olatlardan so'ng rivojlanadi. Surunkali psixozlarning klinikasida
alahsirash asosiy belgilardan biri hisoblanadi va u tez-tez takrorlanib
turadi. Bunda ham yuqoridagi holatlar ko'p kuzatiladi.
Epilepsiyada ruhiyat, hissiyot va tafakkurning buzilishlari kasallikning
so'nggi bosqichlarida kuchli rivojlanadi va bu yaqqol ko'zga tashlanadi.
290
Bunday bemorlarda lutqanoq xurujlari butunlay to'xtagan bo‘lishi ham
m um kin. Shuning uchun ham p six ia trlar epilepsiyaning so'nggi
bosqichlarida tutqanoq xurujlari o'rnini ruhiyatning buzilishlari egallaydi,
deb aytishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |