Miyadan ketraaydigan fikrlar
Nevrozning bu turi qadimdan m a’lum bo'lib, bu kasallik psixoasteniya
deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini fransuz olimi Per Jane taklif
qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi
ekanligini aytgan.
Agar tarixga bir nazar tashlaydigan bo'lsak nevrasteniya, isteriya va
psixasteniyaning klinik belgilari to'g'risida Sharq olimlari (ayniqsa, Ibn
Sino) risolalarida k o'p bor eslatib o'tilgan. Bir necha asrlardan so'ng
deyarli barcha kasalliklar singari nevroz va psixasteniyalar ham Yevropa
olimlari tomonidan sistemalashtirildi, ularga nom berildi va tasniflari
yaratildi. Shuning uchun bo'lsa kerak, biz Yevropa olimlari tomonidan
yaratilgan darsliklarda Sharq (Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron, Iroq va h.k)
olimlarining nomlarini juda kam uchratamiz.
244
Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, uning
uchun psixastenik belgilar xosdir, ya’ni doimiy shubha, qo'rquv, miyaga
azob beruvchi tasaw urlar va g'oyalar, turli harakatlar va intilishlar. Bemor
bu fikrlaming barchasidan qutulishga harakat qiladi, davo choralarini
izlaydi, lekin bu urinishlar, ko'pincha, zoye ketadi, uni miyaga o'rnashib
qolgan fikrlar qiynayveradi. Miyadan ketmaydigan fikrlaming doimiyligi,
takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o 'ta qiyinligi bemomi qiyin
ahvolga solib qo'yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan
qaraydi, ularning asosli emasligi va g'alati ekanligini tushunadi, ularga
bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning xohish-irodasiga bog'liq
bo'lm agan holda paydo bo'laveradi. Bemor ularni mustaqil ravishda
yenga olmaydi.
Miyadan ketmaydigan fikrlaming yaqqol klinik ko'rinishlari, bular
qo‘rquv (fobiyalar) va miyaga o'rnashgan turli g‘oyalardir (obsessiyalar).
Fobiya xayoldan ketmaydigan qo'rquvdir. Uning quyidagi turlari farq
qilinadi:
kanserofobiya
- rakka chalinib qolishdan qo'rqish;
kardiofobiya -
tuzatib bo'lm aydigan yurak kasaliga chalinishdan
qo'rqish;
lisofobiya
- ruhiy xastalikka chalinishdan qo'rqish;
klaustrofobiya
- yopiq joydan qo'rqish (masalan, lift kabinasi, kichik
xona);
agarofobiya
- aksincha, ochiq joylardan qo'rqish va hokazo.
Balandlik, metroda yurish, biror yuqumli kasallik yuqib qolishi, iflos
bo'lish va odamlar oldida so'zga chiqishdan qo'rqish kabi simptomlar
ham fobiyalar uchun xosdir.
Dastlabki qo'rquv muayyan vaziyatlarda paydo bo'ladi va u miyaga
o'rnashib qoladi. Masalan, bemor hamma yoqni ko'rish uchun tomga
chiqadi va pastga qaragan zahoti qattiq qo'rqib ketadi, boshi aylanadi, u
go'yo pastga qulab tushayotgandek xavfsiraydi. Buning oqibatida bemorda
balandlikdan qo'rqish miyaga o'rnashib qoladi va keyinchalik u boshqa
vaziyatlarda ham paydo bo'laveradi. D astlab q o'rq u v balandlikka
ko'tarilish kerak bo'lganda, so'ng esa balandlikka ko'tarilish ehtimoli bo'lsa
va ana shu balandlikka ko'tarilish kerak, degan xayolga borganda paydo
bo'ladi. Bemorda balandlikdan q o 'rq ad ig a n vaziyatlar borgan sari
ko'payadi. Endilikda u liftda yurish va derazadan qarashdan qo'rqadi, u
hatto balandlik uncha katta bo'lmaganda ham cho'chib tushadi.
Fobiyalar paydo bo'lganda vegetativ simptomlar ham namoyon bo'ladi
- bemorning yuzi qizaradi yoki rangi o'chadi, og'zi quriydi, yuragi tez-
tez uradi, arterial bosim oshib ketadi, ter bosadi, ko'z qorachiqlari
kengayadi va hokazo.
245
Birorta og‘ir ichki a ’zolar kasalligi paydo bo'lishidan qo'rqish,
odatda, psixosomatik simptomlar bilan birga kechadi, y a’ni bemor
salomatligiga haddan ortiq e’tibor beradi. M asalan, kardiofobiyada
yurak urishini eshitib turadi, tomir urishini sanaydi yoki arterial qon
bosimini o ‘lchayveradi, har safar yuragi n o to ‘g‘ri ishlayotganidan
gumonsirab, terapevtdan EKG qilishini va puxta tekshiruv o‘tkazishini
iltimos qiladi.
Kasallik xuruji qo‘zg‘alib qolishidan qo‘rqqan aksariyat bemorlar
yo‘lda odam lar bor joydan yuradilar, tibbiyot muassasalariga yaqin
bo'lgan yo'lni tanlaydilar, yo'l-yo'lakay dorixonaga kirib turadilar, u
yerda yurak dorilari va tibbiy xodimlar borligini ko'rib tinchlanadilar.
Obsessiyalar bu miyadan ketmaydigan shubhali xayollar, fikrlar
bo‘lib, ketma-ket yog'ilib kelaveradi. Ular bemorning xohish-irodasiga
bog'liq bo'lmagan holda quyilib kelaveradi va unga og'ir botadi, aslida
yoqmaydi va ulardan vrach yordamisiz qutula olmaydi.
M iyada o'rnashib qolgan fikrlar bem orlarni uyidan chiqa turib,
«Eshikni qulfladimmi, olovni o'chirdimmi, suvni berkitdimmi?» kabi
xayollar bezovta qilaveradi. Uyga qaytib kirib, qayta tekshiradi, hammasi
tinchligiga ishonch hosil qiladi va yana ko'chaga qaytib chiqadi. Uydan
biroz uzoqlashgandan so'ng yana haligi fikrlar yog'ilib kelaveradi va
yana uyiga qaytadi. Siqilib ketganidan yig'lab yuboradi, hech qayoqqa
chiqmay qo'yadi. O'zida kechayotgan bu alomatlarga, albatta, bemor
tanqidiy ko'z bilan qaraydi va ulardan qutulishni istaydi, lekin hech
buning ilojini topa olmaydi.
Ba’zan bemorda mantiqan bir-biriga zid xayollar paydo bo'ladi.
Masalan, yaqinlashib kelayotgan mashina tagiga o'zini tashlash istagi
paydo bo'ladi-yu, mashina yaqinlashganda, birdan qo'rqib ketib, orqaga
tisariladi. Ba’zi bemorlarning miyasiga o'ziga yoki boshqa birovga pichoq
sanchishdek fikrlar keladi va shu ishni qilib qo'ymay deb pichoqqa yaqin
borishmaydi yoki uni berkitib qo'yishadi.
M iyadan ketmaydigan fikrlar nevrozi o 'z vaqtida davolanganda
barham topadi. B a’zi hollarda esa bir necha oy va hatto, bir necha
yillargacha cho'zilib ketishi mumkin. Remissiya bilan kuzatiladigan xom
xayollar ham bo'ladi, ya’ni bemor bir necha oy yaxshi yuradi, so'ng
miyadan ketmaydigan fikrlar yana paydo bo'ladi.
Nevrasteniya va isterik nevrozdan farqli o'laroq, miyadan ketmaydigan
fikrlar surunkali kechishga moyil bo'ladi. Aksariyat bemorlar tuzalib
ketganidan so'ng ham xursand bo'lish o'rniga, yana o'sha kasallik
belgilari qachon paydo bo'lishini kutib yashashadi.
246
13.2. D epressiya
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti m a’lumotlariga ko‘ra yer sharida
depressiya bilan ro'yxatga olinganlar soni 160.000.000 dan oshgan. Biroq,
aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har uch
bem orning biri vrach nazoratida tu ra d i, xolos. Boshqa bir guruh
mutaxassislarning fikricha esa depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash
mushkul, chunki u turli klinik k o 'rinishda namoyon bo'lm oqda va
hammavaqt ham tashxis to'g'ri aniqlanayotgani yo'q. Chunki depressiya
bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham psixiatr yoki psixologlarga
murojaat qilishmaydi. Yevropa davlatlari mutaxassislarining ma’lumotlariga
ko'ra depressiyada somatik buzilishlar ko'p uchragani sababli bemorlarning
deyarli 80 foizi umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qilishadi. Biroq, ular
tomondan 5 foiz holatlardagina «depressiya» tashxisi to'g'ri aniqlanadi.
Boshqa bemorlar turli tashxislar bilan turli mutaxassislarga davolanib
yurishadi. Kasallik avj olib, bemor og'ir depressiya holatiga tushgandan so'ng
ular psixiatr yoki psixologga yuboriladi.
Depressiyaning takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan klinik belgilarining
kuchayib turishi va surunkali kechishi bu kasallik bilan o g 'rig an
bemorlarni doimiy nazoratga olishni taqozo etadi.
Iqtisodiy jihatdan olganda ham depressiya «eng qimmat kasalliklardan»
biridir. Masalan, AQSh da depressiyani davolash bilan bog'liq bo'lgan
sarf-xarajatlar yiliga 48 mlrd. dollarga tengdir. Taqqoslash uchun: yurak
qon-tomir kasalliklarini davolashga 43, o'pka kasalliklarini davolashga
18 mlrd. dollar sarf qilinadi.
Barcha tibbiy kasalliklar ichida depressiyaning tarqalish darajasi 22-33
foizga teng b o 'lib , eng k o 'p tarq a lg an kasallik bo'lm ish arterial
gipertenziyadan oshib ketadi (W. K aton, M. Sulliven, 2006).
Depressiya rivojlangan davlatlarda k o 'p uchragani uchun uning
shakllanishida ijtimoiy omillarda ham e ’tibor berishadi. XXI a s r - stress
asri deyilmoqda. Bu asr deyarli barcha davlatlarda kuchli ijtimoiy-
in q ilo b iy b u rilis h la r bilan b o sh la n d i. A k sa riy a t m u ta x a ssisla r
depressiyaning tarqalish darajasi davlatning egallab turgan iqtisodiy-
ijtimoiy maqomiga bog'liq emas, deb hisoblashadi, boshqa birlari esa
m am lak atn in g ijtim oiy-iqtisodiy ah v o li depressiyaning tarq alish
darajasiga ta ’sir ko'rsatadi, deyishadi. Biroq, tan olish lozimki, hayot
tarzining keskin o'zgarib borishi, vaqtning doimo tig'izligi, jamiyatdan
orqada qolm aslik, individuumga ta lab larn in g kundan-kunga oshib
b o rish i,
tu rm u sh n in g
po ygaga
o 'x s h a b
b o ra y o tg a n lig i,
muvaffaqiyatsizliklardan qo'rqib yashash kabi vaziyatlar ham depressiya
shakllanishiga turtki bo'ladi.
247
D epressiya bilan o g ‘rig an lar soni va u lar orasida joniga qasd
qilayotganlarning yildan-yilga k o ‘payib borishi bu kasallikning katta
tibbiy-ijtimoiy muammoga aylanganini k o ‘rsatadi. Aksariyat xorij
davlatlarida bu m uam m oning yechimini sam arali hal qilish uchun
umumiy amaliyot shifokorlari depressiya bo'yicha maxsus dasturlar orqali
o'qitilib, bemorlarga yordam ko‘rsatish usullari o'rgatilmoqda. Y a’ni
umumiy amaliyot shifokori depressiyani aniqlashi va uni mutaxassisga
jo‘natishi, mutaxassis tavsiyalari bilan tanishib chiqqan holda bemorni
nazoratga olishi va davolash jarayonida faol ishtirok etishi lozim.
Diplomga ega tibbiy psixolog xuddi psixiatr kabi depressiyaning og‘ir
turlarini o'zi mustaqil davolashga haqlidir.
D epressiya insonning yashash tarziga salbiy t a ’sir k o 'rsa ta d i,
bemorning atrof-m uhitga moslashuvini susaytiradi, odam lar bilan
munosabatini m urakkablashtiradi. Depressiya - surunkali kechuvchi
patologik holat bo'lib, aksariyat hollarda, somatik buzilishlar bilan
namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |