Zoloft (sertralin)
depressiya va obsessiv-kompulsiv buzilishlarni
davolashda keng qo‘llaniladi. Zoloft organizmga xolinolitik, kardiotokci k
va sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi va uni barcha yoshdagi bemorlarga tavsiya
qilish mumkin, shu jumladan, o ‘smirlarga ham. Dori timoanaleptik va
yengil stimullovchi ta ’sirga ega. Dori bir haftadan so‘ng ta ’sir qila
boshlaydi, biroq aniq ta ’siri 3-4, b a ’zan 6-8 haftalarda seziladi. Zoloft
depressiyaning barcha turlarini davolashda ishlatiladi. Zoloft kam
miqdorda (kundalik dozasi 50-100 mg) profilaktik maqsadda rekurrent
depressiyalarda, obsessiv-kompulsiv buzilishlarda esa kuniga 150-200 mg.
dan 2-4 oy mobaynida buyuriladi. Zoloft 50 mg. dan tabletka ko'rinishida
ishlab chiqariladi.
Zoloft alkogol, karbam azepin, galoperidolning ta ’sirini kuchay-
tirmaydi. Yurak qon-tomir kasalliklari zoloftni tavsiya qilishga monelik
qilmaydi, shuning uchun ham uni infarktdan so ‘ng kuzatiladigan
xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda qo‘llash mumkin. Dorini uzoq
vaqt qabul qilish unga bog‘lanib qolishni chaqirmaydi hamda sedativ
ta ’sirining yqligi bemorning jismoniy va ruhiy faolligiga salbiy ta ’sir
ko'rsatmaydi.
Fevarin (fluvoksamin) 50 mg, 100 mg. li tabletkalarda ishlab chiqariladi.
Depressiya profilaktikasi va davolash uchun, ayniqsa, obsessiv-kompulsiv
buzilishlarda ko‘p ishlatiladi.
Fevarinni dastlab 50 mg yoki 100 mg miqdorida kechqurunlari kuniga
1 m ahaldan ichish tavsiya qilinadi.
Bem orning doriga b o 'lg a n
reaksiyasiga qarab dozasi sekin-asta oshiriladi. Aksariyat hollarda 100
mg. dan kuniga 1 mahal ichish depressiya belgilarini yo'qotish uchun
yetarlidir. Zaruratga qarab dorining kundalik miqdorini 300 mg. gacha
yetkazish mumkin. Fevarinning kundalik dozasi 150 mg. dan ortiq ichilishi
lozim boisa, uni 2 yoki 3 mahalga bo'lib berish tavsiya qilinadi. Masalan,
ertalab 50 mg, kechqurun 100 mg yoki 50 mg. dan 3 mahal. Jahon sog'liqni
saqlash tasnkilotining ko'rsatm asiga k o 'ra antidepressantlar bilan
davolashni depressiya simptomlari to'la yo'qolgandan so'ng yana kamida
4-6 oy davom ettirish zarur. Qaytalanishining oldini olish uchun fevarin
kuniga 100 mg. dan kechqurun tavsiya etiladi.
Obsessiv-kompulsiv buzilishlarni davolash uchun dorining dastlabki
dozasi kuniga 50 mg. dan 3-4 kun beriladi. H ar 3-5 kundan so'ng
dorining dozasi oshirib boriladi va 100-300 mg. gacha yetkazilishi
255
mumkin. K attalar uchun esa uning kundalik yuqori dozasi 300 mg.
dan oshmasligi kerak.
Fevarinni 8 yoshdan so'ng tavsiya etish mumkin va uning dastlabki
kundalik dozasi 25 mg bo'lib, asta-sekin oshirib boriladi va zaruratga
qarab o'smirlar uchun 50-150 mg. ga yetkaziladi. Agar 100 mg. dan oshsa,
u 2-3 mahalga bo'lib beriladi.
D orining terapevtik dozasi vrach tom onidan individual tarzda
aniqlanadi va uni asossiz yuqori miqdorda berish mumkin emas. Shuning
uchun bemor doimo vrach nazoratida turishi zarur. Uning ta’siri 7 kundan
so'ng sezila boshlaydi, agar 10 hafta m obaynida ko'zlangan ijobiy
maqsadga erishilmasa, fevarin qabul qilishni to'xtatish zarur. Albatta,
psixofarm akoterapiya psixoterapiya bilan birgalikda olib borilsa,
ko'zlangan natijaga oldinroq erishish mumkin.
Fevarin tabletkasini chaynamasdan suv bilan ichish lozim.
Nojo‘ya ta ’sirlari: ko'ngil aynish, b a’zan qayd qilish (odatda, davo
la sh n in g d a stla b k i h a fta sid a k u z a tila d i), q a b z iy a t, an o rek siy a ,
dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi,
jig a r ferm en tla ri fao llash u v i. K am h o lla rd a u y q u ch an lik , bosh
aylanishi, bosh og'rig'i, uxlay olmaslik, xavotirga tushish, psixomotor
q o 'z g 'a lis h la r, vah im a, trem o r, ta x ik a rd iy a , terlash . B iroq, bu
b elg ilarn in g ak sa riy a ti depressiya uchun xos b o 'lg a n lig i uchun
fevarinni tavsiya qilishga m o n ’elik qilm aydi. Fevarinni to 's a td a n
to'xtatganda, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynish, vahimaga
tushish paydo bo'lishi mumkin.
Fevarin qariyalarga tavsiya qilinganda, oz miqdordan boshlanib,
dozasi sekin-asta oshirib boriladi.
Fevarinni tavsiya qilishga monelik qiluvchi h o latlar va alohida
ko'rsatmalar:
- MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda, tavsiya etilmaydi. Ulami
to'xtatgach, 2 haftadan so'ng fevarinni boshlash mumkin;
- 8 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- epilepsiya va tutqanoq xurujlari (zaruratga qarab tavsiya etiladi,
agar tutqanoq xurujlari kuzatilsa, dorini qabul qilish to'xtatiladi);
- jig a r va b u y rak yetishm ovchiligi (z a ru ra tg a q a ra b tav siy a
etilad i, agar jig a r ferm entlari faolligi oshsa, d o rin i q abu l qilish
to 'x ta tila d i);
- homilaga zararli ta ’siri aniqlanmagan bo'lsa-da, fevarin homilador
ayollarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi. Fluvoksamin ko'krak suti
orqali oz miqdorda ajralib chiqishi mumkin, shuning uchun laktatsiya
davrida buyurilmaydi;
- fevarin qabul qilayotganda spirtli ichimliklar ichish man etiladi;
256
- yallig'lanishga qarshi nosteroid dorilar va aspirin qabul qilib yurgan
hamda anamnezida qon ketishga moyilligi bor bemorlarga ham fevarin
ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi.
Fevarinni kuniga 150 mg. gacha miqdorda qabul qilish bemorning
avtomobil haydashi va zavodlarda turli mashinalar bilan ishlashida xavfli
vaziyat keltirib chiqarmaydi.
Reksetin (paroksetin) 20 mg.li tabletkalarda ishlab chiqariladi.
Reksetin depressiyaning barcha turlarida tavsiya qilinadi, shu jumladan,
xavotir-depressiv va obsessiv-kompulsiv buzilishlar, fobik sindromlar, turli
jarohatlardan keyingi stress holatlari va h.k. Reksetinning dastlabki
kundalik dozasi 20 mg. D orining ta ’siri sekin-asta nam oyon b o 'la
boshlaydi. Dorining dozasi har haftada 10 mg. ga oshirib boriladi, tavsiya
qilish mumkin bo'lgan eng yuqori doza kuniga 60 mg.
Depressiya belgilari yo'qolgandan so'ng ham reksetinni kuniga 20
mg. dan 4-6 oy m obaynida qabul qilish tavsiya etiladi. Dori qabul
qilishni to'satdan to'xtatib qo'yish mumkin emas, buning uchun uning
dozasini asta-sekin kamaytira borish lozim. Reksetin kuniga 1 mahal,
odatda, ertalab ovqat paytida qabul qilinadi va chaynamay yutiladi.
Ojiz bemorlar va qariyalar uchun dorining dastlabki dozasi kuniga 10
mg bo'lishi kerak. Bemorning ahvoliga qarab, dorining dozasi har
haftada 10 mg. ga oshirib boriladi. M asalan, dorining kundalik dozasini
40 mg. ga yetkazish uchun 4 hafta zarur bo'ladi. Reksetinning kundalik
dozasi asossiz oshirilmasligi kerak va kutilgan natijaga erishilsa, kam
miqdorda berib boriladi.
Nojo‘ya t a ’sirlari: k o'n g il aynish, b a ’zan qayd qilish (o d atd a,
davolashning dastlabki haftasida kuzatiladi), qabziyat, anoreksiya,
dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi, jigar
fermentlari faollashuvi. Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh
o g 'rig 'i, uxlay olmaslik, xavotir bo'lish, psixomotor qo'zg 'alish lar,
tutqanoq xurujlari, tremor, taxikardiya, arterial qon bosimning o'zgarib
turishi, sinkope, somnambuliya, libidoning o'zgarishi, siyishga qiynalish,
terlash, k o'rish qobiliyatining buzilishi, o 'tk ir glaukoma xurujlari,
bronxospazm, angionevrotik shish, qichima.
Monelik qiluvchi holatlar:
- MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda tavsiya etilmaydi. Ularni
to'xtatgach, 2 haftadan so'ng reksetinni qabul qilish tavsiya etiladi;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo'lgan davr;
- epilepsiya, glaukoma, jigar va buyrak funksiyalari yetishmovchiligida
ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi;
- yurak qon-tomir faoliyatining buzilishlari;
257
- peroral antikoagulyantlar va neyroleptiklar bilan birgalikda qabul
qilinmaydi;
- davolanishning dastlabki haftasida suitsidal fikrlarni kuchaytirib
yuborishi mumkin;
- spirtli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi;
- davolanishning dastlabki davrida avtom obil haydash tavsiya
etilmaydi.
Fluoksetin (sinonimlari: prozak, portal, fluval, prodel) 20 mg. li
tabletkalarda ishlab chiqariladi. Depressiyaning barcha turlarida tavsiya
qilinadi, shu jum ladan, obsessiv-kompulsiv buzilishlar, bulimiyalar,
fobiyalarda samarali antidepressantdir. Sedativ ta’sirga ega emas. O'rtacha
terapevtik dozasi yurak qon-tomir sistemasi faoliyatiga nojo‘ya ta ’sir
ko‘rsatmaydi. Dastlab 20 mg. dan kunning birinchi yarmida bir mahal
ichish tavsiya qilinadi. Dorining keyingi dozasi 3-4 hafta o'tgach oshirib
boriladi va kuniga 2-3 mahal qabul qilish buyuriladi. Fluoksetinning
eng yuqori kundalik dozasi 80 mg. gacha.
Nojo‘ya ta’sirlari: yengil xavotir va uyquchanlik, tremor, bosh og'rig'i,
uyqu buzilishi, ko'ngil aynishi, diareya, terlash, gipoglikemiya, libidoning
pasayishi, toshmalar toshishi, qichima, artralgiyalar.
Monelik qiluvchi holatlar: glaukoma, siydik pufagi atoniyasi, buyrak
funksiyasining buzilishi, prostata giperplaziyasi, MAO ingibitorlari bilan
birga tavsiya qilmaslik, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, homiladorlik,
laktatsiya. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichish mumkin emas.
Fluoksetin qabul qilishning dastlabki haftalarida avtomobil haydash
va aniq mexanizmli mashinalarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Mutaxassislar fikricha, depressiyani aniqlash qiyinchilik tug'dirmaydi,
qiyinchilik uni davolash bilan bog'liqdir. Umumiy amaliyot shifokorlari
somatik, vegetativ va nevrotik buzilishlar bilan kechuvchi depressiyalarni,
ya’ni niqoblangan depressiyalarni to 'g 'ri aniqlay olishlari zarur. Biroq
ham mavaqt ham buning uddasidan chiqilmaydi, chunki niqoblangan
depressiyani umumiy tibbiyot yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan barcha
mutaxassislar ham o'z vaqtida aniqlayvermaydi. Ba’zan tashxisni to'g'ri
aniqlash uchun bir necha oylar ketadi. Turli m a’lumotlarga ko'ra 10-55
foiz holatlard;igina to 'g 'ri tashxis aniqlanadi va ularning 13 foiziga
antidepressantlar tavsiya etiladi (D. Mischoulon yet al., 2001). Aksariyat
m utaxassislar buning asosiy sababi vrachlarning depressiya klinik
ko'rinishlarini mukammal bilmasligi va to'g 'ri baholay olmasligi, deb
hisoblashmoqda.
Xulosa qilib aytganda, depressiya bilan tibbiyot sohasida faoliyat
ko'rsatuvchi barcha mutaxassislar ro'baro' kelishi mumkin. Tibbiyot oliy
o'quv yurtlarining barcha fakultetlari, shu jum ladan, oliy m a’lumotli
258
hamshiralar tayyorlash fakultetida ham «Tibbiy psixologiya» fani chuqur
o 'rg a tila d i. D em ak, h a m sh iralard an to rtib , um um iy am aliy o t
shifokorlarining barchasi eng ko'p tarqalgan va yildan-yilga kpayib
borayotgan depressiya kasalligi belgilaridan voqif bo'lishlari va tashxisni
to'g'ri aniqlay olishlari lozim. Albatta, davolash jarayonida muammolar
paydo bo'lishi mumkin. Agar suitsidal fikrlar yoki urinishlar paydo
bo'lgan bem orlar m u ro jaat qilishsa, to r m utaxassislarga (psixiatr,
psixolog) ko'rinishini tavsiya qilish zarur. Depressiyaning yengil, ayniqsa,
somatik buzilishlari namoyon bo'lgan turlari bilan murojaat qilgan
bemorlarni esa umumiy amaliyot shifokori ham psixolog maslahatidan
keyin davolashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |