Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

X I I I BO B.
N E V R O Z L A R VA D E P R E S S IY A
N e v r o z b u
-
k a sa llik emas,
b a ik i n o to 'g 'r i h a y o t tarzidir.
Alfred Adler
13.1. N evrozlar
«Nevroz»
atamasi 1776-yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan 
taklif qilingan. 0 ‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta ’rif berilgan: bu 
kasallikda tana harorati k o ‘tarilmaydi, biron-bir a ’zo zararlanmaydi, 
tanada lat yegan joylar bo'lmaydi, biroq bemoming asabi buzilgan bo'ladi. 
Keyinchalik nevrozga turlicha ta ’riflar berildi va uning bir qancha 
tasniflari yaratildi.
Barcha asab kasalliklari 
organik
va 
funksional
kasalliklarga ajratildi. 
Nerv to'qimalarida morfologik o'zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarga 
organik
, asab tizimining faq at funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi 
kasalliklarga 
funksional kasalliklar
deb nom berildi. Hozirgi kunda tibbiy 
am aliyotda nevrozlarga asab tizimining funksional kasalligi sifatida 
qaraladi. Ba’zi olimlar bu fikrga qo'shilmaydi va nevrozlarda aniqlangan 
turli metabolik va yengil organik buzilishlarni misol qilib ko'rsatishadi, 
ya’ni ularning fikricha, organik simptomlar nevrozlar uchun ham xos. 
Biroq, bu organik va m etabolik buzilishlar nevroz sababli paydo 
bo'Iganmi yoki avval o'tkazilgan kasallik asoratimi, bunga aniq javob 
berish ancha mushkul.
Shunday qilib. nevrozga qanday ta ’rif berish mumkin? Nevroz asab 
tizimining funksional kasalligi bo'lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi 
tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz psixogen 
kasallikdir. Nevrozda aniq ko'ringan morfologik buzilishlar bo'lmasa- 
da, uning aksariyat turlarida vegetativ-trofik o'zgarishlar kuzatiladi. 
Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan q a t’i nazar, 
bemorlarni natijali davolash mumkin. Biroq, bu davolash jarayoni b a’zan 
uzoq davom etadi.
Nevrozning uchta turi farqlanadi: 
nevrasteniya (tom m a ’noda nevroz),
isteriya, miyadan ketmaydigan fikrlar.
N evrasteniya
Nevrasteniya (grekchadan 
«neuron»-
nerv, 
«astenia» - z
aiflik) 
asabning
za iflig i
degan m a’noni anglatadi. N evrasteniya asabning ortiqcha 
zo 'riq ish id an kelib chiqadi. Asabi tor odam lar nevrasteniyaga tez
238


chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy 
hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo'lish, oiladagi va ishxonadagi 
kelishmovchiliklar, doimiy qo'rquv va xavotir nevrasteniyaga sabab 
bo'lishi mumkin. N evrasteniyaning oila a ’zolarida uchrashi uning 
rivojlanishida nasliy omillar borligini ham ko'rsatib beradi. Yosh bolalarda 
nevrasteniyaning rivojlanishiga uni o'rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona 
orasidagi janjallar sabab bo'ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari 
ham bundan mustasno emas.
N evrasteniya n a fa q a t ja h ld o r o d am lard a, balki o 'ta an d ish ali 
odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odamlar janjal 
chiqqanda hissiyotga z o 'r bermaslikka va o'zini boshqarib turishga 
harakat qilishadi, birovning ko'nglini og'ritib qo'yishsa, aziyat chekishadi. 
Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sabab 
bo'ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, surunkali va 
og'ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib keladi.
N evrasteniyaning klinikasi turli-tum an bo'lib, ular ichida tez-tez 
asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og'rishi, bosh aylanishi, 
umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy 
m ehnatga qobiliyatning pasayishi kabi simptomlar ko'p kuzatiladi. 
Nevrozning asosiy simptomlariga psevdonevrologik sindromlar bobida 
batafsil ta ’rif berganligimiz uchun bu yerda ular haqida to'xtahnadik.
Nevrasteniya, davolash muddati va natijasi ko'proq uning to 'g 'ri olib 
borilishiga bog'liq. Davolashni boshlashdan oldin nevrasteniyaga olib 
keluvchi sabablar aniqlanishi va ular iloji boricha bartaraf qilinishi kerak. 
Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni 
davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi 
hollarda nevrasteniyaning sababini aniqlash va ularni yo'qotish ancha 
mushkul bo'ladi.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam 
olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish
teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi.
Nevrasteniyani davolash uchun ju d a k o 'p dori-darmonlar mavjud. 
Lekin ularga individual tarzda yondashish kerak. Bu maqsadda turli 
trankvilizatorlar, sedativ dorilar va psixostimulyatorlardan foydalaniladi. 
Lekin nevrasteniyani davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli 
sedativ ta ’sirga ega bo'lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga 
tavsiya qilib bo'lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, yaxshi natijaga 
erishib bo'lmaydi. Shuning uchun kuchli tinchlantiruvehi ta ’sirga ega va 
n ojo'ya ta ’siri kam bo'lgan dorilardan foydalaniladi. Psixosomatik 
sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixodinamik terapiya nevrozlarni 
davolashda ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, bemorlarga umumiy
239


massaj, igna bilan davolash, ertalabki gimnastika va sportning o'ziga 
m a’qul turlari bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir m arta 
sihatgohlarda dam olib turish ham o 'ta foydalidir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish