R uhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko'ngil
aynish, qayt qilish, ich ketish, qorinda og'riqlar)
G ippokrat davridan
buyon m a ’lum. Tanada kechadigan h ar qanday jarayon miya ishtirokisiz
bo'lmasligi Gippokrat, Galen va D ekart asarlarida qayd qilingan. Galen
va Ibn Sino «qora o'tning» o 't pufagida ko'payib ketishi ipoxondriyaga
olib kelishini aytib o'tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida oshqozon-
ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni
davolash usullari haqida yozib qoldirgan.
H o zirg i d av rd a o 't k ir va s u ru n k a li asab b u z ilis h la rid a n s o 'n g
rivoj lanadigan oshqozon-ichak sohasidagi buzilishlarga ta ’rif berish uchun
turli atam alar taklif qilingan: «abdom inal ipoxondriya», «abdom inal
depressiya», «psixogen gastrointestinal sindrom», «somatogen depressiya»
va hokazo. Lekin shuni alohida t a ’kidlash lozimki, agar yurak va nafas
o lish siste m a la rin in g p six o g en b u z ilis h la rid a b e m o rla r n is b a ta n
nevropatologga ko 'p ro q m urojaat qilishsa, oshqozon-ichak kasalliklari
to'g'risida bunday xulosa qilish jud a qiyin. Negaki,
aksariyat bem orlar
(h atto d o k torlar ham ) oshqozon-ichak sistemasi faoliyati buzilganda
nevropatolog yoki psixologga m u ro ja a t qilishm aydi. Buni tushunish
mumkin, albatta, chunki odam larning tasavvurida «oshqozon m iyadan
uzoqda joylashgan va ularning bir-biriga aloqasi yo'q». O 'tg an asrning
boshlarida m ashhur nevrolog o lim lard an biri (Shtryum pel A., 1902)
«Dispepsiyalaming 70 foizi hissiy zo'riqishga bo'g'liq», degan edi. Ovqat
hazm qilishning funksional buzilishlari, abdominalgiyalar, umumiy holsizlik,
ishtahaning pasayishi kabi simptomlar, xuddi bosh og'rig'i va bosh aylanishi
kabi nevrasteniyaning asosiy simptomlaridir (Silverberg M., 2002).
O 'tk ir yoki doimiy ruhiy jaro h atlar, jinsiy m uam m olar, qattiq qo'rquv
kabi omillar oshqozon-ichak faoliyatining funksional
buzilishlariga olib
kelishi m um kin. B unday p a y tla rd a m u ta x a ssisla r « g a stro in te stin al
beqarorlik» haqida so'z yuritishadi. Bu toifa odam larda ruhiy siqilishlar
paytida, albatta, oshqozon-ichak faoliyati buziladi, biroq bosh og'rig 'i,
bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi kabi sim ptom lar kuzatilm asligi
mumkin. Shuning uchun ham ipoxondriyada o 't yo'llari diskineziyasi,
doimiy anoreksiya (ular
ovqatni qorni ochganda emas, soatga q a ra b
y ey ish adi), q a b z iy a t y oki d ia re y a k o 'p u c h ra y d i. Bu s im p to m la r
bemorning kayfiyatiga qarab, goh kuchayib, goh pasayib turadi. Aynan
a n a shu b e m o rla r te r a p e v tik m u o la ja la r u z o q v a q t y o rd a m
berm aganligidan tabiblarga m u ro jaat qilishadi.
Bem orlarning tabiblar
va a n tiq a d a v o la s h u s u lla rig a b o 'l g a n q iz iq is h i s a b a b la r in i biz
«Deontologiya» bo'lim ida yoritganmiz.
O sh q o z o n -ic h a k siste m a sin in g p six o g en b u z ilish la ri
Download
Do'stlaringiz bilan baham: