N azorat uchun savollar
1. Tibbiyot psixologiyasi qanday fan?
2. «Avesto» kitobi haqida so‘zlab bering.
3. Gippokrat Platon, Arestotel, Galenning psixologiya faniga qo‘shgan
hissasi haqida so'zlab bering.
4. Abu Bakr ar-Roziyning tibbiyot faniga qo'shgan hissasi haqida so‘zlab
bering.
5. Abu Ali ibn Sinoning ishlari haqida so'zlab bering.
6
. Ismoil Jurjoniy haqida so'zlab bering.
7. Yevropada turg'unlik va Uyg'onish davrlari qachon bo'lgan?
8
. Dekart reflektor munosabatlami qanday tushungan?
9. Zigmund Freyd haqida nimalar bilasiz?
10. O'zbekistonda tibbiyot psixologiyasi fanining rivojlanishi haqida
so'zlab bering
11. Ruhiy faoliyatning reflektor tarzda boshqarilishi qanday kechadi?
12. Giperaktiv sindrom nima?
13. Analizatorlar haqida so'zlab bering.
14. Funksional bloklarga ta’rif bering.
15. Asab tizimining filogenezi va ontogenezi to'g'risida nimalami bilasiz?
16. Miyaning funksional sistemasi haqida so'zlab bering.
45
B a r c h a r u h iy k u c h la r n in g m a n b a i m iy a d ir .
Abu Ali ibn Sino
II BOB.
N E Y R O P S IX O L O G IY A A S O S L A R I
2.1. Neyropsixologiya fani haqida tushuncha va uning
qisqacha tarixi
Neyropsixologiya fani miya va psixologik jarayonlar orasidagi o'zaro
munosabatlami, bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy ruhiy
funksiyalarning buzilishlarini o ‘rganuvchi fandir. Neyropsixologiya
psixologiya, fiziologiya va nevrologiya fanlarining yutuqlariga tayangan
holda XX asrning 40-yillarida alohida fan sifatida shakllana boshladi.
Lekin dastlabki neyropsixologik tekshiruvlar o'tgan asrning boshlarida
o'tkazila boshlangan. Bu davrda neyropsixologiyaning rivojlanishiga
G.Xed, K.Goldshteyn, K.Kleyst, U.Penfild, M.Gazzaniga, X.Lipmann,
G.Jasper kabi olimlar katta hissa qo'shdilar. Lekin dastlab alohida fan
bo'lib shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan olim, uning asoschilaridan
biri akademik
Aleksandr Romanovich Luriyadir
(1902-1977).
Neyropsixologiya fani quyidagi masalalami o'rganadi:
1
) psixologik sistemalar ta ’limoti;
2
) oliy ruhiy funksiyalarning shakllanish qonuniyatlari va ularning
dinamik joylashuvi;
3) bosh miya k atta yarim sharlarining spetsifik funksiyalari yoki
funksional asimmetriya ta ’limoti;
4)
neyropsixologik
b u zilish larn in g
sindromolik tahlili;
5) topografik diagnostika usullari (Luriya
usullari);
6
) neyropsixologik korreksiya usullari va
hokazo.
Bugungi kunda neyropsixologiya fanining
vazifalari biroz boshqacha talqin qilinadi. O'z
ilmiy yo'nalishlarini y o 'q o tm ag an holda,
neyropsixologiya fani tibbiy amaliyotga keskin
kirib keldi. Neyropsixologlar jam iyati safi
nevrologlar hisobiga kengaydi. K o 'p g in a
tibbiy universitetlarda klinik neyropsixologiya
bo'lim lari (kafedralari) faoliyat k o 'rsa ta
boshladi. Mashhur klinik psixologlar - Judit
Luriya
(1 9 0 2 -1 9 7 7 )
46
P .B r o k
( 1 8 2 4 -1 8 8 0 )
Todd va A rtur K .Bogart (2001) neyropsi
xologiya fanini bosh miya zararlanishlarida
kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni
(xulq-atvor, shaxs va h.k.) o ‘rganuvchi fandir
ham da neyropsixologlar miya jaro hatlarin i
davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb
ta ’kidlashadi.
Bu fanning tarixiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, u bosh miya katta yarim sharlarining
p o ‘s tlo g ‘ida oliy ruhiy fu n k siy alarn in g
m a rk a z la rin i an iq lashga u rin ish la rd an
boshlangan. 1836-yili Fransiyaning kichik bir
shahrida tibbiy jam iyatning yig‘ilishlaridan
birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan
o 'zin in g ku zatuvlari to ‘g‘risida m a ’lum ot
berishga ru x sat so 'ra y d i. U ning n u tq id a
quyidagi jum lalar bor edi: «Men bosh miyaning
chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini
kuzatdim, lekin bosh miyaning o ‘ng yarim shari zararlangan bemorlarning
birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning
chap yarim shari nutq bilan bog'langan, ya’ni u yerda nutq markazlari
joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari
ham jav o b beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o ‘z m ulohazalarini
anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo‘lsa-da)
va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og‘zaki bergan
m a’lumoti tez orada unut bo'lib ketdi.
1861-yili yosh fransuz olimi P.Brok nutqi buzilgan va tanasining o'ng
tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi.
Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim shaming pastki
peshona pushtasining orqa qism ida infarkt o 'ch o g 'i aniqlanadi (bu
markaz hozirgi kunda Brok markazi deb ataladi). Bemor atrofdagilarning
gapiga tushunsa-da, o'zi gapira olmasdi. N u tq buzilishining bu turi
keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O 'sha davrdan boshlab bosh
miyada turli markazlami izlash k atta qiziqish bilan boshlanib ketadi.
Biroz vaqt o'tm ay, nemis psixiatri K.Vemike 1874-yili bosh miyaning
chap chakka bo 'lagining ustki p u sh tasi zara rlan g an d a ham nutq
buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi.
1876-yili Ferriyer chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk
itlarn in g ensa so h alari olib ta sh la n g a n d a « n a rsa la rn i k o 'rs a d a ,
tanimasligini», o'sha yili Eksner o 'rta peshona pushtasining orqa qismlari
zararlanganda yozishning buzilishini aniqlaydilar.
47
A lbatta, bu kashfiyotlar o ‘sha davrdagi
olim larni hayratga soladi, y a ’ni ular bosh
miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira,
tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu
davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan
oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z
«joy» degan m a’noni bildiradi.
1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga
qarsh i chiqib, bosh miya p o ‘stlo g ‘i
zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb
aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati
buzilishi natijasida nutq, narsalami tanish va
turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni
ilgari suradi. L okalizatsionchilar nuqtai
nazarin i
1864-1874-yillari
o 'zin in g
kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil
qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U
«Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish»
va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor
berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo'naltirilgan nutq buzilishi
mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan,
biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, ixtiyoriy holda
esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo'qotgan odam
so'zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so'zning anglanmagan
qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo'lgan
bem orning fikrlash jaray o n i biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga
qobiliyatli. D. Jekson «M aqsadga yo'naltirilgan nutq bosh miyaning
chap yarim shari, hissiy nutq o'ng yarim shari faoliyati bilan bog'liq»,
deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo'lib, markaziy asab tizimi funksiyalarming
murakkab tuzilishi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi.
D. Jekson fikriga ko'ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat:
«quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o'rta» (bosh miya po'stlog'ining
harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi).
«Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo
bo'ladi, balki ijobiy o'zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy»
markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o'z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga
m arkaziy piram idal y o 'lla r zara rla n g a n d a spinal reflek slarn in g
kuchayishini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |