35
Asab tizimining ontogenezi
Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh miyasining og'irligi 400 g atrofida
b o 'lib , ta n a o g 'irlig in in g 1/8 qism ini ta sh k il qiladi. G o 'd a k d a
po'stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan, pushtalar yirik-yirik, lekin
chuqurligi va balandligi uncha rivojlanmagan bo'ladi. To'qqiz oylarga
borib, miyaning dastlabki og'irligi ikki barobar oshadi.
2
yoshda bosh
miyaning og'irligi bola tug'ilgan davridagiga qaraganda bir necha barobar
kattalashadi. Bu jarayon, asosan, asab tolalarining miyelinlashuvi va
tug'ilgan zahotiyoq bosh miyada mavjud bo'lgan
2 0
mlrd. hujay-ralaming
kattalashuvi hisobiga kechadi.
Go'dakning miya to'qimasi hali takomillashmagan bo'ladi. Po'stloq
hujayralari, po'stloq osti tugunlari, piramidal yo'llar yaxshi rivojlanma
gan, kulrang va oq modda orasidagi aloqalar takomillashmagan bo'ladi.
Uning asab hujayralari bosh miyaning katta yarim sharlari yuzasi va oq
moddaning asosida to'planib joylashadi. Bosh miya kattalashgan sayin
asab hujayralari po'stloq tomonga siljib boradi. Bosh miya qon tomirlari
ham rivojlanib, takomillashib boradi.
G o 'd a k d a k a tta yarim sharlar p o 's tlo g 'in in g ensa qismi k atta
yoshdagilarnikiga qaraganda yirikroq bo'ladi. Bola o'sgan sayin yarim
sharlar pushtalari shakli va topografik joylashuvi o'zgarib boradi.
Ayniqsa, bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib, 15-16 yosh-
larga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilamikidan deyarli farq
qilmaydi. Yon qorinchalar bolalarda nisbatan keng va katta bo'ladi.
G o'daklarda ikkala yarim shami birlashtirib turuvchi targ'il tana nozik
va qisqa bo'ladi. Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ'il tana yo'g'on-
lashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa to'la shakllangan bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda miyacha sust rivojlangan, uzunchoq shaklga
ega, pushtalari va egatchalari sayoz, gorizontal holatda bo'lib, kranial
nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi.
Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan
tugallangan tuzilishga ega. Shuning uchun ham orqa miya go'd ak da
nisbatan takomillashgan, katta yoshdagilarnikiga qaraganda uzunroq
bo'ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda umurtqaga qaraganda orqada
qolib boradi. Orqa miyaning o'sishi 20 yoshgacha davom etadi. Bu davr
ichida uning og'irligi ham oshadi.
Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan, nerv
tolalari siyrak bo'lib, notekis taqsimlangan. Miyelinlanish jarayoni turli
nerv tolalarida turlicha kechadi. Kranial nervlaming miyelinlashuvi bir
yoshga yetib tugallanadi. Orqa miya nerv tolalari miyelinlashuvi 2-3
yoshgacha davom etadi. Vegetativ asab tizimi chaqaloq tug'ilganidan
36
boshlab fao liy at k o 'rs a ta boshlaydi. E m briogenezning d astlab k i
bosqichlarida asab tizimining turli bo'lim larida aniq takomillashgan
m ustahkam alo q alar paydo bo'ladiki, ular tu g ‘m a hayotiy muhim
funksiyalarning asosini tashkil qiladi. Bu funksiyalaming yig‘indisi bola
tug‘ilgach hayotga dastlabki moslashuvni ta ’minlab beradi (masalan, nafas
olish, emish, yurak urishi va h.k.).
O n togenetik riv o jlan ish ja ra y o n id a o d am n in g m iyasi kuchli
o‘zgarishlarga uchraydi. Anatomik jihatdan olganda, yangi tug'ilgan
chaqaloq miyasi bilan k atta yoshdagi odam ning miyasi bir-biridan
anchagina farq qiladi, chunki individual rivojlanish jarayonida yosh
o'tgan sayin miya tuzilmalari yetilib boradi. Hatto, morfologik jihatdan
yetilgan asab tizimida ham rivojlanishi yoki qayta paydo boMishi zarur
boMgan funksional sistemalar mavjuddir.
Bosh miya evolyutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo'nalishni
aniqlash mumkin. Bularning birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga o'ta
tayyor turishi. Bu yo'nalish tug'm a, instinktiv reaksiyalarning k atta
to'plamidan iborat boMib, organizm hayot kechirishi mobaynida har
qanday hodisalarga shay bo'lib turadi. Bular ovqatlanish, himoyalanish,
ko'payish mexanizmlari va boshqalar. Organizmni hamma narsaga o'rgatish
shart emas. Zero, u ba’zi qobiliyatlarga tug'ilganidan boshlab egadir.
Agar biz xulq-atvori g o'yoki avtom atlashib ketgan hasharotlar
dunyosidan sut emizuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak, boshqacha
holatga ko'zimiz tushadi, ya’ni xulq-atvorning tug'ma, instinktiv turlari
maqsadga yo'naltirilgan, shaxsiy tajribaga asoslangan xatti-harakatlarga
qo'shilib ketganini ko'ramiz. Sut emizuvchilar xatti-harakatida izlanish,
o'zi turgan muhitini topish kabi xususiyatlarning shohidi bo'lam iz.
Hayot kechirishning bunday turi uchun takomillashgan miya kerakligi
o'z-o'zidan ayon, albatta.
Ammo asosiy gap m iy an in g h ajm id ag in a em as, balki uning
funksiyasidadir. Evolyutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xatti-
harakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa bosh miya katta
yarim sharlari po‘stlog'i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel
holda kuzatiladi.
Barcha funksiyalarni p o'stlo q o'ziga «tortib» olishi uning tak o
millashib borishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Shu bilan birga dunyoni
anglab borish, o'rganish, po'stloqning m a’lumotlar bilan to'lib borish
jarayoni, asosan, bolalik davriga to 'g 'ri kelar ekan. Go'daklik davridan
yetuk, barkamol yoshgacha bo'lgan davr har bir individ uchun uzoq
masofa hisoblanadi.
G o'dak, ulg'ayib, asta-sekin hayotga moslashib oladi. X o'sh, bu
jarayon qanday kechadi? Nima qilsa, xatoga yoM qo'yilmaydi? Shaxsning
37
uyg'un, ijodkor bo'lib rivojlanishi uchun nimalar zarur? Ba’zi olimlarning
fikricha, hammasi tarbiyaga bog'liq. G o'dakning miyasini yozilmagan
daftarga o'xshatish mumkin. Daftaming tashqi ko'rinishi boshqalaridan
farq qilmasada, har bir nusxasi va sahifasining o'ziga xos xususiyatlari bor.
Bitta varag'iga yozilgan matn ikkinchisida takrorlanmaydi. Yozuvchi
daftami nima bilan to'ldirsa, keyinchalik shu yozuvni o'qiydi. Demak, oppoq
varaqlami qanday to'ldirish, nima bilan to'ldirish o'zimizga bog'liq. Balki
inson miyasini oddiy daftar bilan taqqoslash noto'g'ridir, chunki inson miyasi
ma’lumotlami faqat «o'lik», «jonsiz» holatda o'zida saqlaydigan daftar emas.
U ma’lumotlami faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar chiqaradigan, ijodiy
fikrlay oladigan katta bir jonli, harakatdagi sistemadir.
Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo'lib o'sishiga ta ’sir
qiluvchi sabablar uni o 'ra b turgan m uhitga k o 'p jih atdan bog'liq.
Bolaning oldida turgan muammolar yechimini to'g'ri topishga ko'm ak-
lashish, uning xulq-atvorini to'g'ri shakllantirib borish katta ahamiyatga
molikdir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |