Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Muallif
4


I BOB.
TIBBIYO T PSIXO LO G IYASI FA NI, VAZIFALARI
VA Q ISQ A C H A TARIXI. M IYA VA RU H IY
JAR AY O N LA R
Barcha san ’atlar ichida eng buyugi - tibbiyotdir.
G ip p o k r a t
1.1. Fan haqida tushuncha
Aytish joizki, “Tibbiyot psixologiyasi” va “K linik psixologiya” 
fanlariga ta ’rif berishda hanuzgacha bahslar davom etmoqda. Ba’zi 
mualliflar ushbu fanni ikkala nom bilan ataluvchi bitta fan deyishsa, 
boshqa bir mualliflar klinik psixologiya tibbiyot psixologiyasining bir 
qismi deb a ta sh a d i. A k sariy at d a v la tla rd a “ K linik psixologiya” 
tushunchasi keng tarqalgan. Biroq shuni alohida ta ’kidlash lozimki, bu 
fan qanday atalishidan q a t’i nazar, u tibbiyot va psixologiya fanlari 
negizida paydo bo‘lganligiga shubha yo‘qdir. Klinik psixologiyaga 
k o ‘proq psixogen (psixosomatik) kasalliklar klinikasi, diagnostikasi, 
davolash usullari bilan bog'liq bo'lgan muammolami o'rganadigan fan 
sifatida q arash lozim. Bu uning nom iga ham mos keladi. K linik 
psixologiyani klinik fanlardan (terapiya, xirurgiya, ginekologiya va h.k.) 
ajratib o'rganib bo'lmaydi. Klinik psixologiyaning maqsad va vazifalari 
klinik fan la rg a o 'x s h a b ketadi. K lin ik p six o lo g iy a - tib b iy o t 
psixologiyasining bir bo'lim idir.
Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq 
m a’no kasb etuvchi fan bo'lib, u tibbiy yo'nalishdagi barcha fanlarni 
o'z ichiga qam rab oladi, y a’ni deontologiya, etika, psixodiagnostika
p six o terap iy a, 
tibb iy -psix o lo gik 
ek sp ertiza, 
p six o g ig iy en a, 
psixoprofllaktika va h.k.
Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: umumiy 
tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi ycki klinik 
psixologiya.
Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolami o'rganadi:
- tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o'zaro 
munosabatlami;
- odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o'smirlik, 
katta va qarilik davri psixologiyasini);
- temperament, xarakter va shaxs muammolarini.
- deontologiya va etika tamoyillarini;
5


- psixogigiyena va psixoprofilaktika muammolarini;
- psixodiagnostika (psixometriya) va psixoterapiya (psixokorreksiya) 
tamoyillarini;
- tibbiy-psixologik ekspertiza muammolarini.
X ususiy tib b iy o t psixologiyasi (klinik psixologiya) quyidagi 
muammolami o‘rganadi:
- p six o so m atik b u zilish larn in g etio logiyasin i, k lin ik asin i
diagnostikasini va davolash usullarini;
- turli xil kasalliklarda (terapevtik, xirurgik, ginekologik va h.k) 
bemorlar ruhiyatida kuzatiladigan o ‘zgarishlarni;
- turli xil defektlar bilan tug'ilganlar psixologiyasini;
- psixoterapiya va psixofarmakoterapiya usullarini turli kasalliklarda 
qo‘llashni.
Tibbiyot psixologiyasi bilan yondosh bo'lgan bir necha fanlar haqida 
m a’lumot berib o‘tamiz. Bular;
- neyropsixologiya - psixologik m etodlarni q o 'llab bosh miya 
zararlanishlarida kuzatiladigan oliy ruhiy funksiyalaming buzilishlarini 
o ‘rganadi. Ushbu fan nevrologiya va psixologiya fanlari negizida paydo 
bo'lgan;
- psixonevrologiya - asab sistemasining funksional buzilishlarini 
o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va nevrologiya fanlari negizida paydo 
bo'lgan;
- psixofiziologiya - ruhiy faoliyat va fiziologik jarayonlarni yagona 
jarayon sifatida ko'radigan fan bo'lib, psixologiya va neyrofiziologiya 
fanlari negizida paydo bo'lgan.
- patopsixologiya - shaxs va ruhiyatning buzilishi qonuniyatlarini 
o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va psixologiya fanlari negizida paydo 
bo'lgan;
- psixopatologiya - p six ia triy a n in g bir b o 'lim i b o 'lib , ruhiy 
kasalliklarda uchraydigan simptom va sindromlarning etiologiyasi, 
patogenezi, klinikasi va diagnostikasini o'rganadi;
- psixosomatik tibbiyot - tibbiyot psixologiyasining bir bo'limi bo'lib, 
psixogen om illar bilan ichki a ’zo lar kasalliklari orasidagi o 'z a ro
munosabatlarni o'rganadi;
- psixogigiyena - ruhiy salomatlikni ta ’minlash, saqlash va qo'llashga 
qaratilgan fan bo'lib, tibbiyot psixologiyasi va gigiyena fanlari negizida 
paydo bo'lgan.
- p six o p ro filak tik a - ruhiy k asallik larn in g kelib chiqishi va 
rivojlanishining oldini olishga qaratilgan fan bo'lib, uning vazifalari 
psixogigiyena bilan chambarchas bog'langan;
6


- psixodiagnostika - insonning ruhiy holatini psixologik usullarni 
qo'llagan holda sifatiy va miqdoriy baholashni o ‘rgatuvchi fan;
- psixoanaliz - inson ruhiyatini ong va ongsizlik qonuniyatlariga 
asoslanib o 'rg a n u v c h i fan b o 'lib , inso n n in g x a tti-h a ra k a tla ri 
shakllanishida instinktiv reaksiyalarga asosiy urg'u beradi.
U shbu fanlarning aksariyati (psixoprofilaktika, psixogigiyena, 
psix o d iag n o stik a, p six o so m atik a, n eyro psixologiya) tib b iy o t 
psixologiyasining bo'limlari sifatida ham o'rganiladi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish