Psixologiy asi


Tibbiyot psixologiyasining qisqacha tarixi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

1.2. Tibbiyot psixologiyasining qisqacha tarixi
Odamzot paydo bo'libdiki, turli kasalliklarga qarshi kurashib kelgan. 
Bemor odamni darddan xalos qilish uchun turli usullar o'ylab topishgan. 
Qadimda bemorlarni davolashda giyohlarni ko'p qo'llashganini tarixiy 
m anbalardan yaxshi bilamiz, lekin ruhiy ta ’sir o'tkazish yo'li bilan 
davolash qachon q o 'llan ila boshlanganligi bizga n o m a’lum. Shuni 
alohida ta ’kidlash lozimki, hozirgacha nomi m a’lum bo'lgan deyarli 
barcha tabiblar bemorlarni davolashda ruhiy usullarni ko'p qo'llashgan. 
Ularning aksariyati birinchi tabib - organizmning o'zi va aynan u har 
qanday kasallikka qarshi kurashishi kerak, bizning vazifamiz esa unga 
yordam berishdir, deyishgan.
Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tibbiyot, falsafa 
va psixologiya fanlarining chambarchas bog'lanib ketganligining guvohi 
bo'lam iz. M iloddan ilgari yashab o 'tg an deyarli barcha faylasuflar 
tibbiyot va psixologiyaga oid o'z fikrlarini yozib qoldirishgan, chunki 
ular ruhiy kuchlarning manbaini inson miyasi bilan bog'lashgan.
Qadimgi X orazm hududida m iloddan avvalgi VI asrda bitilgan 
zardo'shtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da tibbiyot va psixologiyaga 
oid muhim m a’lum otlar keltirilgan. «Avesto» uch kitobdan iborat bo'lib, 
uning birinchi kitobi («Vendidat»)da tibbiyotga oid m a’lumotlar berilgan. 
U nda jism oniy va ruhiy poklanish h aq id ag i qo n u n lar m ajm uasi 
keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko'rish, eshitish, hid bilish va ta ’m 
bilish markazlari miyada joylashgan, degan fikrlarni uchratamiz. Kitobda 
«Hayot markazi suyak iligida joylashgan», deyilgan. Shuningdek, kitobda 
odam anatom iyasi va fiziologiyasiga oid jud a qiziqarli m a’lumotlar 
keltirilgan. Inson salomatligini saqlash yo'llari yoritilgan.
«Avesto» kitobida nafaqat ruhiy tushkumik, balki jismoniy zo'riqish 
ham kasallikka olib kelishi aytilgan. Kasalliklarni davolashda jarrohlik 
va ruhiy tin ch lan tirish davolashning asosiy u sullaridan biri, deb 
ko'rsatilgan. «Avesto»da gigiyena, profilaktika, ozoda yurish, yomon 
narsalarga yaqinlashmaslik, toza havoda i,ayr qilish, sifatli ovqatlar
7


tanovul qilish va toza ichimlik suvi ichish haqida ham ko'p m a’lumotlar 
keltirilgan. Kitobda yoshlar jismoniy va ruhiy baquvvat bo'lishi uchun 
to'yib ovqatlanishi, yetarli darajada ovqatlanmaydigan xalq kamquvvat 
bo'lishi ko'rsatilgan.
Miya va ruh orasidagi munosabatlarga oid qarashlari bilan mashhur 
bo'lgan tibbiyot fanining otasi Gippokrat (Buqrot - miloddan avvalgi 
460-377-yillar) asarlari bugungi kungacha yetib kelgan. U odam
anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur o'rgandi, bosh miyaning tuzilishi 
bilan qiziqdi. Gippokrat odamlar xulq-atvorini kasalliklar kechishiga 
bog'lab o'rgandi va temperament haqida ta ’limot yaratdi. Gippokrat 
odam temperamentini to 'rt tipga ajratdi:
1
) sangvinik - harakatchan, xushchaqchaq, irodali odam, ularning 
organizmida qon ustunlik qiladi;
2
) xolerik - tez jahli chiqib ketadigan, hissiyotga beriluvchan odam, 
ularda jigar o 'ti ustunlik qiladi;
3) flegm atik - bosiq, kam h arakatch an va sust odam, ularning 
organizmida flegma (shilliq, xilt) ustun turadi;
4) melanxolik - o'z kuchiga ishonmaydigan, doimo tushkun, tang 
ahvolda yuradigan, qiyinchiliklardan qo'rqadigan odam. Ularning qonida 
melanoza (safro, qora o't) ustunlik qiladi.
Gippokratning fikricha, sangviniklar kasallikka kam chalioadilar, 
xoleriklar va melanxoliklar kasallikka moyii kishilardir. Gippokrat 
«Kasalliklaming kechishi va bemorning tuzalishi uning temperamentiga 
bog'liq», degan. Bu ta ’limot keyinchalik barcha olimlarda qiziqish uyg'o- 
tdi. Hozirgi kunda yetakchi psixologlar va vrachlar bemorlarni davolash­
da ularning temperamentiga alohida e’tibor berishadi.
Gippokratning tibbiyot oldidagi yana bir buyuk xizmati uning vrach 
qasamyodini yaratganligidir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish