91
bor?”
Og‘zaki
usuldagi
ta’limiy o‘yinlar-
“Qo‘g‘irchoq
Lolaxonni
cho‘miltiramiz”, ‘Qo‘g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi”, “Ajoyib xaltacha”,
“Shaklini top”, “Rangini top” kabi o‘yinlar kiradi.
Eshitish va ko‘rish a’zolarini faollashtirish
uchun “Xilini top”,
“Qaysi daraxtning mevasi?”, “Nimaning pati”, “Mevasini top”, “Onasini top”,
“Mevalar va burglar”, “Domino”, “Yovvoyi va uy hayvonlari”, “Ishlash uchun
nima zarur?”, “Bu uychada qanday hayvon yashaydi?”, “Bu kim yoki nima?”
singari o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali
bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim-
kechak va boshqalar kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko‘rish va eshitish,
esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi.
Katta guruhlarda
o‘ynaladigan “Ayting biz topamiz”, “Topgan topag‘on”, “Oshqovoq pishdi”,
“Loy o‘yini”, “Bog‘bonlar” o‘yinlari orqali mehnatga muhabbat ruhi
tarbiyalanib boradi.
Bolalar qalbida musiqaga bolgan muhabbat hissini oshirishda musiqiy-
ta’limiy o‘yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa
asboblarini ko‘rsatib, chalib berish orqali, cholg‘u asboblarining ovozi va
tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. “Ovozidan top”, “Nimada
chalyapman”, “Qo‘ng‘iroq qanday jaranglayapti” kabi o‘yinlar orqali tarbiyachi
bolalarga ovoz va cholg‘u asboblarining tovush
xususiyatlarini farqlashga
o‘rgatadi. “Tapur-tupur qayrag‘och”, “Tomga tosh otdim”, “O’ynab ber”,
“Sanamalar”, “Mushtum va kaftchalar”, “Yomg‘ir” kabi milliy o‘yinlar orqali
bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o‘yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va
mimik harakatlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatib boriladi.
O’yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu
narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab
tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak
ma’lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar,
undan
charchamaydilar va bunda hech qachon ular o’z sherigiga ma’naviy ziyon
etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, unda xayol,
xissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Ijtimoiy psixologik
ahamiyatga ega bo’lgan kattalar o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi:
- ma’lum ijtimoiy bilimlarni egallash;
- zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning
tabiiy bolalar o’yinidan farqli jihatlari ham bor:
92
a) bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada
mustahkamlanadi, takomillashadi; masalan, bolalarning “mehmon-mehmon”
o’yinlarida mehmon va mezbon harakatlariga xos bo’lgan asosiy qirralar
o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar hosil qilinsa, kattalar shunga o’xshash
“o’yinlarda” muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustahkamlab,
davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o’rganadilar;
b) bolalar o’yinlaridagi rollar hayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan holda,
umumiy tasavvurlar
vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq
vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi;
v) bolalar o’yinlari ma’lum ma’noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar
o’yinida xayotiy qoidalar, normalar, me’yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga
maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar;
g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari kirishayotgan rolni xissiy boshdan
kechirib, o’yinga kirishsalar, kattalar ko’proq u yoki bu rolga o’zini
identifikatsiya qilib, sun’iy ravishda kiradi;
d) kattalar o’yinining sifati va samaradorligi o’ynovchining
hayotiy
kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog’liq bo’ladi, bu o’rinda onglilik
tashabbuskorlik va eruditsiya, yaqqol omillarni umumlashtirish kabi sifatlar
muhim rol o’ynaydi. Ijtimoiy psixologik bilimdonlikni oshirishga xizmat
qiluvchi o’yinlar asosan ikki turga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: