94
ishtirokchilarda ko’tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, o’yindagi
o’zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqish kerak. Eng oddiy
emotsional olqish sifatida qarsak rol o’ynashi mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan
holda olqishlashning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. O’yin
payitidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun trener
guruhdagi shart – sharoitlarni, masalan, guruh a’zolarining yoshini, qiziqishlari
kabilarni hisobga olishi zarur. Hamma o’yinlar ham turli yoshdagi guruhlarda
muvaffaqiyatli o’tavermaydi. Har bir o’yin guruh bilan ishlash jarayonida o’z
o’rniga ega bo’ladi. O’yinlar o’ziga xos mantiq asosida tashkil qilinishi lozim,
masalan, “taktil to’siqlarni bartaraf etish” o’yinini o’tkazmasdan turib, “ishonch
asosida ” o’yinini o’tkazib bo’lmaydi. “ Ismlarni eslab qolish o’yini”
muvaffaqiyatli o’tishi uchun doira shaklida o’tirgan ishtirokchilar bir –
birlarining ismini eshitganligiga, bir –biriga ahamiyat berganligida ishonch hosil
qilish kerak, chunki bilmagan narsani esda saqlab bo’lmaydi.
Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o’yinni o’tkazish uchun zarur
bo’lgan barca materiallarni va xatti – harakatlarini yaxshilab o’ylab olishi kerak.
Qatnashchilarni o’yinga qiziqishini oshirish uchun materiallarning yorqinligi,
jozibadorligi nazardan qochirmaslik lozim.
Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo’lgan muhim jihatlardan yana biri –
guruhning o’yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun o’yinlar
qandaydir yangi va oziga xos hodisadir. Shuning uchun o’yinlarni tanlashda
“oddiydan murakkabga” tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni hollarda
boshlovchining kayfiyati ko’tarinki bo’lishi va ko’zlangan maqsadga erishishi
uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham “yuqtirish ” kerak. Agar guruh
o’yinga kirishishni istamasa cho’chish kerak emas, bu odatlanilmagan holatga
nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bolib, tezda o’tib ketadi.
Albatta, koplab o’yinlarni o’tkazish jarayonidagi boshlovchida bu
boradagi zarur ko’nikma va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan o’yin
qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart- sharoitlarni hisobga olish
natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi - guruhdagi ishning sifati
oshadi, trening oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar yuqori darajada amalga
oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o’yinlardan unumli foydalanishga
harakat qilish zarur.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: