Psixologik trening


Osmirlik davri agressiyasi



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

3.Osmirlik davri agressiyasi. 
O’smirlik davri – insonning rivojlanishidagi 
eng murakkab davrlardan biri. Nisbatan qisqa bo’lishiga qaramay, u deyarli ko’p 
jihatdan individning keyingi hayotini belgilaydi. Aynan o’smirlik davrida 
xarakter va shaxsning boshqa xususiyatlari shakllanadi. Bu holatlar: kattalar 
tomonidan g’amxo’rlik qilinadigan bolalikdan mustaqillikka o’tish, odatdagi 
maktab davrini ijtimoiy faoliyatning boshqa turlariga almashinishi, shuningdek, 
organizmning jadal garmonal qayta qurilishi – o’smirni ayniqsa zaif va 
muhitning salbiy ta’sirlariga beriluvchan qilib qo’yadi. Xuddi shu davrda 
o’smirlarda tajovuzkor xatti – harakatlarning kuchayib borishi ham kuzatiladi. 
Agressivlik – bu haqorat yoki boshqa jonzotga zarar yetkazish kabi 
holatlarni xohlamasa ham shunga mo’ljallangan fe’l-atvorning har qanday 
shaklidir. Bir qarashda bu ta’rif oddiy va ochiqday tuyuladi biroq diqqat bilan 
qaralsa tuqur o’rganish kerak bo’ladigan o’smirlik davriga xos bo’lgan xulq-
atvor ko’rinishidir.
O’smirlar xatti – harakatidagi agressivlik muammosi hozirgi kunlarimizda 
ham dolzarb masaladir. Maktab o’qituvchilari agressiv o’quvchilar yildan – 
yilga ko’payib borayotganligini, ular bilan ishlash qiyinlashayotganligini, 
ko’pincha o’qituvchilar ularni qanday boshqarishni bilmayotganliklarini 
ta’kidlamoqdalar. Chunki xuddi shu davrda o’smirlarda ko’pincha kuch ishlatish 
holatlari uchrab, u “shafqatsizlik”, “janjalkashlik”, “urushqoqolik”, 


192 
“g’azablanganlik” kabi ko’rinishlarga ega bo’ladi. Psixologiyada “tajovuz” 
atamasi turlicha talqin etiladi. Tajovuzkorlikni tadqiq etgan ko’pchilik mualliflar 
unga salbiy baho berishni afzal ko’rishadi. Shuningdek, tajovuzkorlikka ijobiy 
tomondan ham qaraladi-ki, unda bola kuchli, chidamli, irodali, baquvvat bo’lib 
shakllanishi ta’kidlanadi
23
. Lekin o’smirning tajovuzkorligi ko’pgina holatlarda 
qahr – g’azablilikni, mehrsizlikni, ota – ona va atrofdagilarga hurmatsizlikni, 
ular bilan chiqisha olmaslikni, “ozod” bo’lishga intilishni, boshqalarga befarqlik 
holatlarini keltirib chiqaradi. Bu borada o’smirlardagi tajovuzkorlik darajasini 
qasddan qilinganligi yoki maqsadsiz, zarurat natijasida yuzaga chiqqanligini 
ko’rishimiz mumkin. Bunday vaziyatda tajovuzkorlik xavf – xatar vaqtida paydo 
bo’luvchi va himoya xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
A. 
Bandura 
tajovuzning 
sababini 
ijtimoiylashuv 
jarayonidagi 
o’zlashtirilgan axloq ko’rinishlaridan biri deb hisoblaydi
24
. Axloq namunasi 
shaxslararo ta’sir vositasi sifatida qaralib, aynan ota –onalarning o’z bolalarini 
agressiv axloqqa o’rgatishining omili ekanligini ta’kidlaydi. Agressiv xulqli 
o’smir xususiyatlarini o’rganish jarayonida uchta muhim komponentni ajratadi: 

agressiv harakatlarni o’zlashtirish usullari;

agressiv xatti-harakatlar namoyon bo’lishini ta’minlovchi omillar; 

agressiv xatti-harakatlar mustahkamlanadigan shart-sharoitlar. 
Tajovuzkorlikning yana bir ko’rinishi g’animlik va buzg’unchilik akti 
(axloqiy tashkil etuvchi) sifatida: Masalan, A.A.Rean shunday ta’rif beradi: 
tajovuz bu haqorat qilish yoki bunday munosabatda bo’lishlarini istamagan
boshqa tirik jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan axloqning istalgan shakli. 
Boshqacha qilib aytganda, tajovuz sifatida shunday axloqni ko’rib chiqish 
mumkinki, u tirik organizmlarga zarar yoki ziyon yetkazishni nazarda tutadi
25

Masalan, bunda maktab hovlisida o’sib turgan daraxt va gullarga, hayvonot 
olamiga salbiy ta’sir yetkazuvchi o’quvchilar nazarda tutilgan. Darhaqiqat, ko’z 
oldimizda nafaqat maktab hovlisida balki boshqa jamoa joylarida ham 
o’simliklar va hayvonot dunyosiga zarar yetkazuvchi o’quvchilarni ko’rishimiz 
mumkin. 
Bir guruh soha mutaxassislari tomonidan o’smir - oddiy bola sifatida 
qaraladi. Tajovuzkorlik xususiyatlarini u, tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklar, 
xatolar, uni o’rab turgan muhitning murakkabliklari natijasida orttiradi. Bu 
davrda nafaqat ilgari shakllangan psixologik strukturalarning tubdan qayta 
23
Реан А.А. Подростковая агрессия. - М.(Минск), 2000. - С.82 
24
Бандура А., Уолтерс Р. Подростковая агрессия. - М.: “Апрель – Пресс”, 1999. -С. 35. 
25
Реан А.А. Подростковая агрессия. - М.:(Минск), 2000. - С. 82. 


193 
shakllanishi ro’y beradi, balki yangilari ham paydo bo’ladi, ongli harakat 
asoslari yuzaga kela boshlaydi deb ta’kidlaydi. 
Ontogenezning o’smirlik davri – bu og’ir kechadigan yetuklikka o’tish 
bosqichi bo’lib, unda rivojlanishning qarama – qarshi tendentsiyalari 
chambarchas bog’lanib ketadi. Buning natijasida ko’pgina o’smirlar axloqning 
tajovuzkor shakllarini qo’llaydilar. 
Shaxsning rivojlanish davrlarida va uning psixologiyasi, o’zgarishi 
qonunlaridan kelib chiqqan holda, biz o’smirlik davrining ruhiy va xulq – 
atvoridagi o’zgarishlar hamda shakllanishi uchun eng senzetiv, qulay davrligini 
hisobga olib, mazkur yosh davrini tadqiqotimiz ob’ekti qilib tanlaganmiz. 
O’smirlardagi o’rtoqlariga, atrofdagilarga qasddan qilingan tajovuzkorligi, ongli 
asosga ega – zarar yoki ziyon yetkazishdan iborat harakatlardir yoki o’smirning 
tajovuzkor shaxsga xos bo’lgan aniq asoslangan struktura va muayyan darajaga 
tegishli xatti-harakatlari deb hisoblash mumkin. Darhaqiqat, agressiv xulq-
atvorni ijtimoiy tomondan muhokama qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Kamida 
ikki yoki undan ortiq kishilarning o’zaro harakatini o’z ichiga oluvchi ijtimoiy 
fe’l-atvor shakliday tajovuzkorlikni ko’rib chiqamiz.
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, agressiv xulq-atvorni adaptiv xulq-
atvorga qarama-qarshi deb hisoblasak, shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Bunda o’smirning odatiy stresslarga va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik 
darajalarining yuqori ko’rinishlarida ko’rishimiz mumkin. 
Bizningcha, o’smir agressivliklik xususiyatlarini u, tarbiyaviy ishlardagi 
kamchiliklar, xatolar, uni o’rab turgan muhitning murakkabliklari natijasida 
orttiradi. Bu davrda nafaqat ilgari shakllangan psixologik strukturalarning 
tubdan qayta shakllanishi ro’y beradi, balki yangilari ham paydo bo’ladi, ongli 
harakat asoslari yuzaga kela boshlaydi. 
Kuzatishlarimiz natijasida yana aytish joizki, o’smirlardagi agressiv xulq – 
atvorning shakllanishida oilaviy muhitning o’rni benihoya kattadir. Oiladagi 
berahmlilik, shavqatsizlikdan aziyat chekish, mehr-muhabbatga nisbatan 
ehtiyojlarni ota – ona tomonidan qondirilmasligi ya’ni deprivatsiya, jazolash 
jarayonida o’smirning o’z nomaqbul harakatini tushunib yetmasligi, oilada 
mo’’tadil psixologik iqlim yaratilmaganligi kabi holatlar agressiv xulq – atvorni 
rivojlanishi va shakllanishini yuzaga keltiradi. 
Shuningdek, ko’rilgan zo’ravonlik xaqidagi fil’mlar tajovuzkorlikka 
undash mumkinmi degan savol tug’iladi. Ko’p tajribalarda bunday filьmlar 
tajovuzkorlikka undovchi omillarni ko’rsatib beruvchi vosita sifatida 
qo’llanilgan. Nafaqat o’smirlar tomonidan, balki, kichik yoshdagi bolalar 


194 
tomonidan ko’rilayotgan tajovuzga boy syujetli fi’lm va multfil’mlar ular xulq-
atvorida tajovuzkorlik belgilarini yuzaga kelishiga olib keluvchi asosiy 
omillardan biri ekanligidan dalolat bermoqda. Fil’m qahramonlarining 
zo’ravonligi va ularning xulqiga nisbatan imitatsiya ( taqlid )ning vujudga 
kelishiga sabab bo’lmoqda. 
Bunday vaziyatda pedagog, psixolog va ota – onalardan o’z vazifalarini 
amalga oshirishlarida yuqori ma’suliyatlilik talab qilinadi. Ayniqsa, psixolog va 
o’qituvchilar o’z faoliyatlari davomida bunday o’smirlar bilan psixodiagnostik 
va psixokorreksion ishlarni olib borishlari zarurdir. Bunda quyidagilarga amal 
qilinishi talab etiladi: 

o’smir xulq – atvorida yuzaga keladigan dezadaptatsiyaning ijtimoiy – 
psixologik diagnostikasini amalga oshirish

yosh davriga xos bo’lgan psixik, shaxs rivojlanishidagi sifat 
o’zgarishlarini o’rganib borish; 

yosh davridagi gormonal yetilish va buning natijasida yuz beradigan 
“krizis”larni nazoratga olish; 

tajovuzkor xulq – atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga 
yo’naltirilgan pedagog va ota – onalar hamkorligini tashkillashtirish; 

o’smirlarning hali to’liq shakllanib, ulgurmagan asab tizimi va psixik 
jarayonlarining osonlikcha jarohatlanishi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish; 

pedagog aynan o’smir bilan o’zaro muomala va munosabat usullarida 
ya’ni, emotsional aloqani o’rnatish, kam bo’lsada erishayotgan yutuqlarini 
rag’batlantirib borish. 
Psixoterapevtik ta’sirlar metodlari va texnikalaridan iborat bo’lgan 
relaksatsiya (chuqur nafas olish, muskullarni bo’shashatirish, musiqa sadosi 
ostida erkin harakat qilish va h.k.) mashqlar, o’yinlarni uzluksiz olib borish kabi 
ta’sir vositalarini shakllantirish, rivojlantirishdan iborat
1
.
Bu borada ta’lim tarbiya muassasa amaliyotchi psixologlari va 
o’qituvchilari o’smir o’quvchilar o’rtasida agressiv xatti- harakatlarni bartaraf 
etuvchi psixokorreksion trening mashg’ulotlarni olib borishi maqsadga 
muvofiqdir.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish