Ta’sirlanish - qo’zg’aluvchanlik. Tropizm. O’simlik va hayvonlarga mansub shaqllar evolyutsiyasining barcha bosqichlarida jonli organizmlar in’ikosining alohida biologik shaqli - ta’sirlanuvchanlikka ega bo’ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan (biotik) ta’sirga javob berish qobiliyati demakdir. Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq seziladi. (Suvli probirkadagi bir hujayrali amyoba probirka qizdirila boshlashi bilan holatini o’zgartirishi bunga misol bo’ladi). Biotik ta’sir natijasida jonli organizmda protoplazmaning xossasi o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |