Oparinning gipotezasiga ko’ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqib, organik moddalarda fotoximiyaviy reaktsiyaning va fotosintezning yuz berishiga olib keladi. Organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari - benihoya katta molekulalar paydo bo’ladi. Bu molekulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi bo’lib turishini taqozo qiladi. Bir-biri bilan ko’shilib kattalashuvi, yoki maydalashib ko’payib turishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bu o’ta katta molekulalar koatservatlar deb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o’sish, parchalanish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |