Materiya harakatining biologik shaqli-hayot-tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichidir. O’lik materiyadan tirik materiyaga o’tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tegishli bo’lib, unga ko’ra organik moddalar - atomlari turli shaqllardagi azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog’langan modda uglerod negizida hosil bo’lgan birikmalarning paydo bo’lishi jonli materiya paydo bo’lishining zarur sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |