Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. SHuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o’rin egallaydi. Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. SHarq va /arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. (Qarang: /oziev E. Psixologiya, T:» O’qituvchi» 1994 y. 33-35 betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |