OILA SOTSIOGRAMMASI” PROYEKTIV METODIKASI
“Oila sotsiogrammasi” metodikasi E.G.Eydemiller tomonidan taklif etilgan bоlib, rasmli proyektiv metodikalar sirasiga kiradi. Ushbu metodika orqali oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimida subyektnining оrnini va oiladagi kommunikatsiyaning qay darajada ekanligini оrganish mumkin (E.G. Eydemiller, O.B.Cheremisin, 1990;
E.G.Eydemiller, Sistemnaya semeynaya psixoteropiya, 2002;). Sinaluvchiga diametri 11 sm bоlgan doira tushirilgan oq qogoz va quyidagicha kоrsatma beriladi: “Sizning oldingizdagi varaqda doira rasmi keltirilgan. Doira ichiga оzingizni va oila azolaringizni doirachalar
shaklida joylashtiring va ularning nomlarini yozib qоying”. Oilaning
barcha azolari topshiriqni bir-birlari bilan maslahatlashmasdan bajarishlari zarur.
Natijalar quyidagi mezonlar bоyicha baholanadi:
1. Doira ichidagi oila azolarining soni;
2. Doirachalar hajmi;
3. Doirachalarning bir-biriga nisbatan joylashishi;
4. Ular orasidagi masofa.
Birinchi mezon bоyicha oila azolarining haqiqiy soni rasmdagi doirachalar soni bilan taqqoslanadi. Subyekt kоpincha nizoda bоladigan
oila azosini rasmda qoldirib ketishi mumkin, kоpincha sinaluvchi uni
“esidan chiqarib” qoldiradi. Shu bilan birga doira ichida oila azosi sifatida tashqaridan kimdir yoki qandaydir predmet, sinaluvchi uchun ahamiyatli bоlgan biron narsa yoki sevimli uy hayvoni rasmda оz aksini topishi mumkin.
Sоngra ikkinchi mezonga, doirachalar hajmiga etibor qaratiladi.
“Men” dorachasining boshqa doirachalardan kattaligi sinaluvchining оziga nisbatan etibor, bahosining yuqoriligidan, kichikligi esa - оziga nisbatan bahosi, etiborning pastligidan dalolat beradi. Boshqa oila azolari doirachalarining katta-kichikligi sinaluvchi uchun ularning ahamiyatlilik darajasini yoki sinaluvchi ularni qanday idrok qilishini kоrsatadi. Uchinchi mezonda sinaluv maydonidagi doirachalarning bir-biriga nisbatan joylashuviga etiborni qaratish zarur. Sinaluvchining оz doirachasini markazga qоyishi shaxsning egotsentrik yоnalganligini, yoki aksincha оzini barcha oila azolaridan quyida joylashtirishi rad etilganlik hissini bildiradi.Sinaluvchi uchun ahamiyatli bоlgan oila azosi rasmda boshqa oila azolariga qaraganda kattaroq doira shaklida bоlib, sinov maydonchasining markazida yoki yuqorisida, оz doirachasiga yaqin joylashtirilgan bоladi. Tоrtinchi mezon, bu doirachalar orasidagi masofaning tahlili. Agar doirachalar bir-biridan ancha uzoqda joylashtirilgan bоlsa, bu oilada tez-tez kelishmovchiliklar bоlib turishini anglatadi. Doirachalarning bir-biriga qоshilib yoki bir-birining ustidan chizilib ketishi oiladagi simbioz aloqalarning mavjudligini bildiradi. Yuqorida keltirilgan barcha mezonlar tоliq оrganilib oiladagi munosabatlar, subyektning oiladagi оrni, unga ahamiyatli bоlgan oila azosi va boshqalar haqida xulosa chiqariladi.
Izoh: “Simbioz” shkalasi bоyicha yuqori ballar 6-7 ballarga ega bоlgan tekshiriluvchilarning оzlari bilan bola оrtasida psixologik distansiya оrnatmasliklari bola iloji boricha yaqin bоlishga intilishlari bolaning asosan ongli ehtiyojlarini qondirishga harakat qilishlari ularda bоlish mumkin bоlgan turli kоngilsizliklarning oldini olishga urinishlari tоgri xulosa chiqarish uchun asos bоladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |