Taqrizchi SamDAQI dotsenti B.Axmedova
Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti
Karimova Lutfiya Baxodirovnaning “Ilova konstruksiyasining asosiy funksiyalari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
ANNOTATSIYA
Karimova Lutfiya tomonidan tayyorlangan mazkur magistrlik dissertatsiyasi nemis tilida ilova konstruksiyasining asosiy funksiyalari mavzusiga bag‘ishlangan. Ushbu mavzu nemis tilida nisbatan kam o‘rganilgan. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi ham ana shu mavzu doirasida bajarilgan bo‘lib, unda ilova konstruksiyasining asosiy funksiyalari tadqiq qilingan.
Karimova Lutfiyaning magistrlik dissertatsiyasi
struktura jihatidan kirish,
uchta bob,
xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Mazkur ilmiy tadqiqot ishi ishi ilova hodisasi va uning o‘rganilish tarixi, hozirgi
nemis tilida ilova hodisasi, hozirgi nemis tilida ilovali elementlarning struktur-semantik o‘ziga xosliklari deb nomlangan boblardan iborat. Ushbu boblar magistrlik dissertatsiyasi mavzusini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi.