Samarqand Davlat Chet tillar instituti 5A111401 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo`nalishi magistranti Abdulazizova Sevara Abdulaziz qizining “Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik xususiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim va tarbiya tizmini tubdan takomillashtirish borasida juda ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 6-noyabrdagi O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmonida ham ta’lim tizmini rivojlantirishga alohida urg’u berilgan. Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 19.05.2021 yildagi 312-son qarori ya’ni “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”ga qarorida ham xorijiy tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnik bazasizni mustahkamlash nazarda tutilgan.
Dissertatsiya ishimizning mavzusi “Mehnat jamoalarida psixologik xizmatni tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslari” deb nomlanib dissertatsiya ishi kirish qismi, 3 bob, 6 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bo’lib ishning I-bobi mavzuning nazariy jihatdan yoritilishiga va ilmiy mulohazalar tahlili keltirib o’tilgan. Ishnining ikkinchi bobi asosan chet tillarini o’qitishdagi psixologik yondashuvlar borasidagi nazariy ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Dissertatsiya ishining 3 bobi tajriba-sinov ishlari natijalari keltirib o’tilgan.
Dissertatsiya ishimizda ta’lim va tarbiya tizmiga psixologik xizmatni kirib kelishi va pedagog jamoalarda psixogik xizmatni joriy etilishi ta’lim sifati va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Psixologik xizmatni vujudga kelishi va ularni ta’lim tashkilotlarga kirib kelishi o’qituvchilar faoliyatiga xususan chet tillarini o’rgatishda bolaga psixologik yondashish, usul va vositalaridan yanada samaraliroq foydalanishni bugungi kun taqozo etmoqda. Til o’rganishning va uni o’rgatishning psixologik o’ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet tilidagi so’zlarni xotirada saqlash bilan xorijiy til o’quvchilari chet tilini o’zlashtirishi jarayonida ularning o’zga tildagi tafakkuri kengayib borishini ta’minlashning psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi.
O’qituvchi xorijiy til o’quvchilarining rivojlanishiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rganishi, o’quvchilar aqliy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlaridan xabardor bo’lishi, o’quvchining psixologik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishi ular bilan bo’ladigan munosabatlar uchun zarur psixologik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo`nalishi magistranti Abdulazizova Sevara Abdulaziz qizining magistrlik dissertatsiyasi oliy ta’lim muassasalarining magistrlik dissertatsiyalariga qo’yilgan talablarga to’la mos, yakunlangan ilmiy tadqiqot sifatida himoyaga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |