Priority tasks of foodstuffs safety



Download 31,43 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2022
Hajmi31,43 Kb.
#404986
1   2   3   4
Bog'liq
Oziq-ovqat xavfsizligi

2. TAHLIL

Respublikamiz mustaqillikka erishganining ilk davrlaridanoq, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga asosiy e'tibor qaratildi, ya'ni oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash, aholiga uzluksiz va yetarli hajmda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hayot-mamot vazifalaridan biri etib belgilandi. Aholining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo, g‘alla, kartoshka, go‘sht, sut hamda qandolat mahsulotlariga nisbatan ehtiyoji 1990 yillarda import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda yetishtirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida aholi jon boshiga go‘sht iste’moli, sut va sut mahsulotlari, kartoshka, sabzavot, meva ko‘paygani hamda boshqa amaliy natijalarni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori sifatida baholash o‘rinlidir.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ziyodga oshdi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko‘payishiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri keladigan go‘sht iste'molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi.

Hozirda yurtimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu optimal, ya'ni maqbul deb hisoblanadigan iste'mol me'yoridan uch barobar ko‘pdir. Ayni paytda oziq-ovqat uyushmasi tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlariga tegishli 200ga yaqin korxonalarni irlashtirgan o‘zaro munosabatlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarining 60 foizdan ko‘prog‘ini meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, qandolatchilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar orasida o‘zaro munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni ochishda to‘sqinlik qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlashda xalqaro standartlarning o‘rni va ahamiyati hozirgi kunda juda muhim hisoblanadi. Chunki xalqaro standartlarga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarishimiz orqali, ichki bozorda ham tashqi bozorda xam yuqori darajada o‘rin egallashimiz mumkin. Kuchli raqobat muhiti yuzaga kelayotgan bir paytda, oziq-ovqat mahsulotlari turini ko‘paytirish barobarida, uning sifatiga hamda xavfsizligiga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Chunki, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham, tashqi xaridorlar uchun qulay va xavfsiz bo‘ladi. Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro sifat standartlari asosida qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahalliy mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish asosiy maqsad hisoblanadi.

Respublikamizda bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator xalqaro standarlar qo‘llanilmoqda, jumladan, ISO 9001 “Sifat menejmenti tizimi. Talablar", HACCP - "Xavflar tahlili va kritik nazorat nuqtalari", GMP - "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti", ISO 22000 - "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimlari. Oziq-ovqat zanjiri bo‘yicha istalgan korxona uchun talablar", GLOBAL G.A.P - “Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti”, HALAL - “Halol oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma” va boshqalar.

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasi “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Texnik jixatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinmoqda. Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, qayta ishlash, eksport hajmini oshirish, ichki bozorni hamda ichki iste’molni to‘la ta’minlash, zamonaviy texnologiyalar asosida intensiv bog‘lar barpo etishni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator qarorlar va aniq manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) – bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chog‘ida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo‘lib turadi, bu muddat tamom bo‘lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, oziq-ovqat mahsulotining tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar – mahsulot tamg‘asida ko‘rsatilishi shart.

Bugungi kunda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi tahlili natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga har doim ham amal qilinmayapti. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari markirovkasi va xavfsizligiga qo‘yilgan talablarga, markirovkalash qoidalariga to‘liq rioya qilinmaslik holatlari uchramoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan xabarlarda (postlarda) iste’molchilar yaroqlilik muddati o‘tgan, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib keladilar. Ayniqsa, bunday e’tirozlar yoz mavsumida ko‘payishi salbiy holatdir.

Jumladan, 10 ish kuni davomida 284 ta savdo ob’ektida kuzatuv yo‘li bilan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularda 1045 ta holatda (Qoraqolpog‘iston Respublikasi – 109 ta, Jizzax viloyati 108 ta, Andijon viloyati – 96 ta, Namangan viloyati – 79, Qashqadaryo viloyati – 79, Toshkent shahri – 72 ta va boshqalar) oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash qoidalari buzilganligi qayd etilgan.

Ushbu mahsulotlarning 32 tasi yoki 3 foizi import mahsuloti bo‘lsa, qolgan mahsulotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tegishli.

Tahlillar davomida markirovkalash qoidalari 323 ta (31 %) holatda qandolatchilik mahsulotlarida, 180 ta (17%) holatda sut mahsulotlari, 137 ta (13%) kolbasa mahsulotlari, 35 ta (3%) makaron mahsulotlari va 30 ta (3%) holatda qadoqlangan o‘simlik yog‘i mahsulotlarida buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 110 ta (11%) mahsulotda hattoki ishlab chiqaruvchi korxona va uning manzili to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud emasligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va ijrochilar tomonidan iste’molchilar sog‘ligi va xavfsizligi uchun javobgarlikni to‘laqonli his qilinmayotganligidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish va sotish hajmlarini to‘g‘ri rejalashtirish, halol raqobat asosida ish yuritish o‘rniga, mahsulotlar yaroqlilik muddatlarini qalbakilashtirish yoki ularni qo‘ymaslik kabi noqonuniy yo‘llardan foydalanilmoqda.


Download 31,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish