Ключевые слова: безопасность продовольственных товаров, продовольственные товары, сертификация, стандартизация, контроль качества.
Abstract. This article was discussed the requirements for the implementation of harmless foodstuffs for consumers in our Republic, current problems in the export of food products and analyzes them.
Key words: foodstuffs safety, foodstuffs, certification, standardization, quality control.
1. KIRISH
"Oziq-ovqat xavfsizligi" tushunchasi XX asrning o‘rtalarida shakllandi. Shu bilan birga, bu konsepsiyaning mazmun va mohiyatini tushuntirishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ko‘plab aniqliklar kiritilmoqda. Ayniqsa, "oziq-ovqat xavfsizligi" tushunchasiga sanitar-epidemiologik, fiziologik, ekologik, agrar, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarning o‘ziga xos nazariy yondashuvlari mavjud bo‘lib, 200 dan ortiq tushuncha va 450 dan ortiq ko‘rsatkich bilan izohlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’mol qilishda globallashuv darajasining ta’siri yangi nazariyalarni vujudga keltirmoqda va "oziq-ovqat xavfsizligi" tushunchasi o‘zgarib bormoqda. Bu esa mamlakatlar rivojlanishning barcha bosqichlarida ko‘p qirrali muammo hisoblanishi va uning mazmunini doimiy to‘ldirish va modifikatsiya qilish zaruratini bildiradi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, tabiiy-iqtisodiy salohiyat, mamlakat va alohida mintaqalar aholisining to‘lov qobiliyati, milliy bozorning importga qaramlik darajasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va yer resurlaridan oqilona foydalanish, agrosanoat majmuasining rivojlanishi kabi bevosita ta’sir etuvchi jarayonlar bilan uzviy bog‘liq.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bir tomondan, agrosanoat ishlab chiqarishini intensivlashtirish, ikkinchi tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi va aholi daromadlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan makroiqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun muammolar yechimini ishlab chiqishda bozor mexanizmlari bilan birgalikda davlat nazoratini ham e’tiborga olish zarur. Shu nuqtai-nazardan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimini shakllantirishning usul va uslubiyotini va turli ierarxik darajalarda ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, milliy va mintaqaviy jihatdan baholash mezonlarini ishlab chiqish bugungi kunning muhim vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |