O'zbekiston respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida



Download 33,5 Kb.
Sana08.06.2017
Hajmi33,5 Kb.
#10681
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG'ARMASI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'GRISIDA

Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko'lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko'paytirish uchun Jamg'armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi resurs bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida» 2010 yil 11 avgustdagi PQ-1387-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ustav kapitali belgilangan 10 mlrd AQSh dollari miqdorida shakllantirildi.

2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2012 — 2016 yillar mobaynida O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ustav kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSh dollariga etkazish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi ijro etuvchi direktsiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 32 nafar kishidan iborat yangi tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

*1 ilova rus tilidagi matnda berilgan.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining


2012 yil 9 martdagi PQ-1725-son qaroriga
2-ILOVA


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o'zgartish va qo'shimchalar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida» 2006 yil 16 maydagi PQ-350-son qarorida:

2-bandi ikkinchi xatboshidagi «19 nafardan» so'zlari «32 nafardan» so'zlari bilan almashtirilsin;

3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar».

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, Jamg'arma mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish printsiplari to'g'risidagi nizomda:

4-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«davlatning Jamg'armaga yo'naltiriladigan moliyaviy mablag'larini jamlash»;

19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«19. Jamg'arma mablag'larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

respublikaning ayrim strategik resurslari bo'yicha jahon bozorlaridagi qulay narxlar natijasida hosil bo'lib, ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar, er bag'ridan foydalanganlik uchun soliq va aktsiz solig'i tarzida respublika byudjetiga rejadan ortiqcha tushadigan mablag'lar;

har yili Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash chog'ida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qimmatbaho metallarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag'lar.

Shu bilan birga, Jamg'armaga quyidagilar ham tushumga qarab qo'shib boriladi:

davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag'lar;

Jamg'arma aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg'arma mablag'larining bo'sh qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan investitsiya daromadlari;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar»;

24-band kuyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:



«Jamg'arma mablag'lari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo'yicha avans to'lovlarini to'lash, qoidaga ko'ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to'lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi»;

25-bandning uchinchi xatboshidagi «Markaziy bankining amaldagi me'yoriy hujjatlariga» so'zlari «Markaziy bankning hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga» so'zlari bilan almashtirilsin.
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish